Ministry of higher and secondary education


LSQlarni o’qish va yozish qoidalari



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə22/73
tarix20.11.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#165215
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   73
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (SINTAKSIS)

LSQlarni o’qish va yozish qoidalari. Lisoniy birliklar bevosita kuzatishda berilmagan bo’lib, ular yozish yoki aytish uchun ham shartli belgilardir.
Lisoniy birliklar bo’lgan LSQlar yozuvda turli shartli belgilar vositasida beriladi. Biroq bu shartli belgilarni o’qishning o’ziga xos qonun-qoidalari bor. Ma‘lumki, ximiyada moddalar turli shartli belgilar vositasida ifodalansa-da, ular aynan o’qilmaydi. Masalan, H2SO4 ni «Ash ikki S O to’rt» deb o’qish talab etilmaydi. Biz o’qiyotgan LSQlarga ham shunday munosabatda bo’lish lozim. Deylik, bizga (Wm,v_Wm.v) qolipini o’qish buyurilgan. Uni «W morfologik vosita va W morfologik vosita», deb emas, balki, «morfologik shakllangan tobe atov birligi va morfologik shakllangan hokim atov birligi», deb o’qish tavsiya etiladi. Agar LSQ [Ik.q_Ie.q] ko’rinishida bo’lsa, u «qaratqich kelishigidagi tobe ism va egalik shaklidagi hokim ism» tarzida o’qilishi maqsadga muvofiqdir.
Ma‘lum bo’ldiki, LSQlarning shakliy tomonigina yoziladi va o’qiladi. Zero, ikki mundarijali birliklar bo’lgan leksema va morfemalarning ham shakliy tomoni shartli ravishda yoziladi va o’qiladi: [kitob] leksemasi, [-ni] morfemasi kabi. Ularning mazmuniy mundarijasi bo’lgan semema yoki grammatik ma‘no birliklarning shakliy tomoni bilan yaxlit idrok etiladi va yozuvda uni alohida berish uchun zarurat bo’lmaydi.
Demak, LSQ lar ifodasida ham ularning shakliy tomoni bilangina cheklanish ma‘quldir.
Turg’un SB va frazemalarning LSQdagi o’rni. Turg’un SB va frazemalar ham mohiyatan o’zida tayyorlik, majburiylik, ijtimoiylik belgilarini mujassamlashtirganligi bois, ular bir atov birligi, bir leksemaga teng birlik atrofida qaralib, yaxlit holda LSQning bir uzvini to’ldiradi. Masalan, Salimning tepa sochi tikka bo’lishi (Wq k - We.q), qoy og’zidan cho’p olmagan bola (I-O) kabi.
Tavsiya etiladigan zarur adabiyotlar

  1. Ne‘matov H. va b. O’zbek tili struktural sintaksisi. -T.: Universitet,

  2. Mengliev B. O’zbek tilining struktur sintaksisi –Qarshi., 2003.

  3. O’zbek tili grammatikasi. II tom. Sintaksis. - T.: Fan, 1975. - 548 b.


Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin