Ministry of higher and secondary education


-ma‘ruza. Lisоniy sathda gap bo‘laklari



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə33/73
tarix20.11.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#165215
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (SINTAKSIS)

6-ma‘ruza. Lisоniy sathda gap bo‘laklari. Kesim


(Tayanch tushunchalar: Kesim, gap markazi, gap bo’laklarining darajalanishi, kesimning tarkibi, kesimlik shakllari, QG uzvlari, lison va nutq.)
Reжa:

  1. Lisoniy sathda gap bo‘laklarining ajratilishi

  2. Kesimlik kategoriyasi.

  3. Grammatik shakllangan gaplar.

  4. Semantik-funktsional shakllangan gaplar.

  5. Kesim. Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari.

  6. Kesimning [W] ga ko’ra turlari.

  7. Sodda kesim. Murakkab kesim. Tarkibli kesim.



Lisoniy sathda gap bo‘laklarining ajratilishi. Grammatik shakllangan gaplarning minimal va maksimal lisoniy sintaktik qoliplari. Avvalgi fasllarda gapning eng kichik lisoniy qolipi (WPm) ramzi bilan berilib, u gapning umumiy lisoniy mohiyati sifatida tavsiflandi. Bunda o‘zbek nutqida qo‘llanadigan barcha gaplarning eng umumiy belgilari mujassamlashgan. Nutqdagi barcha gaplarning kesimdan boshqa bo‘laklari olib tashlansa ham, u gap bo‘la oladi. Biroq nutqiy gaplarning lisoniy sathda bu umumiylik (WPm) dan quyiroqda joylashgan boshqa umumiyliklari ham bor. Modomiki, gap kengaytiruvchilari gap mohiyatini belgilovchi asosiy vosita bo‘lgan kesimlik qo‘shimchalari (Pm) ga tegishli ekan, demak, ixcham gaplardan boshqa barcha kengaygan gaplarda, kesim bilan birga, yana ikkita gap bo‘lagini ajratish mumkin. Ular ega va hollardir. To‘ldiruvchi va aniqlovchi esa barcha bo‘laklarga, bo‘lakning bo‘laklariga bog‘langanligi hamda so‘z kengaytiruvchilari bo‘lganligi bois lisoniy qolipdan o‘rin ola olmaydi. Ular qaysi so‘zga bog‘lanayotgan bo‘lsa, lisoniy sathda ularning valentliklari sifatida yashaydi. Ixcham gaplar esa umumiy qolip - WPmning aynan voqelanishidir. Masalan: Bahor. O‘tlar yam-yashil kabi.
Demak, ega va hol bilan gapning minimal qolipi (WPm) ini kengaytirsak, u quyidagi ko‘rinishni oladi:
W Pm
E H
Bu gapning maksimal qolipi hisoblanadi. Boshqa barcha so‘z kengshaytiruvchilari (to‘ldiruvchi va aniqlovchilar) o‘zi ergashib kelayotgan bo‘laklar bilan bir butun holda bitta bo‘lak (ega, kesim, hol)bo‘lib keladi. Masalan, Sharob hammaning boshini qizdirib, hissiyotni aqldan ustun qilgan bu soatda sohibqiron Amir Temurning Hindistonning podshohi bo‘lgan zurriyoti o‘zining qilich kesmaydigan, o‘q o‘tmaydigan nazarkarda botir ekaniga arslon kiyik bilan olishganda o‘z g‘alabasiga aniq bo‘lganday ishonmoqda edi (P.Qodirov) gapida uchta gap kengaytiruvchisi bor: soatda, zurriyoti, aniq bo‘lganday. Bular to‘g‘ridan-to‘g‘ri gap markazi (kesimi) dagi kesimlik qo‘shimchalari bilan bog‘langan. Qolgan so‘zlar esa ana shu (soatda, zurriyoti, aniq bo‘lganday, ishonmoqda edi) bo‘laklarning ma’noviy valentligini to‘ldirayotgan so‘z kengaytiruvchilaridir.
Gapda hollar ma’noviy turlariga ko‘ra bir nechta bo‘lsa ham, u bitta N belgisi bilan gap qolipidan o‘rin oladi.
Uyushiq bo‘laklar gap strukturasida bir xil mavqeni egallaganliklari sababli ularni lisoniy sintaktik qolipda berishga ehtiyoj yo‘q. Shuningdek, ajratilgan bo‘laklar ham qaysi bo‘lakni izohlayotgan bo‘lsa, o‘sha bo‘lak bilan bir butunlik kasb etadi.
Lisoniy sintaktik qolipning cheksiz rang-baranglikda voqelanish imkoniyati ustiga nutqda har bir so‘zning ma’no valentligi zaminida xilma-xil so‘z kengaytiruvchilari bilan kengayib kelish imkoniyati qo‘shiladi va bu ko‘rinishlarni cheksiz miqdorda ko‘paytiradi. Lisoniy sintaktik qoliplarda har bir tashkil etuvchi (kesim, ega, hol) ning bitta so‘z, so‘z birikmasi, so‘z birikmasi zanjiri, ajralmas birikmalar bilan ifodalana olish qonuniyati va bunday turli qurilishli birikmalarning sintaktik nuqtai nazardan teng huquqliligi mazkur imkoniyatlarni yanada kengaytiradi. Shuning uchun gapning o‘ta sodda ko‘rinish kasb etgan eng umumiy mohiyati - minimal qolipi - [WPm] ham, undan quyidagi umumiylik - maksimal qurilish qolipi - [YE-N-WPm]ham nutqimizda mana shunday rang-baranglik va cheksiz imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Demak, kesim, ega, hol gapning lisoniy sathidan o‘rin olgan bo‘laklaridir.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin