Ministry of higher and secondary education


Sintaktik aloqani ta‘minlovchi vositalar



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə11/73
tarix20.11.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#165215
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (SINTAKSIS)

Sintaktik aloqani ta‘minlovchi vositalar. Erkin birikmalarda so’zlar bir-biri bilan har xil bog’lanadi: bu bog’lanishlarda sintaktik aloqa turli vositalar asosida amalga oshadi: a‘lochi o’quvchi, o’qituvchini tabriklamoq, paxtani mashina bilan termoq, kitobning varag’i va h. kabi.
So’zlarning turli vositalar yordamida bog’lanishi ularning qaysi lug’aviy-grammatik tip (so’z turkumi) ga kirishiga, lug’aviy-grammatik xususiyatlariga bog’liq. Zero, ayrim lug’aviy-grammatik tip so’zlar, asosan, tobe a‘zo vazifasida kelish uchun ixtisoslashgan (masalan, son, ravish, sifat): besh o’quvchi, tez gapirish, a‘lochi bola kabi. Shuning uchun ular so’z birikmasida tobe a‘zo mavqeida kelish uchun ma‘lum bir grammatik ko’rsatkichni talab qilmaydi. Ayrim so’z turkumlari (masalan, ot, fe‘l) asosan, hokim mavqe egallashga xoslangan: issiq non, kitobni keltirmoq. Shu boisdan ular tobe a‘zo sifatida nutqda ishtirok etishi uchun o’ziga xos grammatik shakl kasb etadi: paxtani termoq, terilgan paxta.
Sintaktik aloqalarni ifodalovchi vositalar sintaktik shakl hosil qiluvchi qo’shimchalar, yordamchi so’zlar, so’z tartibi va ohanglardir.
Aloqa-munosabat (sintaktik ) shakllari. Bular sintaktik shakl hosil qiluvchi vositalar - kelishik, egalik, kesimlik shakllaridir. Aloqa-munosabat shakllari so’zlarni erkin biriktirishning eng faol vositalaridan hisoblanadi. Men qishloqqa bordim gapida -ga shakli qishloq so’zini bormoq fe‘li bilan, -dim kesimlik shaklidagi -m ko’rsatkichi men so’zini bormoq fe‘liga tobelash vazifasini o’tamoqda.
Egalik qo’shimchalari mustaqil so’zlarning hokim mavqeda kelishini ifodalab, uning tobe so’zga munosabatini ko’rsatadi (sizning uyingiz). Shuningdek, bog’lash bilan birgalikda, hokim va tobe so’zning shaxs va sonda moslashishini ham ta‘minlaydi.
Kelishik mustaqil so’zlarning barchasi uchun tobelikni ta‘minlovchi formal ko’rsatkichdir. Masalan, bosh kelishik egani, tushum kelishigi to’ldiruvchini, qaratqich kelishigi aniqlovchini hokim bo’lakka tobelaydi.
Shaxs-son qo’shimchalari, kesimlikning boshqa shakllari bilan birgalikda, o’zi hosil qilayotgan hokim bo’lakni tobe bo’lak -egaga bog’laydi.
Yordamchi so’zlar. Sintaktik aloqalarni ifodalashda qo’llanadigan yordamchilar ko’makchi, bog’lovchi va bog’lamalardir.
Ko’makchilar bir so’zni ikkinchi so’zga tobelovchi vositadir. Ular ma‘no va vazifalari jihatdan kelishiklarga o’xshaydi (telefonda gaplashmoq - telefon orqali gaplashmoq). Shuningdek, ko’makchi so’zlarni sintaktik aloqaga kiritishda o’zi bilan birga ularning ma‘lum bir kelishik shaklida bo’lishini ham talab qiladi: Marraga qadar bir tekisda yugurib borishdi.
Bog’lovchilar odatda, so’z tizmalarining, gaplarning a‘zolarini bog’lash uchun xizmat qiladi. Masalan: olma va anor. Men o’qidim va yozdim. Teng bog’lovchi birinchi misolda so’z tizmasi a‘zolarini, ikkinchi misolda esa qo’shma gap a‘zolarini bog’lash uchun xizmat qilgan.
Bog’lama ot kesimni ega yoki boshqa tobe a‘zolar bilan bog’lash uchun xizmat qiladi: Biz o’tgan yili talaba bo’ldik. Bunda bo’ldik bog’lamasi shaxs-son va zamon ma‘nolarini ifodalagan va kesimni uning shaxs (biz) va zamon (o’tgan yili) kengaytiruvchilari bilan bog’lagan.
So’z tartibi. So’zlar erkin birikuvlarda grammatik shakllar asosida bog’langanda so’z tartibi o’zgarsa-da, u ma‘noviy munosabat yoki bog’lanishga ta‘sir qilmaydi: Sen kitobni keltirdingmi? Kitobni sen keltirdingmi? Keltirdingmi sen kitobni? Birikuvlaridagi so’zlar o’rni almashtirilganiga qaramay, keltirdingmi so’z shakli hokim, sen va kitobni so’z shakllari tobe a‘zo sifatida qolavergan. Chunki ular sintaktik mavqelarini ta‘minlovchi vositalar - morfologik ko’rsatkichlarga ega. So’zlarning hokim-tobeligi (sintaktik mavqei)ni ko’rsatuvchi vositalar bo’lmaganda so’z tartibining qimmati oshadi (achchiq olma). Bunda so’zning gapdagi funktsiyasi, asosan, tartibi bilan belgilanadi, tartib o’zgarsa, mazmun bilan birga, sintaktik holat ham o’zgaradi: Hayot go’zal (ega+kesim), go’zal hayot (aniqlovchi+aniqlanmish).
Gapda uslubiy maqsadlarda so’z tartibi o’zgarishi mumkin. O’qituvchi intizom haqida gapirdi. Intizom haqida o’qituvchi gapirdi. Tartibning bunday o’zgarishi a‘zolarning hokim-tobeligiga ta‘sir qilmaydi, biroq gapning uslubiy jihatlariga ma‘nodagi, fikrdagi ottenkaga ta‘siri mavjud.
Ohang. Ohang ham, yuqorida aytilganidek, birikuvlarning tabiatini ko’rsatuvchi nisbiy vosita hisoblanadi. Gap tugallangan ohang bilan aytilsa, gap tarkibidagi ayrim birikuvlar sanash (olma va anor), ayrimlari ko’tariluvchi ohangga (qizil qalam) ega bo’ladi.
Ohang (pauza) birikuvlarning sintaktik bo’lishini ko’rsatadi. Masalan, Ko’p qavatli uy birikmasini ikki xil ko’p//qavatli uy va ko’p qavatli//uy tarzida aytish mumkin. Demak, sintaktik aloqani, unga bog’liq ravishda mazmuniy boshqalikni ifodalashda ohangning o’rni bor. Ya‘ni, ko’p\\qavatli uy tarzida birinchi so’zdan keyin pauza qilinishi natijasida (ko’p) so’z shakli tobe va (qavatli uy) birikmasi unga hokim, mavqeda bo’lib, bunda qavatli uylarning ko’pligi ma‘nosi anglashiladi. Ikkinchi holatda (ko’p qavatli//uy) esa ko’p qavatli birikmasi tobe, uy so’z shakli esa hokim mavqeda bo’lib, birikmadan uyning qavatlari ko’pligi ma‘nosi anglashildi.
Sanash ohangi bir xil bo’laklarning aloqasini ifodalaydi: oltin, kumush tosh bo’lar.
Qo’shma gapning tarkibiy qismlari orasida ham maxsus-qarama-qarshilik (Kunduzi issiq - kechasi sovuq), shart (Sen kel - u boradi), sabab (Kecha borolmadim - mehmonlar kelib qoldi) mavjud.
Ko’rinadiki, ayrim o’rinlarda so’zlarni va gaplarni bog’lashni ohangning o’zi bajaradi. Bog’lashni boshqa vositalar o’z zimmasiga olganda ohangning roli kuchsizlanadi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin