79. S: Beysbol haqida so‘zlab bering. J: Beysbol – bizning ibora bilan aytganda “Lapta” o‘yini ma’nosini anglatadi. Bu o‘yin 1330 yili Angliyada ma’lum bo‘lgan. Bu o‘yin haqida buyuk dramaturg Uilyam Shekspir o‘zining dramalarida gapirib o‘tgan. Bu o‘yin Angliyadan Shimoliy Amerikaga 1839 yili olib kelingan.
80. S: Maydon o‘lchamlari (Beysbol) haqida nimani bilasiz? J: Maydon uzunligi 175 m eniga esa 12 m ni tashkil etadi. Beysbol o‘yinida to‘pni uradigan tayoq razmeri 106,70 sm tayoqni pastki qismi 6,98 sm, to‘p ikki marta teri bilan qoplanadi. Diametri 23 sm og‘irligi 145 gramm. 81. S: “Boks” sport turi haqida so‘zlab bering. J: Mesopotamiyada qazish ishlari amalga oshirilganda eramizdan 4800 yil oldin ham ushbu sport turi bilan shug‘ullanganliklari - topilgan maxsus sopol suvenirda aks etgan. Afsonaviy shoir (qadimga Gresiya) Gomer ham o‘zining “Iliada” dostonida “Erkaklar”ning bir-birlari bilan mushtlashayotganliklari, musobaqalar haqida bayon etgan. O‘tmishdagi rasmlar va kitoblarda yozishlaricha bu ikki kishi o‘rtasidagi musobaqa ertalabdan toki qaysi biri ikkinchisini yengmaguncha davom etgan. Eramizdan oldingi 688 yili o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlari dasturiga ham “boks” sport turi kiritilganligi haqida tarixiy manbalarda yozilgan. Lekin “boks” sport turining vatani “Angliya” hisoblanadi.
82. S: “Boks” qoidasini birinchi bo‘lib kim yozgan? J: “Boks” sport turi qoidasini birinchi bo‘lib, markiz “Kunsberri” yozgan.
83. C: Boks sport turidan musobaqalar qaerda o‘tkaziladi? J: Boks sport turidan musobaqalar asosan usti berk binolarda maxsus ringlarda o‘tkaziladi. 84. S: “Boks” ringi to‘g‘risida nima bilasiz? J: “Boks” ringi maxsus arqonlardan tashkil topgan kvadratni tashkil etadi, unga tortilgan arqonning yo‘g‘onligi 2,5 sm ringning o‘lchami 4 m 90 smdan 6 m 10 smgacha. Masalan ring o‘lchami 4 m 90 sm bo‘lsa barcha to‘rttala tomon ham bir xil o‘lchamda bo‘ladi. To‘rttala tomondan tortilgan maxsus tortmalar ringdan 50 sm uzoqlikda joylashadi. Ringning yerdan balandligi 90 sm. Birinchi arqon masofasi 40 sm, ikkinchi arqongacha 40 sm, uchinchi arqongacha 50 sm. Jami 130 sm.