Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə11/39
tarix06.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#93881
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
РБТ..маърузалар матни

Nazorat savollari.
1) Sfaleritning flotatsion xususiyatlari?
2) Oksidlangan rux minerallarining sulfidilash jarayoni?
3) Qaysi elementlapHi yo’ldosh elementlar deyishimiz mumkin?
Ma’ruza №6.
Qo’rg’oshin rudalapHi boyitish texnologiyasi


Reja:
1. Qo’rg’oshinning asosiy xossalari va qo’llanilish o’rinlari.
2. Qo’rg’oshinning minerallari va rudalari.
Tayanch so’zlar: Qo’rg’oshin, Galentit, Anglezit, TSerrusit, Anglezit, Piromorfit, selektiv flotatsiya, zararli qo’shimchalar, yo’ldosh elementla, qattiq foydali qazilma, boyitish mahsulotlari


1. Qo’rg’oshin – atomining tartib raqami 82 va atom massasi 207,2 bo’lgan davriy sistemaning 4 gurux elementi. Bu havorang-kulrang, yumshoq va egiluvchan bo’lgan og’ir metall. Yer sharida qo’rg’oshinning miqdori 16∙10-3 % ni tashkil etadi. Qo’rg’oshinning zichligi 11,3 g/sm3, erish harorati 327,4 ⁰S, qaynash xarorati 1725 ⁰S. Qo’rg’oshin atomining tashqi elektron konfiguratsiyasi 6s26’2, shuning uchun u +2 va +4 oksidlanish darajasini namoyish etadi, kimyoviy jihatdan kam faol. Oksidlanganda qo’rg’oshin yuzasida yupqa ‘bO parda hosil bo’ladi, u qo’rg’oshinni chuqur oksidlanishdan saqlaydi.
Qo’rg’oshin qo’rg’oshin akkumulyatorlar ishlab chiqarishda, zararli muhitlarda korroziyabardoshli apparatura ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Qo’rg’oshin rentgen nurlarini yaxshi yutadi, shuning uchun uni tegishli nurlanishdan himoya qilish vositasi va radioaktiv moddalapHi saklash uchun uskuna tayyorlashda qo’llaydilar. Qo’rg’oshinning ancha miqdori elektr kabellariga qobiq ishlab chiqarish uchun qo’llaniladi.
Qo’rg’oshin ko’pchilik metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Kam legirlangan qotishmalar uning mustahkamligini va korrozion turg’unligini oshiruvchi temir, mis, qalay, surma, kadmiy, kaltsiy kabi qo’shimchalapHi xam kam miqdorda saqlaydi. Yuqori legirlangan qotishmalar o’zida bu qo’shimchalapHi ko’prok saqlab, mustahkamlik va turg’unlikdan tashqari yuqori qattiqlik va antifriktsion xossalapHi namoyish etadi.
Oson eruvchi qo’rg’oshinli qotishmalardan kavsharlar sifatida foydalaniladi. Qo’rg’oshinning organik birikmasi tetraetil qo’rg’oshin motor yoqilg’isiga qo’shimcha sifatida qo’llaniladi. Yuqori nur sindirish ko’rsatkichiga ega materiallapHi olish uchun qo’rg’oshin oksidi billur va optik oyna tarkibiga qo’shiladi.
1978 yil AQSH da ishlatilgan 1398 ming t. qo’rg’oshinning 880 ming t. si yoki 62,5% akkumulyatorlar ishlab chiqarishga, 178 ming t. (12,6%) i tetraetil qo’rg’oshin, 147 ming t. (10,8%) i turli qotishmalapHi, 89 ming t. (6,34%) bo’yoq modda va ximikatlapHi, 30 ming t. (1,04%)i yupqa prokat va quvurlapHi, 60 ming t. (4,6%) boshqa narsalapHi ishlab chiqarishga sarflandi.
1978 yilda dunyo bo’ylab ruda tarkibidan 2413 ming t. qo’rg’oshin olindi. Qo’rg’oshin olishning asosiy qismi quyidagi davlatlarga tug’ri keladi: (ming t. ) AQSH (541); Avstraliya (387); Kanada (366); Meksika (171); Peru (183). Qo’rg’oshin boyitmasini va aralashmalardan tozalangan metallni import qilish hisobiga AQSH da aralashmalardan tozalangan qo’rg’oshinni istemol qilish 975 ming t. ni tashkil etdi. 2000 yilga kelib qo’rg’oshin zahirasi 200-300 mln. t. ni tashkil etdi, uni istemol qilish esa 6-6,5 mln.t. gacha oshdi.


2. Qo’rg’oshin 144 ta mineral tarkibiga kirsada, lekin ularning kamchiligi sanoatda axamiyat kasb etadi. (7-jadval)

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin