Ministry of higher and secondary education



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə20/73
tarix20.11.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#165215
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (SINTAKSIS)

[Ik,k -F] qolipi. SBning bu LSQsi birinchi uzvi morfologik shakllangan va shuning uchun [SHMJ] birikuv omiliga va ikkinchi uzvi shakllangan va shuning uchun [MSHJ] omiliga ega bo’lgan nutqiy hodisalarni namoyon qiladi.
Qolipning birinchi uzvini ism turkumiga oid so’zlar to’ldirib, ular xokim uzvga tushum, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishiklari shakllari bilan bog’lanadi. Birinchi uzvi asosida LSQ quyidagi ko’rinishlarga ega bo’ladi;
[Ik.,q_F]
[It.k_F] [Ij.k_F] [Io’,p,k_F] [Ich.k_F]
LSQning har bir ko’rinishi [I] uzvining bo’linishlari asosida yana tarmoqlanadi va u natijada quyidagi nutqiy hosilalarni beradi [Ot,k_F] [Sft,k_F] [St,k_F] [Olm-F] [Hnt,k_F]
(kitobni(yaxshini/o’nni) ayir, uni (gapirish/ o’qimoq/ so’ramoq/ boshlamoq/ni bas qil.)
[Ich,k-F] LSQsi boshqa ko’rinishlarining parchalanishlari asosidagi xususiyliklar ham shunday nutqiy hosilalarni yuzaga chiqaradi.
LSQning birinchi uzvi morfologik shakllanganligi bois uni to’ldiruvchi a‘zoda shakliy omil birinchi o’ringa ko’tariladi. Joylashuv omili esa oxirgi o’ringa to’shadi. Zero, birikma a‘zolarini erkin almashtirish, ular orasiga so’zlar kiritish birikmaning mohiyatiga, a‘zolar orasidagi ma‘noviy munosabatlarga ta‘sir ko’rsatmaydi. Ikkinchi uzv grammatik shakllanganligi bois ma‘noviy omil kuchayib, birinchi uzvda joylashuv omili o’ta kuchsiz bo’lganligi bois ikkinchi (F) uzvda ham bu omilning kuchsizlanishi va uchinchi planga surilishini taqozo qiladi .
[Ik.q_F] LSQsining birinchi uzvida bir necha kelishik umumlashmasi aks etganligi bois uning mazmuniy jihati ham murakkab xarakter kasb etadi va uni harakatga tortilgan yoki bog’liq ob‘ekt (joy-xarakat) ko’rinishida berish mumkin. Bu ma‘noviy umumiylik [Ikq_F] LSQsining xususiy ko’rinishlarida alohida kelishik qo’shimchalari tomonidan ju‘ziylashtiriladi, muayyanlashtiriladi.
Masalan;
[Ik,k_F]=vositasiz ob‘ekt-harakat
[Ij,k_F]=vositali ob‘ekt/hol-xarakat
[Ich,k_F]= ajralish manbai/o’rin-harakat va hokazo.
[I-F] LSQsi. Bu LSQ SB uchinchi tip [W-W] qolipining aloxida turi bo’lib, u a‘zolarning morfologik shakllanishi va nutqda bunga muvofiq ravishda bitishuv aloqali nutqiy hosilalarni berish bilan xarakterlanadi. [I-F] qolipining nutqiy voqelanish bosqichlarini quyidagicha aks ettirish mumkin;
[O-F], [Sf-O], [Olm-O], [S-O], [Rav-O]
[asal bola] [yaxshi bola] [o’sha bola] [birinchi bola] [pinhona suhbat]
[I-F] LSQsi uzvlari o’zaro hech qanday morfologik vositalarsiz bog’langan bo’lib, bunday unsurlarda birikuvning joylashuv omili kuchayadi, shakliy oml o’ta kuchsizlanadi. Ma‘noviy omil esa birikuvni ta‘minlovchi ustuvor omil maqomida bo’ladi: MJSH-MJSH. [I-O] LSQsining mazmuniy jihati birikuvchi unsurlarning ma‘noviy munosabatlarini umumlashtirish asosida lisoniy mazmunga ega bo’ladi, LSQni yaxlit holda [I-O=sifatlovchi-sifatlanish] tarzida ta‘riflash mumkin.
Ma‘lum bo’ladiki, LSQlardan sintaktik shakllargina joy oladi. Lug’aviy shakllar esa LSQ uchun ahamiyatsiz bo’lib, ikkiyoqlama tabiatga ega bo’lgan lug’aviy sintaktik shakllar (nisbat shakllari, ravishdosh, sifatdosh) qolip uchun ahamiyatli vositalar sifatida lug’aviy shakllar tizimining chekkasidan joy oladi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin