(Tayanch tushunchalar: SB, SB qolipi, bog’lanish omili, bog’lanish usuli, lison va nutq, UMIS va YАHVO, qolip va hosila)
Режа:
SB LSQ ini tiklash va uning voqelanishi
[Wq.q.-We.k.=qaratuvchi - qaralmish]
[Iq.k.-F] qolipi
[I-O] LSQ si
So’z birikmasi LSQ larida birikuv omillari
LSQ larini o’qish va yozish qoidalari.
Turg’un SB va frazemalarning LSQ dagi o’rni.
SB LSQsini tiklash va uning voqelanishi. Boshqa lisoniy hodisalar kabi SB LSQlarini tiklash va uning voqelanishi farqlanadi. SB LSQsining voqelanishi «lison-nutq» yo’nalishida bo’lib, bu yo’nalish umumiylikdan oraliq ko’rinishlar orqali xususiyliklarga - nutqiy hodisalarga qarab boradi. Masalan;
[W - W]
[Wmv - Wmv]
[Ikk -Iek]
[O qk - Oeq ]
[Karimning kitobi]
Bunda [W-W] umumiy lisoniy sintaktik qolip bo’lsa [O qk - Oeq ] quyi lisoniy sintaktik qolipdir. [Karimning kitobi ] hosilasi ana shu LSQ asosidagi nutqiy SBdir.
LSQ ni tiklash xususiylik (nutqiy hosila)lardan oraliq ko’rinishlar orqali umumiyliklar sari boradi va bu jarayon «nutq-lison» yo’nalishida kechadi. Nutqiy SBning voqelanishida boshlang’ich nuqta [W-W] qolipi bo’lsa, uni tiklashda (Karimning kitobi) kabi nutqiy SBlar asos bo’lib xizmat qiladi.
Yuqorida aytilganidek, o’zbek tilida so’z birikmasining 18 ta umumlashmasi - LSQlari mavjud bo’lib, ularning umumiy tiklanish yoki voqelanish manzarasini quyidagicha tasvirlash mumkin(x chizma)
[Wqk-Wek]=qaratuvchi-qaralmish. Bu qolipda a‘zolar W belgisi bilan berilgan bo’lib, bu muayyan so’z turkumi belgisi emas. Chunki bunda W unsurini to’ldiruvchi a‘zolar sifatida turli xil mustaqil so’z turkumlari qatnashishi mumkin. Shuningdek, bu LSQning quyi bo’linishlari uning tegishli so’z turkumlari tomonidan to’ldirilishi asosida bo’lib, ular quyidagilardir;
[Oq.k -O e.q]=ot qaratuvchi-ot qaralmish (kitobning varag’i)
[Oq.k - Sfe.q]=ot qaratuvchi-sifat qaralmish(daraxtning mo’rti)
[Sfq.k -Oe.q]=sifat qaratuvchi- ot qaralmish (yaxshining qilig’i)
[Sfq.k-Sfe.q]=sifat qaratuvchi-sifat qaralmish(achchiqning chuchugi)
[Ot.q.k-Se.q]=ot qaratuvchi-son qaralmish(gulning bittasi)
[Sq.k-Se.q]=son qaratuvchi-son qaralmish(mingtaning bittasi).
[Oq.k-Hne.q]= ot qaratuvchi+fe‘l qaralmish(Otabekning qaytishi).
[Hn.q.k-Oe.q]=fe‘l qaratuvchi+ot qaralmish(uyalishning o’rni).
[Hn.q.k- Hn.e.q]=fe‘l qaratuvchi+fe‘l qaratuvchi (olmoqning bermog’i).
[Oq.k-Sde.q]=ot qaratuvchi-sifatdosh qaralmish(yurakning to’xtagani).
[Sdq.k-Oe.q]=sifatdosh qaratuvchi+ot qaralmish (qo’rqqanning ko’zi).
[Sdq.k-Sde.q]=sifatdosh qaratuvchi-sifatdosh qaratuvchi (yig’laganning kulgani).
[Oq.k-Re.q]=ot qaratuvchi-ravish qaralmish (mehnatning kecha-kunduzi)
[Olmq.k-Oe.q]=olmosh qaratuvchi-ot qaralmish(mening vatanim).
[Rq.k-Oe.q]=ravish qaratuvchi+ot qaralmish(hozirning huzuri).
Umumiy [Wqk-We.k] qolipning bu ko’rinishlari ham bevosita kuzatishda bo’lib, ular o’zaro a‘zolarining qaysi turkumga mansubligi bilan farqlanar ekan, demak, ular lug’aviy mohiyatlar tajallilari asosida bo’lingandir. Biroq baribir qoliplar lisoniy sathga mansubligiga qolaveradi. Ammo o’rni jihatdan bu sathning quyi pog’onalaridan joy oladi.
[Wq.k-We.q]=qaratuvchi-qaralmish qolipi hosilalari turli xil ma‘nоviy munosabatlarni namoyon qiladi.
Demak, SBlarning tarkibiy qismlari orasidagi ma‘noviy munosabatlarni tahlil qilmoq lozim bo’ladi. Birinchi SBda yuzaga chiqqan (Karim) va (kitob) leksemalari orasidagi borliqda va kishilar ongida qanday bog’lanish bo’lishi mumkin? Ma‘lum bo’ladiki, ushbu leksemalar asosida qator SBlarni tuzish mumkin bo’ladi va ularning har biri borliqdagi har xil - «atash», «ajratish», «ega-egalik qiluvchi narsa» kabi munosabatlarni aks ettiradi. Bu ob‘ektiv munosabatlarning qaysi biri voqelanishi esa birikmadagi grammatik qo’shimchalar bilan belgilanadi. Qaratqich kelishigi va egalik qo’shimchasi Karimning kitobi birikmasida ikki xil ma‘noviy munosabatni voqelantiradi: ega-egalik qilinuvchi narsa va muallif-uning asari. Lekin [Wk,k- We,k] = qaratuvchi-qaralmish LSQsi bu ikki xillikka nisbatan befarq. Demak, ayon bo’ladiki, yuqoridagi jadvalda keltirilgan SB a‘zolari orasidagi ma‘noviy munosabat [Wq,q-We,q] ning qaratuvchi-qaralmish qolipiga daxldor bo’lmay, balki uni to’ldirayotgan leksemalar va ular borliqda ataydigan narsa/predmetlar orasida bo’ladigan munosabatlarning tajallisi bo’lib, bu munosabatlar leksemalarning miqdoriga muvofiq ravishda rang-barang bo’lishi mumkin. Masalan, borliqdagi stol va oyoq jismlari orasida «ega-egalik qiluvchi narsa» munosabati bo’lishi mumkin emas. Shuningdek, bu ma‘noviy munosabatlar qaratqich kelishigi va egalik qo’shimchalarining ma‘nolari ham emas. Bu jismlar orasida butun-qism munosabati mavjud bo’lib, u SBda ham aks etgan. SBlardagi turli-tuman ma‘noviy munosabatlar bir qarashda qaratqich kelishigi va egalik qo’shimchalari ma‘nosidek ham tuyuladi. Lekin qaratqich kelishigi tobe so’zni hokim so’zga, egalik qo’shimchasi hokim so’zni tobe so’zga bog’lash uchungina xizmat qiladi, xolos. Unga tegishlidek tuyulgan ma‘nolar qolipni to’ldirayotgan leksemalarning ma‘noviy mohiyati bilan bog’liq bo’lib, mazkur qo’shimchalar ularni namoyon qiluvchi vositalardir, xolos.