Ferrimolibdit oksidli molibdenit rudalarining yuqori bo’limida uchraydi. U temirli molibdenit oksidining oksidlangan shakli hisoblanadi. Ferrimolibdit erish jarayonini cho’zilishiga olib keladi.
Bu mineral povelitga qaraganda flotatsiya jarayonida qiyinroq ajraladi.
Flotatsiya jarayonida yog’ va sodali muhitda boyitmada 1% molibdeni bo’lgan mahsulot olinadi va gidrometallkrgik qayta ishlashga jo’natiladi.
Vulg’fenit yuqori zichlikka 6,8 g/sm 3 ega bo’lganligi sababli gravitatsiya usuli yordamida oson ajraladi. Sanoat rudalarida oksidlangan qo’rg’oshin-rux va molibden konlarida keng uchraydi.
Jahon molibden ishlab chiqarish sanoatida asosiy afzallikka ega rudalar bu molibdenli, mis – molibdenli va molibden – volg’framli rudalar hisoblanadi.
Nazorat savollari. 1) Molibdenning asosiy xossalari?
2) Rudalar tarkibida molibdenning nechi hil minerali uchraydi?
3) Qaysi elementlapHi yo’ldosh elementlar deyishimiz mumkin?
Ma’ruza №9. Molibden va mis-molibden rudalarini boyitish Reja: Milibden va mis-molibden rudalarini flotatsiya usulida boyitish sxemalari va reagent rejimi.
Tayanch so’zlar: Molibden, Molibdenit, Ferrimolibdit, Povelit, Vulg’fenit, selektiv flotatsiya, zararli qo’shimchalar, yo’ldosh elementla, qattiq foydali qazilma, boyitish mahsulotlari
1. Kvartsli - molibdenitli kam Sulfidli rudalar oson boyitilishi mumkin va yuqori sifatli mahsulot olish mumkin.
Bunday rudalarda metallni sulg’fid rudalari qoplab olganligi sababli, flotatsiya jarayoni odatda yirik yanchish orqali olingan mahsulotlarga nisbitan olib boriladi.
Olingan yirik kvarts - molibdenitli boyitma yana yanchiladi va bosqichma bosqich qayta tozalanadi.
Molibden boyitmasini qayta yanchish sxemasida toshli yanchish keng tarqaldi. Toshlar ishtirokida yanchish natijasida 0,074mm sinfdagi mahsulot 90% dan 95% gacha yetishi mumkin. Hatto tosh bilan juda yanchilgan mahslotlar flotatsiyalanish jarayoniga salbiy tahsir ko’rsatmaydi. SHu sababdan «Klaymaks» (AQSH) fabrikasida faqat 1-bosqich sharda yanchiladi, qolganlarini toshda yanchiladi.
«Klaymaks», «Urad», «Endako» va boshqa fabrikalapHing molibden rudalarini qayta ishlash amaliyoti toshli yanchishni, sharli yanchishga qaraganda ancha samaraliroq ekanliligini ko’rsatadi va selektiv flotatsiyada boyroq molibden boyitmasi olish imkonini beradi.
Yig’uvchi reagent sifatida uglevolorodlar – kerosin, transformator moyi, mashina moyi va boshqalar keng qo’llaniladi va ularning umumiy sarfi 100-300 g/t rudaga nisbatan olinadi. FlotoreagentlapHining qo’shilishi natijasida quyidagi afzalliklarga erishish mumkin:
- harorat tahsirini inobatga olsak, sovuq bo’tanada kam qovushqoqli yog’ yaxshi natija beradi, issiq bo’tanada esa qovushqoqligi yuqori moy yaxshi samara beradi;
- ko’pik hosil qiluvchilapHing tanlanishi, apolyar yog’lar ishtirokida ko’pikning so’nishini oldini olish. Bu kabi ko’pik hosil qiluvchilar OPSB, T-66, sosna yog’lari keng qo’llanila boshlandi.
Ko’plab qo’shimchalardan iborat sulfidli yog’ kislotalardan taniqli reagent «Sinteks» deb nomlanadi, AQSH va Kanadaning molibden boyitish fabrikalarida uglevodorod yog’larini yaxshi emultsiyalash va ko’pik hosil qiluvchilapHi yaxshilash natijasida molibden rudalarini boyitish ko’rsatgichlari oshadi va sosna yog’i sarfi kamayadi. Xususan ulapHi «Klaymaks» boyitish fabrikasida qo’llash natijasida molibdenning ajralishi 2% ga o’sdi. KsantogenatlapHing flotatsiya jarayoniga (5—30 g/t) qo’shilishi natjasida ham molibdenning ajralishi oshadi. Yu.A. CHueva mahlumotlari asosida butil ksantogenatlarini asosiy molibden flotatsiyasiga qo’shish natijasida, mayin yanchilgan molibdenning ajralishi 1,24—6,35 % gacha oshadi.
Asosiy molibden flotatsiyasida odatda soda qo’llaniladi (pH 8- 9).
Tarkibida ko’p miqdorda shlam bo’lgan yoki yanchish jarayonida ko’p miqdorda shlam hosil bo’lsa suyuq shisha (20—40 g/t) yoki natriy geksametafasfati qo’llaniladi. «Bg’yut» fabrikasida shu maqsadda pirofosfat (12 g/t) qo’llanilmoqda. UlapHi qo’shish ko’p hollarda rudaga kon ishlarida beton qo’shilib qolganda uning zararli tahsirini yo’qotishga yordam beradi. Bazan oxak qo’shish zarurati tug’iladi. U gilli rudlapHi flotatsiyaga zararli tahsirini kamaytiradi. Ammo oxak birqancha rudalarda shlamlapHi kaogulyatsiyalanishiga olib keladi va molibden zarrachalariga yopishib qoladi. Bu esa molibdenni chiqindi yuilan yo’qotilishiga olib keladi. Bunday hollarda o’yuvchi natriyni qo’llash molibdenni ajralishini yomonlashtiradi.
Rudadan molibdenni ajralishini oshirish uchun ko’pikli mahsulotni apolyar yig’uvchilar bilan dastlabki ishlov beriladi.
Asosiy flotatsiyaning boyitmasi birinchi va ikkinchi qayta tozalash va molibdenitni boshqa minarallar tahsiridan xolos etish uchun yanchishdan so’ng to’rt martadan o’n ikki martagacha qayta tozalanadi. SHu tariqa oxirgi molibden boyitmasi olinadi, uning tarkibida molibdenning miqdori 50 % ni tashkil qiladi.
Kam sulfidli minerallar qo’shimchasiga ega bo’lgan sof molibdenit rudalari yuqori boyitishning texnologik ko’rsatkichlariga ega bo’lgan holda yaxshi boyitiladi.
Qayta ishlanayotgan mis molibden rudalari tarkibida 0,2—2,0 % mis va 0,008—0,1 % molibden uchraydi. Oxirgi yillarda tarkibida kam mis (0,2—0,6 %) bo’lgan ruladar qayta ishlashga tushirilmoqda. Bunday rudalapHi qayta ishlaydigan fabrikalar katta unumdorlikka egaligi bilan ajralib turadi.
Porfirli mis rudalari mis minerallarining katta donadorligi va ulapHi pirit va molibdenit bilan tog’ jinsida birga usishi bilan tavsiflanib, bunday rudalarda mayin donador mis, molibden va pirit sulfidlari zarrachalari o’zaro zich joylashgan bo’ladi.