48. S: Sport velosipedining og‘irligi qancha? J: Sport velosipedi og‘irligi 8-11 kgni tashkil etadi.
49. S: Velotrekda musobaqalar necha kgli velosipedlarda o‘tkaziladi? J: Velotrekdagi velosipedlar og‘irligi 6-7 kg.
50. S: Jismoniya tarbiya va sport yo‘nalishidagi “Distansiya” so‘zining ma’nosi nima? J: Distansiya degan so‘z lotin tilidan olingan bo‘lib, “masofa” degan ma’noni bildiradi. Distansiya dastlabki marradan marragacha bo‘lgan masofa. Bu masofa 100 metrdan 42,195 metrgacha bo‘ladi. Chang‘i sport turida esa 3 kmdan 70 kmgacha bo‘ladi. Otish sport turida esa kichik kalibrli miltig‘ uchun 25, 50, 100 metrni tashkil etadi. Armiyachilardagi katta kalibrli miltig‘ uchun esa 300 m. Kamondan o‘q uzish sportchilari esa 5 ta masofada musobaqalashadilar. 30, 50, 60, 70, 90 m. Bokschilar, qilichbozlar o‘rtasidagi masofa yaqin, o‘rtach, uzoq deb ataladi.
51. S: Sport zali deb nimaga aytiladi? J: Sport zali deb – usti berk, yorug‘ va atroflariga tegishli to‘siqlar bilan to‘silgan faqat yog‘och pollardan iborat bo‘lgan usti berk binoga aytiladi.
52. S: Sport zallarining o‘lchamlari qanday bo‘ladi? J: Uzunasi 42 m, eni 24 m, balandligi 8 m yoki 6 m. 24 m, eni 12 m balandligi 6 m, undan tashqari sport zalida yechinish, ustozlar va meditsina hamshiralari uchun aloxida xona hamda cho‘milishi xonalari (dushxona) bo‘ladi.
53. S: Gipodenamiya o‘zining ma’nosini ayting? J: Gipodenamiya degani inson harakatini susayishi demakdir. Olimlar bu masalada eng chopqir hisoblanadigan ikkita quyonda tajriba-sinov o‘tkazganlar. Quyonning har ikkalasini dumiga bir xil og‘irlik bog‘lab qo‘yilgan. Bir oydan keyin ikkala quyon tekshirilganda ikkovini ham harakat faolligi kamaygan. Yuraklari esa anchagina kattalashgan. Shu sababli maktab o‘quvchilari har kuni hech bo‘lmasa bir soat jismoniya tarbiya yoki sport turi bilan shug‘ullanishlari lozim.
54. S: Sportchi toshlar haqida nimani bilasiz? J: Toshlar bir necha avlodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan alp yigitlar ko‘taradigan og‘irlik hisoblanadi. Toshlar asosan 3 xil bo‘ladi. Masalan 16 kg, 24 kg, 32 kg. Hozirgi zamon toshlari metall quyish ustaxonalarida qoliplarga quyiladigan – sharsimon, ushlaydigan qo‘lini qalinligi 35 mm, og‘irligi 16, 32, 24 kg ni tashkil etadi. Ko‘pchilik sportchilar yelka va qo‘l, bel muskullarini rivojlantirishlari uchun tosh ko‘tarish bilan shug‘ullanadilar. Tosh ko‘tarishda ikki xil usulda musobaqalar o‘tkaziladi. Dast ko‘tarish hamda siltab ko‘tarishdan, tosh ko‘tirsh sport bilan bollar 14 yoshdan boshlab shug‘ullansalar maqsadga muvofiq hisoblanadi.