Ministry of higher and secondary education


So’z birikmasi LSQ larida birikuv omillari



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə21/73
tarix20.11.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#165215
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (SINTAKSIS)

So’z birikmasi LSQ larida birikuv omillari. Sbning ichki tuzilishi, tashkil etuvchi a‘zolarning o’zaro munosabatini o’rganish jarayonida birikishning ichki qonuniyati ochiladi. Sbda bog’lanish a‘zolardan birining faolligi asosida emas, balki har ikki a‘zoning ham bir-biriga, avvalo, ma‘noviy, qolaversa, shakliy joylashuv jihatdan moslashishlari asosida yuz beradi. Chunki tobelanayotgan leksemaning birikish imkoniyati voqelanishga, hokim a‘zoning biriktirish talabi esa qondirilishga intiladi. Sbdagi a‘zolarning goh bittasining (maktabga bormoq), goh ikkinchisining ham (maktabning bog’i) grammatik shakllanishi asosida sintaktik aloqaning ikki bir tomonlama aloqa, ikki tomonlama aloqa turlarini farqlash maqbul emas. Unda bitishuvli (keng dala) birikmalarning hech qanday aloqasiz birikma deyishga to’g’ri kelgan bo’lur edi. Yuqoridagi aloqaning ikki ko’rinishi bog’lovchi vositalarga qarab belgilangan, xolos.
So’z birikmasida aloqa har doim ham ikki tomonlamadir. SB a‘zolarining ikki yoqlama-birikish imkoniyati (tobe a‘zo) va biriktirish talabi (hokim a‘zo) aloqadorligi bevosita a‘zolarning birikish-biriktirish qobiliyatiga asoslanadi.
SB a‘zolari orasidagi bog’lanish har bir so’zda yaxlit holda mavjud bo’lgan ma‘noviy (M), shakliy (SH), joylashuv (J) omillarining o’zaro muvofiqligiga tayanadi. Masalan, kitobni o’qimoq birikmasidagi kitobni so’z shaklida hokim so’zga birikishini ta‘minlaydigan M, Sh, J omillari bo’lganligi kabi o’qimoq so’zshaklining ham tobe a‘zoga bog’lanishini ta‘minlaydigan M, Sh, J omillari mavjud. xatni yozmoq SBsida tobe so’z (xatni)ning hokim so’z (yozmoq) bilan birikishini uning shakli (-ni), ma‘nosi va qisman joylashuvi (oldin kelishi) bilan ko’rsatsa, hokim so’z tobe so’z bilan bog’lanishini ma‘nosi, shakli va qisman joylashishi (keyin kelishi) bilan ko’rsatadi.
So’zda bu uch omil yaxlit holda bo’lib, ma‘lum birikish jarayonida birortasi ustunlik qilsa, boshqa holda u kuchsizlanadi. Keltirilgan xatni yozmoq birikmasidagi tobe so’z (xatni) da shakliy omil (-ni) tobelikni ko’rsatuvchi yetakchi omil bo’lsa, hokim so’z (yozmoq) da ma‘noviy omil ustunlik qilgan.
Ma‘noviy omil deganda so’zlarning bog’lanish uchun muhim sanalgan lug’aviy ma‘nosi, qaysi turkumga xosligi tushuniladi. Lug’aviy ma‘no ayon bo’lib, so’zning grammatik ma‘noviy xususiyatlariga bir oz sharh berish lozim bo’ladi. So’zlarning muayyan turkumga xosligi nihoyatda keng ko’lamli tushuncha bo’lib, mustaqil so’z turkumlari doirasida narsa predmet (ot), belgi (sifat), miqdor (son), harakat (fe‘l), holat (ravish), tasviriylik (taqlidlar), ishoraviylik (olmoshlar) kabi turkumiy ma‘nolarni qamrab oladi. Bu ma‘nolar so’z turkumi (masalan, ot), uning ichki bo’linishlari (masalan, modda-ma‘dan oti, o’rin-joy oti kabi) bilan bog’liqdir. Shuning uchun tosh ko’prik birikmasida tosh so’zining ot turkumiga mansubligi, modda-ashyo nomi ekanligi, ko’prik so’zining ma‘lum bir harakatning mahsuli bo’lmish predmetni ifodalashi, so’rida yotmoq birikmasida esa so’ri so’zining joy nomini atab kelishi, yotmoq fe‘lining o’timsizligi kabilar ma‘noviy omilni tashkil etadi.
Shakliy omil deganda so’zlarni bir-biriga bog’lash uchun xizmat qiladigan aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari tushuniladi. Morfologik shakllar birikmadagi qaysi a‘zoni shakllantirishiga ko’ra ikkiga bo’linadi:
1)tobega xoslar (kelishik, sifatdosh, ravishdosh ko’rsatkichlari va ko’makchilar);
2)hokimga xoslar (egalik, nisbat, kesimlik ko’rsatkichlari).
Joylashuv omili so’zlarning erkin joylashuvi (1) va birikma tarkibida jipslashuvidan (2) iborat.
O’zbek tilining me‘yoriy nutqida tartib qat‘iy bo’lib, tobe oldin, hokim keyin keladi. Erkin joylashuv deganda SBdagi tobe va hokim a‘zolarni bir-biridan ajratish, «uzish», ular orasiga boshqa bo’laklarni kiritish imkoniyati mavjudligi nazarda tutiladi. Masalan, kecha keldi, kitobni o’qimoq, shahrimizning ko’chalari kabi SBlarda erkin joylashuv imkoniyati bor, ularda tobe va hokim a‘zoni bir-biridan ajratish, «uzish» (Kecha uyga keldi, kitobni tez o’qidi, shahrimizning keng ko’chalari), hatto teskari joylashtirish (keldi kecha, ko’chalari shahrimizning) mumkin. Jipslashuv deganda tobe va hokim a‘zoni bir-biridan «uzish» mumkin emasligi tushuniladi. Bunga tosh ko’prik, oltin uzuk, Navoiy romani, kitob o’qimoq birikmalarini misol qilib keltirish mumkin. Masalan, tosh ko’prik birikmasidagi so’zlarning o’rni almashtirilsa, birikma mohiyati o’zgarib ketadi: ko’prik tosh. Demak, bu so’zlarda birikma mohiyatini belgilashda joylashuv omili ustivor ahamiyatga ega. Erkin joylashuv J omilining kuchsizligini, jipslashuv esa uning kuchliligini bildiradi.
Har qanday SBda so’zning mavjud imkoniyatlari yuzaga chiqadi. Bunda har bir a‘zodagi mazkur (M, J, Sh) omillar o’zaro va boshqa a‘zodagi shunday omillar bilan muvofiqlashadi. So’zdagi bir omilning kuchayishi boshqa omillarning kuchsizlanishi evaziga sodir bo’ladi. Buni uchburchak burchaklarining o’zaro aloqadorligiga qiyoslash mumkin. Uchburchak burchaklarining yig’indisi 180 gradusga teng. Bir burchak kattalashsa, buning hisobiga boshqalari kichrayadi. Lekin ularning umumiy yig’indisi 180 gradusga teng bo’lib turaveradi. Xuddi shuningdek, tobe yoki hokim so’zdagi bir omil kuchaysa, bu boshqa omillarning kuchsizlanishi hisobiga bo’ladi. Chunki bir omilning yetakchilik qilishi boshqalarning to’la voqelanishiga yo’l qoymaydi. Masalan, uyning egasi birikmasida birikuv omillari quyidagicha: [SHMJ+SHMJ]. Chunki har ikki a‘zo ham - biriktiruvchi-tobe a‘zo tobega xos, hokim a‘zo hokimga xos grammatik shaklga ega. Ularning hokim va tobeligini ana shu shakllar ko’rsatib turibdi. Shuning uchun har ikkala a‘zoda ham shakliy omil ustuvordir. Birikma a‘zolarini bir-biridan «uzish» (uyning asl egasi), teskari joylashtirish (egasi uyning) birikmaning oldingi mohiyatiga ta‘sir qilmaydi. Bu esa joylashuv omilining o’ta kuchsizligidan dalolat beradi. Ma‘noviy omil esa shakliy va joylashuv omillari oralig’ida bo’ladi. shoshilib gapirmoq SBsidagi a‘zolarning birikuv omillari muhimligi quyidagicha: ShmJ-MSHJ. Birinchi uzvda shakliy omilning birinchi o’ringa chiqishi uning ravishdosh shaklidaligi sabablidir. Ravishdosh shakli shoshilib so’zshaklining tobeligini ta‘minlamoqda. Joylashuv omilining har ikkala a‘zoda ham oxirgi planga o’tishi esa tobe va hokim uzvlar orasida erkin joylashuvning mavjudligidir. Ikkinchi a‘zo (o’qimoq) da ma‘noviy omilning kuchayishi, uning hokimlik grammatik shakliga ega emasligi va joylashuv omilining kuchsizligi evazigadir. mart oyi birikmasidagi a‘zolarning birikuv omillari munosabati esa quyidagicha: JMSH+SHMJ. SBlar a‘zolarida ma‘noviy omilning oxirgi o’ringa o’tishi mumkin emas. Chunki SB uchun dastlabki talab a‘zolarning ma‘noviy muvofiqligidir.
O’zbek tilida har bir a‘zo birikuv omillarining o’rin almashish natijasida 6 xil kombinatsiya vujudga keladi. Tobe a‘zo: MSHJ, MJSH, ShmJ, ShjM, JMSH, JSHM. Hokim a‘zo: MSHJ, MJSH, ShmJ, ShjM, JMSH, JSHM. Har bir a‘zoning 6 xilligi asosida (6x6) SBning 36 mantiqiy-riyoziy turi ma‘lum bo’ladi. Olti xil tobe a‘zo va olti xil hokim a‘zoni ko’paytirish asosida 36 xonali jadval yuzaga keladi. Quyidagi jadvalni har bir SB turiga ayrim misollar bilan beramiz:

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin