Ministry of higher and secondary education


Gapning ifoda maqsadiga qo’ra turlari



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə30/73
tarix20.11.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#165215
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (SINTAKSIS)

Gapning ifoda maqsadiga qo’ra turlari. Ifoda maqsadiga ko’ra gaplarning turlanishi sof nutqiy hodisadir. So’zlovchi nutq jarayonida fikr ifodalash bilan ma‘lum bir maqsadni ko’zlaydi ham. Gaplar so’zlovchining ko’zlagan maqsadiga ko’ra turli-tuman bo’ladi.
1.Darak gaplar: Uzoqdagi zalvorli tog’lar xayolimni keldilar bosib. (A.O.)
2.So’roq gaplar: Sen bahorni sog’inmadingmi?(A.O.)
3.Buyruq gaplar: Meni kutgil... (K.S.)
Ammo bu turlar orasiga keskin chegara qoyib bo’lmaydi. Bir tur ikkinchi tur vazifasini bajaraverishi mumkin. Deylik, shaklan darak gap so’roq mazmunini, so’roq gap darak mazmunini ifodalashi mumkin. Misollar: 1. Onani kim sevmaydi? (shaklan so’roq, mazmunan darak.) 2.Dasturxonga qaramaysizmi? (shaklan so’roq, mazmunan buyruq.) Qarzdor dehqonga boyning «Kuz keldi» deb qichqirgani oddiy darak emas, balki «Qarzingni to’la!» mazmunidagi buyruq gapdir.
Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarda ifoda maqsadi o’ziga xosdir. Ergash gapli qo’shma gaplarda ifoda maqsadi bosh gapniki bilan bir butun holda bitta bo’ladi. Teng munosabatli qo’shma gaplarda esa oldin turgan gap faqat darak tabiatiga ega bo’ladi.
Darak gaplar. Darak gaplar xabar berish, biror hodisa yoki dalilni tasdiqlash xususiyatiga ega bo’ladi: 1.Umrim boyi seni kutarman. 2. Sarvi gulru kelmadi.
Darak gaplar kesimlikdagi mayl ma‘nolariga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin:
Aniq xabar: Bola keldi.
Taxmin: Ertaga majlis bo’lar.
Istak: bugun bozorga chiqsam.
Bu qatorni yana davom ettirish mumkin.
Darak gap istakni ifodalaganda, so’zlovchining taxmin-tilagi haqida xabar beradi. Istak qat‘iylashsa, u buyruq gapga aylanib ketadi. Bu bilan darak gap va buyruq gaplar bir-biriga yaqinlashadi: Sen borsang - Sen bor.
Darak gapda so’z tartibi, odatda, buzilmagan, gap esa darak intonatsiyasiga ega bo’ladi. Shuningdek, darak gapning kesimi ham o’ziga xosdir. U so’roq yuklamalaridan xoli va aniqlik mayli shaklida bo’ladi.
Atov gaplar va so’z-gaplar ham darak tabiatiga ega bo’ladi: 1.Qish. 2.Ha. 3. Rahmat.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin