Ministry of higher and secondary education


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə9/73
tarix20.11.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#165215
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (SINTAKSIS)

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

  1. Valentlik nima?

  2. Lug’aviy valentlik haqida ma’lumot bering.

  3. Sintaktik valentlik haqida ma’lumot bering.

  4. Grammatik shakl valentligi haqida ma’lumot bering.

  5. Lihgvistik valentlik va kimyoviy valentlik



3-ma‘ruza. Sintaktik aloqa va munosabatlar. So’z birikmasi


(Tayanch tushunchalar: teng va tobe aloqa, so’z tizmasi, so’z birikmasi, aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari, yordamchi so’zlar, so’z tartibi, ohang, SB, SB qolipi, bog’lanish omili, bog’lanish usuli, lison va nutq, qolip va hosila)
Режа

  1. Sintaktik aloqa.

  2. Sintaktik aloqani ta‘minlovchi vositalar.

  3. Nutqiy so’z birikmasi (SB) haqida tushuncha. SB da hokim va tobe kengayuvchi va kengaytiruvchi so’z.

  4. SB da bog’lanish usullari.

  5. Hokim a‘zoning ifodalanishiga ko’ra SB ning turlari.

  6. SB ning tuzilishiga ko’ra turlari. Sodda birikma va murakkab birikma.

  7. SB va sintagma.



Sintaktik aloqa. Mustaqil so’zlarning nutq jarayonidagi erkin bog’lanishi sintaktik aloqa deyiladi: Suvlar tiniq, toza havo. Sintaktik birliklar bir necha a‘zoli bo’ladi. Faqat gap bir a‘zoli bo’lishi mumkin. Nutqda so’zlarning bir-biri bilan bog’lanishi har bir tilning LSQlari, leksemalarning birikish imkoniyatlari asosida sodir bo’ladi.
So’zlarning sintaktik munosabatga kirishuvi natijasida hosil bo’lgan sintaktik qurilma so’z qo’shilmasi deyiladi. Bu so’zlarning bir-biriga ergashishi (a‘lochi o’quvchi) yoki tenglashishi (olma va anor) shakllarida bo’lishi mumkin. A‘lochi o’quvchi birikmasida bir so’z ma‘noviy qobiliyatini namoyon qilish uchun boshqasiga ehtiyoj sezadi. Aniqrog’i, (o’quvchi) uzvi izohlanishga muhtoj. Shu boisdan (a‘lochi) so’zi unga ergashib, izohlab keladi. Bu tobelanish aloqasidir. Tobelanish aloqasi natijasida so’z birikmasi va gaplar hosil bo’ladi: tiniq suv, Salim o’qidi. O’zbek tilida keyin kelib, ma‘nosi izohlanayotgan so’z hokim (bosh) so’z, hokim so’zga ergashish yo’li bilan bog’lanib, uning ma‘nosini izohlaydigan so’z tobe (ergash so’z) deyiladi. (Tiniq suv), (Salim o’qidi) birikuvlarida (tiniq) va (Salim) so’zlari tobe, (suv) va (o’qidi) so’zlari hokim a‘zolardir.
Nutqda so’zlarning barchasi ham tobe aloqada bog’lanavermaydi. So’zlar (olma va anor), (nok va anjir), (o’qidi va yozdi) shaklida biri ikkinchisiga boysunmay, teng holda ham bog’lanishi mumkin. Bu so’z qo’shilmalari a‘zolari teng huquqli bo’lib, biri ikkinchisining ma‘nosini izohlamaydi.
Demak, so’zlar orasidagi aloqa ikki xildir: tenglashish va tobelanish. Ular esa uch xil hosilani beradi: so’z birikmasi, so’z tizmasi va gap. Tenglashish aloqasi asosida so’z tizmasi hosil bo’lsa, tobelanish aloqasi asosida so’z birikmasi va gap shakllanadi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin