Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə15/39
tarix06.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#93881
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
РБТ..маърузалар матни

Nazorat savollari.
1) Qo’rg’oshin minerallarining flotatsion xossalari?
2) Kurgoshinning oksidlangan minerallari?
3) Qaysi elementlapHi yo’ldosh elementlar deyishimiz mumkin?
Ma’ruza №8.
Molibden rudalarini boyitish texnologiyasi
Reja:
1. Molibdenning asosiy xossalari va qo’llanilishi.
2. Molibdenning ruda va minerallari.


Tayanch so’zlar: Molibden, Molibdenit, Ferrimolibdit, Povelit, Vulg’fenit, selektiv flotatsiya, zararli qo’shimchalar, yo’ldosh elementla, qattiq foydali qazilma, boyitish mahsulotlari


1. Molibden Mendeleev davriy sistemasida 6 guruhga mansub metalldir. U kumushran-oq mettall, zichligi 10,2 g/sm3 ga teng.
Molibdenning erish harorati 2625 oS, qaynash harorati – 4880 oS. Molibden yuqori yemirilishga bardoshli metall, egiluvchan, past kontsentrlangan sulfat kislotada, xlorid kislotasida, ishqorda erimaydi, kuchli nitrat kislotada kam eriydi, qaynoq sulfat kislotasida, shoh arog’ida va nitrat-sulfat kislotasi aralashmasida oson eriydi.
Tozalanmagan metall holidagi molibden birinchi bo’lib 1870 yilda Xelg’mom tomonidan olingan. Sof holdagi molibdenni birinchi bo’lib 1910 yilda olingan.
O’zining fizik va kimyoviy xossalari sababli molibden metali zamonaviy texnologiyaning ko’p sohalarida qo’llaniladi. Ishlab chiqarilgan metallning 90-95 % i metallurgiyada ishlatiladi. Moliden po’lat va cho’yan qotishmalari olishda ligerlovchi qo’shimcha sifatida ham keng qo’llaniladi.
Po’lat quyish sanoatida molibdenning 3 oksidi, temir molibdeniti va SaMoO4 shaklida qo’llaniladi. Maxsus po’latlarda molibdenning miqdori 0,2-1,2% dan 8% gacha yetadi. Molibdenning temirli qotishmalardan tashqari ko’plab titanli, xromli, vanadiyli, volg’framli, nikelli va kobalg’tli qotishmalarini uchratish mumkin. Qotishmalarga molibdenning qo’shilishi ularning tarkibini, mexanik mustahkamligini, yemirilmaslik xossalarini va erish haroratini oshiradi.
So’nggi yillarda molibden ishlab chiqarishning o’rtacha ko’rsatgichi 85 ming tonnani tashkil qildi. Xususan AQSH da (60ming.t.), Kanadada (15 ming.t.), CHilida (10 ming.t.) yiliga.
Kam miqdordagi molibdenni Yaponiya, Argentina, Meksika, Nigeriya, Peru, Ispanii va MDH davlatlari qazib oladi. Kelgusida molibden qazib olish yiliga 115-120 ming tonnaga yetishi kutilmoqda. Molibdenning asosiy istehmolchilari AQSH da (30ming.t.yiliga), Buyuk Britaniya (4,50 ming t.yiliga), Frantsiya (4,6 ming t. yiliga), Yaponiya (11,5 ming t. yiliga), Germaniya, SHvetsiya, Italiya, Kanada (1.8 ming t.yiliga) hisoblanadi.
Sof holidagi metall radiotexnika va elektrotexnikada, radiolampalarda, rentgen quvurlarida, raketasozlikda, atom reaktorlarida, kimyo, meditsina tarmoqlarida keng qo’llaniladi.
Jahon bozorida 1 t. molibden metalining narxi 7 ming AQSH dollapHi tashkil etadi.

2. Molibden noyob metallar turkumiga mansub bo’lib, yer sharida kam tarqalgan (1,710 - 4 %). Yer qobig’ida molibden ko’p miqdorda oltingugurt va kam miqdorda kislorod bilan bog’langan shaklda bo’ladi.
Molibden rudalarida to’rt valentli sulfid molibdenit minerali shaklida MoS2 uchraydi, kislorodli birikmasi esa olti valentli povellit minerali shaklida CaMoO4 uchraydi.
Rudalar tarkibida molibdenning 20 ga yaqin minerali uchraydi, ammo ulardan faqatgina 4 tasi sanoat ahamiyatiga molik hisoblanadi (5-jadval), ulardan: molibdenit, povelit, ferromolibdit (molibdenit), vulg’fenit. Jahonda qazib olinadigan molibdenning 98% molibdenitning hissasiga to’g’ri keladi.



Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin