Ministry of higher and secondary education


Gap ta’rifi va talqini haqida



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə24/73
tarix20.11.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#165215
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (SINTAKSIS)

Gap ta’rifi va talqini haqida. Jahon tilshunosligida, jumladan, o‘zbek tilshunosligida sintaksis bo‘yicha katta ishlar qilingan. Ammo I.A.Sizovaning qayd qilishicha, jahon tilshunosligida gapning 300 tacha ta’rifi bor. Chunki gapni tushunish tarixan ancha o‘zgarib, u uzoq vaqt mantiqiy hukm bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganilgan. Shuning uchun XIX asrda rus tilshunosida F.I.Buslayevning quyidagi ta’rifi paydo bo‘lgan:
«So‘zlar vositasi bilan ifodalangan hukm gapdir».
Bu ta’rifdagi hukm termini «fikr» termini bilan almashtirilgan holda dastlab rus tilshunosligi va rus tili dasrliklarida, so‘ngra o‘zbek tilshunosligi va o‘zbek tili darsliklarida bir necha yillar davomida quyidagicha qo‘llanib keldi:
«So‘zlar vositasi bilan anglatilgan fikr gap deb ataladi».
Ammo keyinchalik buni ayrim tilshunoslar ma’qullamadi. Shuning uchun ular O‘zbekiston xalq maorifi jurnalining 1960 yil 2-sonida «Darslikni mukammalashtirish yo‘lida» degan sarlavha ostida gapning yuqoridagi ta’rifini qattiq tanqid qildilar. Chunki u birinchi qarashda gapning ta’rifiga o‘xshasa-da, mazmunan fikr ta’rifi bo‘lib chiqqan. Ikkinchidan, fikrning ham to‘g‘ri ta’rifi emas, balki mujmal, chaplashgan ta’rifi yuzaga kelgan.
Shunga qaramay, tanqidga munosabat bildirilmadi. Shuning uchun xato ta’rif 70-yillarning o‘rtalarigacha takrorlanaverdi. Nihoyat, u o‘zbek tili dasrliklaridan chiqarildi.
F.I.Buslayevning yuqoridagi xato ta’rifi rus tili grammatikalaridan nisbatan oldinroq chiqarildi. Chunki uning xatoligi rus tilshunosligida 60-yillargachayoq ko‘pgina tilshunoslarga ma’lum bo‘lgan va turli nashrlarda xilma-xil ta’rif va talqinlar bayon qilingan. Ularning barchasi gapning xato ta’rif – talqinlariga aniqlik kiritishga qaratilgan. Shulardan biri xato ta’rif – talqinlarga rus tilining keyingi grammatikalarida kiritilgan «tugallangan fikr» yoki hatto «nisbiy tugallangan» degan aniqlikdir. Ammo, P.S.Kuznetsovning yozishicha, bu to‘liq aniqlik emas. Shunga qaramay rus tilini o‘qitishda ijobiy ta’sir ko‘rsata boshlagan bu aniqlik 70-yillarning o‘rtalaridan boshlab o‘zbek tili darsliklariga ham kiritildi. Masalan, M.Asqarova, Y.Abdullayev, M.Olimxonova 7 – va 8 –sinflar uchun 1977 yilda chiqargan darslikda «Gapning asosiy belgilari» haqida berilgan umumiy ma’lumotlardan keyin shunday deyiladi:
«Shunday qilib, gapning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: …
b) nisbiy tugallangan fikrni ifodalaydi».
Keyinchalik darslik – qo‘llanmalarning bir qismida gapning asosiy belgilari bayon qilinadigan, ikkinchi bir qismida esa gapga ta’rif ham beriladigan bo‘ldi:
«Bir yoki bir necha so‘zdan tashkil topgan, predikativlik xususiyatiga va ohang butunligiga ega bo‘lgan hamda nisbiy tugal fikr anglatadigan tilning muloqot birligi gap deyiladi».
«Ohang va fikr tugalligiga ega bo‘lib kesimlik shakllari orqali ifodalangan so‘z va so‘zlar qo‘shilmasi gap deyiladi».
Gapda bu 2 ta’rifgacha ham berilgan ko‘plab ta’riflarning xilma-xilligi gapga uning tub mohiyatini asosiy xususiyatlari bilan qamrab olgan holda aks ettiruvchi ta’rif berish nihoyatda murakkab ekanligini ko‘rsatadi. Shuning uchun gapning mukammal ta’rifi ilmiy ravishda hal qilishni kutayotgan muammo sifatida tilshunoslarnigina emas, balki boshqa soha olimlarini, jumladan, faylasuflarni ham o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Masalan, gapning yuqoridagi xato ta’rifining tanqid qilinganligi va darsliklardan chiqarilganligi ayrim faylasuflarga yoqmagan bo‘lsa kerak. Masalan, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatning 29 a’zosi tomonidan tayyorlanib, 2001 yilda chiqarilgan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» nomli kitobda quyidagilarni o‘qiymiz:
«So‘zlar vositasida anglatilgan fikr gap deb atalishini biz boshlang‘ich sinfdanoq bilganmiz».
Buni, bizningcha, yuqoridagi xato ta’rifini tiklashga urinish sifatida baholash mumkin.
Bu bilan gapning mukammal ilmiy ta’rifiga da’vogar emasmiz. Ammo hamkasblarimiz bilan fikriy o‘rtoqlashish maqsadida mulohaza sifatida gapga quyidagicha ta’rif berishni lozim topdik:
«Gap til materiallarining sintagmatik qoida bo‘yicha qo‘llanish jarayonining hosilasi sifatida grammatik shakllanib, ohang yordamida ifodalovchi nutq birligidir».
Bunda, gap ta’rifidan tashqari, til bilan nutqning aynan bir xil hodisa emasligi ta’kidlanadi.
Ayrim adabiyotlarda gapning ta’rifiga doir matnlaridagina emas, balki uning shakllanashiga doir matnlarda ham «tashkil topmoq» tushunchasiga duch kelamiz:
«Gap - bir butunlik sifatida gap bo‘laklaridan va so‘z birikmalaridan tashkil topadi».
Bizningcha, gap bo‘laklardan va so‘z birikmalaridan tashkil topmaydi, balki shu birliklardan iborat bo‘ladi. Chunki gap bo‘laklari ham, so‘z birikmalari ham gapgacha mavjud bo‘lmaydi.
Ayrim adabiyotlarda esa gapga nisbatan «qo‘llanmoq» tushunchasiga duch kelamiz:
«Erkin gaplar ancha keng qo‘llanuvchan hisoblanadi».
«So‘rash uchun qo‘llangan gaplar javob talab qiladi».
Bu o‘rinda umuman gap nazarda tutilgan. Xolbuki, qo‘llanish original gapga emas, balki o‘zga gapning ko‘chirma gap turiga va o‘zgarishli o‘zga gapning bir qismiga xosdir.
Shunday qilib, gap til materiallarining sintagmatik qoida bo‘yicha qo‘llanish jarayonining hosilasi sifatida grammatik shakllanib, ohang yordamida fikr ifodalovchi nutq birligidir.
Бугунги кунда тилшуносларимиз томонидан ўзбек тилининг миллий табиатидан келиб чиqqан hолда мавжуд грамматикаларда гапга qуйидагича таъриф берилди:

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin