Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə6/39
tarix06.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#93881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
РБТ..маърузалар матни

Minerali

Formulasi

Misning miqdori, %

Zichligi, g/sm3

Qattiqligi

Xalkopirit

CuFeS2

34,6

4,1-4,2

3-4

Xalkozin

Cu2S

79,9

5,5-5,8

2,5-3

Kovellin

CuS

64,5

4,6-4,7

1,5-2

BopHit

Cu5FeS4

63,3

4,5-5,3

3

Tetraedrit

Cu12Sb4S12

45-51

4,4-5,1

3-4

Tennantit

Cu12As4S12

45-51

4,4-5,1

3,5

Kuprit

Cu2O

88,8

5,8-6,2

3,5-4

Tenorit

CuO

79,9

5,8-6,4

3,5-4

Malaxit

Cu2(CO3)(OH)2

57,4

3,9-4,1

3,5-4

Azurit

Cu3(CO3)2(OH)2

55,3

3,7-3,9

3,5-4

Xrizokolla

CuSiO3nH2O

Do 45

2-2,3

2-4

Xalkantit

CuSO45H2O

25,4

2,2

2,5

Broshantit

Cu4(SO4)(OH)6

34,8

3,8

3,5-4



2- jadval. Temir sulfidi minerallarining xarakteristikasi

Minerali

Formulasi

Miqdori, %

Zichligi, g/sm3

Qattiqligi

temir

oltingugurt

Pirit

FeS2

46,5

53,5

4,9-5,2

6-6,5

Markazit

FeS2

46,5

53,5

4,9

6-6,5

Pirrotin

Fe1-xSx2

58,8

41

---

3,2-4,5

Pirit yoki oltingugurtli kolchedan barcha sulfidli rudalar tarkibida keng tarqalgan sulfidli mineral hisoblanadi. U asosan kolchedan rudalarda va kelib chiqishi gidrotermal konlarda uchraydi. Pirit tarkibida asosan ko’p uchraydigan qo’shimchalar kobalt, nikel va mishyak, bundan tashqari oltin, mis, kumush, surma, rux va marganets ham uchraydi.
Pirit konlarda asosan donador massa, vaqti vaqti bilan esa latunsimon sariq rangda uchraydi. Pirit yaxshi yarimo’tkazgich hisoblanadi.
Markazit piritning bir turi hisoblanib, u gidrotermal konlarda pirit hosil bo’ladigan haroratdan pastroq haroratda paydo bo’ladi. Pirit va pirrotinning doimiy yo’ldoshi hisoblanadi.
Mineral tarkibi, minerallapHing o’lchami, rangli minerallar va bo’sh tog’ jinsining donadorlik xarakteristikasi, konning shakli va hosil bo’lishiga qarab hozirgi vaqtda mis konlari 6 ta genetik guruhga bo’linadi. Ular 3- jadvalda keltirilgan.
3-jadval. Rangli minerallar va bo’sh tog’ jinsining donadorlik xarakteristikasi

Genetik guruh

Sanoat-genetik kon turi

Misning miqdori, %

Magmatik

Mis-nikelli,
Vanadiy-temir-misli

1-2
0,5-2

Karbonatitli

Karbonatitli

---

SkapHli

SkapHli

2-3

Gidrotermal

Mis-porfirli,
Kvarts-sulfidli,
Tug’ma mis

0,3-2
2-5
---

Kolchedanli

Mis-kolchedanli

1,5-8

Stratiformli

Misli qum va slantslar

1,5-6

Mis-porfirli rudalar qazib olinishi va zahirasiga ko’ra birinchi o’rinni egallaydi. Qidirib topilgan zahiralapHing 60% dan ortig’i va jahonda qazib olinayotgan misning 40% i ana shu turdagi rudalarga to’g’ri keladi.
Jahonda bu turdagi katta kon rudalari maydonlari birqancha. MDH davlatlarida Koundrad, Boshekul, Almaliq va Zakavkaz konlari shu guruhga kiradi. AQSH da G’arbiy Amerika mis porfirli belbog’, Janubiy Amerikada esa CHili zonasi kiradi.


Nazorat savollari.
1) Misning asosiy xususiyatlari ?
2) «Ruda» deb nimaga aytiladi?
3) Qaysi elementlapHi yo’ldosh elementlar deyishimiz mumkin?
Ma’ruza №3.
Mis va piritning flotatsiyalanish xususiyatlari


Reja:
1. Misning flotatsiyalanish xususiyati.
2. Boyitishning texnologik sxemalari.
Tayanch so’zlar: Mis, valentlik, Xalkopirit, BopHit, Xalg’kozin,Kovellin, zararli qo’shimchalar, yo’ldosh elementla, qattiq foydali qazilma, boyitish mahsulotlari


1. Sulfidli mis minerallari sulfgidril yig’uvchi reagentlar yordamida yetarlicha keng pH oralig’ida yaxshi flotatsiyalanadi, chunki ular yuqori so’riluvchanlik xususiyatiga ega bo’lib, sulfidli yuzaning oksidlanganlik darajasiga va misning miqdoriga bog’liq. Mis minerallarini ksantogenat bilan flotatsiyalanishishi quyidagi tartibda joylashtirish mumkin: xalkopirit < bopHit< kovellin Mis mineralining yangi ochilgan taza yuzasi birqancha gidrofoblik xususiyatiga ega bo’lib, qisman oksidlanish uni yig’uvchi reagentga birikishini tahminlaydi. Mineral yuzasini oksidlanishi tez sodir bo’ladi, asosan yanchish jarayonida. Uzoq vaqt davomida oksidlanish mineral yuzasida qiyin eriydigan oksidlangan birikmalar, masalan, xalkopiritda temir gidroksili paydo bo’lishiga sabab bo’ladi va yig’uvchi reagentning so’rilishiga to’sqinlik qiladi, natijada mineralning flotatsiyalanish qobiliyati pasayadi.
Sulfidli mis minerallarini flotatsiyalashda eng keng tarqalgan sulfgidrilli yig’uvchi reagentlarga ksantogenatlar kiradi. Ularning yig’uvchanlik xususiyati uglevodorod radikali uzunligiga bog’liq. Xalkopirit butil ksantogenati yordamida pH muhit 6-11 oralig’ida yaxshi flotatsiyalanadi. Ditiofosfat, ditiokarbonat va merkaptan yordamida esa pH muhit 1-13 oralig’ida flotatsiyalanadi.
Mis-qo’rg’oshin boyitmalarini ajratishda xalkopiritni tazyiqlovchisi sifatida tsianid samarali qo’llaniladi. TSianidning tazyiqlash samaradorligi muhitning pH iga va qo’llanilaytgan yig’uvchi reagentning turiga bog’liq.
Yig’uvchi reagent sifatida etil ksantogenati qo’llanilganda muhitning pH i 7,5 da xalkopiritni tazyiqlash uchun kam miqdorda tsianid qo’shish talab qilinadi. Yig’uvchi reagent sifatida butil ksantogenati qo’llanilganda esa xalkopiritni tazyiqlash uchun ko’p miqdorda tsianid qo’shish talab qilinadi. Misning ikkilamchi sulfidlari tsianid yordamila deyarli yomon tazyiqlanadi, bunga sabab, tsianli eritmada ularning yaxshi erishi va mustahkam mis-tsianli komplekslar hosil qilishidir. Ular uchun eng samarali tazyiqlovchi ferrotsianid K3Fe(CN)6 hisoblanadi va misning ikkilamchi sulfidlari (bopHit, xalkozin va kovellin) ko’p miqdorda uchraganda mis-qo’rg’oshin boyitmalarini ajratishda qo’llaniladi.





2-rasm. Xalkopiritni flotatsiyalash davomiyligi va flotatsiyalanuvchanligini har xil ksantogenatlar yordamida ajralishiga bog’liqligi: 1-bopHit, 2-xalkopirit, 3-xalkozin, 4-kovellin; ajralishni ksantogenatlar sarfi Q ga bog’liqligi: 1–geptillli, 2–nonillli, 3–izoamilli, 4–propillli, 5–etilli, 6–metilli.

Natriy sulfidi barcha mis sulfidi minerallarini tazyiqlovchisi hisoblanadi. Ulardan tazyiqlanishga eng bardoshlisi – xalkozin, eng yaxshi tazyiqlanuvchani esa xalkopiritdir. Xalkopirit natriy sulfidi bilan pH > 5,5 da, xalkozin esa pH > 7 da tazyiqlana boshlaydi.


Xrom kislotasining tuzi, oltingugurt ikki oksidi, sulfid kislotasi, sulfatlar va tiosulfatlar xalkopiritni deyarli umuman tazyiqlamaydi. SHuning uchun ular mis–qo’rg’oshin boyitmalarini ajratishda galenit va sfaleritni tazyiqlashda qo’llaniladi.
Oxaktoshning tazyiqlovchi xususiyati pirit flotatsiyasiga qaraganda mis sulfidlari flotatsiyasida ancha yuqori, bu esa ulapHi ajratishda keng qo’llanilishini tahminlaydi.
Sanoat ahamiyati kasb etgan oksidli minerallar – malaxit, azurit va kuprit sulfgidril yig’uvchi reagentlar yordamida yaxshi flotatsiyalanadi. Lekin, albatta zarrachalar yuzasini dastlab natriy sulfidi Na2S bilan sulfidlash zarur. Bu holda natriy sulfidining sarfi, muhitning pH i, sulfidlash davomiyligi va ksantogenat bilan aralashtirish davomiyligi muhim ahamiyat kasb etadi. Natriy sulfidi va ksantogenat bilan aralashtirish davomiyligi asosan 30 soniyadan oshmaydi, chunki uzoq vaqt davom etsa qayta hosil bo’lgan qobiqlar (plyonkalar) qatlamlana boshlaydi. Natriy sulfidining sulfidlashdagi o’rtacha sarfi bir tonna ruda uchun 200-1000 g ni tashkil qiladi. Agar natriy sulfidining sarfi ko’paysa, barcha oksidlangan minerallar yuzalari sulfidli qobiqlar (plyonkalar) bilan qoplanadi va ksantogenatning yutilishi umuman to’xtaydi, oqibatda mineralning flotatsiyalanishi tazyiqlanadi. Malaxit va azuritni sulfidlashda bo’tanada asosan Na2S ni dissotsiatsiyasi natijasida hosil bo’lgan N2S va NS- qatnashganda optimal muhit pH 8-10 oralig’ida bo’ladi. Malaxit va azurit yog’ kislotasi va ularning sovunlari, kam darajada – alkilsulfatlar yordamida ham flotatsiyalanadi.
Xrizokolla o’ta yomon flotatsiyalanuvchanligi bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda xrizokollani ajratib olish uchun taqdim qilinayotgan reagentlar va reagent rejimlari o’ta murakkabligi va samarasizligi bilan ajralib turadi. Masalan, xrizokolla ksantogenat yordamida pH 9,5 muhitda 500 oS haroratda issiqlik bilan faollashtirilgandan so’ng flotatsiyalanadi. Mis silikatlari qatlamlanish (segregatsiya) usuli bilan ham ajratib olinishi mumkin. Bu usulda 1,65 mm o’lchamlagi ruda NaCl (1% massasi bo’yicha) va koks yoki ko’mir (1,2 % massasi bo’yicha) bilan aralashtirilib, 800 oS haroratda 30 daqiqa davomida qizdiriladi. Natijada mis yupqa qatlam bo’lib koks yoki ko’mir yuzasida cho’kadi. So’ngra 0,15mm gacha yanchilib, pH 11,5-12 bo’lgan muhitda mis bilan birga amilli ksantogenat yordamida flotatsiyalanadi. Bu usul bilan tarkibida 1-2 % mis bo’lgan rudalardan tarkibida 60-70 % mis bo’lgan 95 % ajralishga ega bo’lgan boyitma olish mumkin.


2. Sulfidli mis va mis-piritli rudalapHi boyitish texnologiyasi nisbatan osonligi bilan ajralib turadi. Bu esa ruda turi (donador yoki yalpi), mis minerallari va bo’sh tog’ jinsining tarkibi, ularning donadorlik o’lchami, piritning flotatsiyalanish faolligi, minerallapHing shlamlanishga moyilligi va boshqalarga uzviy bog’liqdir. Bu omillar avvalo flotatsiya sxemasining turi (kollektiv yoki to’g’ridan to’g’ri selektiv) va flotatsiya bosqichini aniqlaydi.
Engil boyitiluvchan donadorligi teng taqsimlangan mis minerallarini boyitishda katta unumdorlikka ega bo’lgan fabrikalarda aksaryat hollarda yanchish va tasniflash jarayonlari, asosiy flotatsiya, nazorat flotatsiyasi va bir-uch qayta tozalash flotatsiyasini o’zida jamlagan bir bosqichli flotatsiya sxemasi qo’llaniladi.
Notekis va murakkab donador mis rudalarini boyitishda ikki bosqichli flotatsiya sxemalarining bir necha turi qo’llaniladi
Agar rudada misning ikkilamchi sulfidli minerallari, asosan shlamlanishga moyil bo’lgan kovellin qatnashgan bo’lsa, birinchi bosqich yanchishdan so’ng 45-60 % –0,074mm sinfgacha yanchilgan mahsulot I asosiy flotatsiyaga boradi va tayyor mis boyitmasi olinadi. Nazorat mis flotatsiyasining boy chiqindisi 80-85 % – 0,074 mm gacha yanchilib, II bosqich mis flotatsiyasiga boradi. II bosqich mis flotatsiyasi boyitmasi qayta tozalash jarayonlaridan so’ng tayyor mis boyitmasiga qo’shiladi.
Mis rulalarining turlari va mis minerallari, pirit va bo’sh tog’ jinsining donadorlik xarakteristikasiga bog’liq holda ikki xil sxema – kollektiv-selektiv va to’g’ridan to’g’ri selektiv sxemalar farqlanadi.
Donador mis rudalari (mis-porfirli, misli qumlar va tomirli rudalar) uncha ko’p bo’lmagan miqdorda pirit va mis (0,4-2%) tarkibga ega bulib, ulardan piritning miqdoriga qarab faqat mis boyitmasi yoki mis va pirit boyitmasi olinadi. Birinchi holatda kollektiv sxema, ikkinchi holda esa kollektiv-selektiv sxema qo’llaniladi.
Bu rudalapHing o’ziga xosligi shundan iboratki, mis minerallari va piritni bo’sh tog’ jinslaridan ajratish bir bosqichli yanchishdan (45-50% gacha – 0,074 mm sinfda) so’ng amalga oshirilishi mumkin.
Yuqorida ko’rsatilgan sinfda yanchishdan so’ng kollektiv-selektiv sxema yordamida mis va temir sulfidlari flotatsiyasi pH 7 dan baland bo’lmagan muhitda o’tkaziladi. Olingan kollektiv mis-pirit boyitmasi 80-95 % – 0,074 mm sinfgacha yanchilgandan so’ng pH 12-12,5 bo’lgan muhitda oxak va tsianid yordamida piritni tazyiqlash maqsadida aralashtiriladi va mis flotatsiyasiga yuboriladi.
Donador rudalapHing nazorat mis flotatsiyasi chiqindisida 30-35% dan ko’p bo’lmagan miqdorda oltingugurt bo’ladi. SHuning uchun ular ortiqcha ishqor pH 5-7 gacha yo’qotilgandan so’ng pirit flotatsiyasiga yuboriladi
Sulfidli mis minerallari uchun yig’uvchi reagent sifatida ksantogenatlar (sarfi 10-30 g/t.) va ditiofosfatlar (sarfi 10 g/t) qo’llaniladi. MDH davlatlarida eng ko’p qo’llaniladigani butil ksantogenati bo’lib, u barcha misni boyitish fabrikalarida ishlatiladi.



Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin