Sfalerit, ZnS – ruxning sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy minerali. U odatda gidrotermal zalejlapHing barcha turlarida uchraydi. Izomorfli zararli qo’shimchalar ko’rinishida temir (26%), marganets, kadmiy, galliy, germaniy, indiy, kobolt va simob uchraydi. Temir bilan boy bo’lgan sfaleritnang turi –martit, tarkibidagi temir miqdoriga qarab qo’ng’ir, jigarrang yoki hatto qora rangi bilan ajralib turadi.
Oddiy sulfidlar orasida eng yomon elekt o’tkazkich sfalerit hisoblanadi.
Sfaleritning strukturasi (3-rasm) oltingugurt atomidan tashkil topgan zich-kub qadoq bo’lib, tetraedrik bushliqlarda rux atomlari joylashgan. Sfalerit yaltirashi olmosdek.
Toza sfaleritning solishtirma qarshiligi 1012 Om∙m. Ayrim sfaleritning elekrt o’tkazishi tarkibidagi keraksiz qo’shimchalar bilan tushiniladi, ayniqsa, temir, ion radiusi ruxniki bilan o’zaro yaqin bulib, uni izomorf kristall panjaralarda almashtiradi.
Smitsonit ZnCO3 – birlamchi sulfidli rux rudalari konlarining oksidlangan zonasi minerali. U tabiiy karbonatlar guruhiga kiradi: tarkibida temir, marganets, kadmiy, kobalt, magniy, qo’rg’oshin kabi keraksiz qo’shimchalar uchraydi. Oq rangdan sarg’ish ranggacha, gohon qo’ng’ir rangda buladi.