Ministry of higher and secondary education


Qo’shma gaplarning qurilishiga ko’ra tasnifi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə58/73
tarix20.11.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#165215
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (SINTAKSIS)

Qo’shma gaplarning qurilishiga ko’ra tasnifi. Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar alohida olingan sodda gaplardan nisbatan mustaqil emasligi bilan ajralib turadi. Avvallo, bu grammatik va intonatsion nomustaqillikdir. Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi qurilmasini ergash gapli qo’shma gap qilib turgan narsa mazmuniy taqoza etuvchanlikdir. Birinchi gapdagi mazmun ikkinchi gapdagi mazmun uchun sabab maqomidir. Biroq bunday mazmuniy zich bog’lanishsiz ham qo’shma gap hosil bo’lishi mumkin. Osmonda turnalarning «qurey-qureyi» eshitilardi, uzoqlardan chuponlarning hay-haylagani quloqqa chalinardi. Ikkinchidan, shuning uchun bog’lovchisi qo’shma gap a‘zolarini grammatik jihatdan zich munosabatga kiritgan. (Biroq bu bog’lovchisiz ham qo’shma gap hosil qilish mumkin: Bahor keldi, dala ishlari qizib ketdi.) Ammo sodda gaplar orasidagi intonatsion uzilish qo’shma gapni sodda gapga parchalab yuborishi mumkin: Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi.
Demak, ma‘lum bo’ladiki, qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarning o’zaro zichlashuvi mazmun, grammatik shakl va intonatsiya nuqtai nazaridan bo’ladi. Ammo bu omillar darajali ziddiyatda turadi.
intonatsiya - grammatik shakl - mazmun
Chunki mazmuniy bog’liqlik va grammatik shakl mavjud bo’lsa ham, birlashtiruvchi intonatsiya bo’lmasa, ayrim gaplar qo’shma gapni tashkil eta olmaydi. Ammo mazmuniy bog’liqlik va grammatik aloqa bo’lmasa ham, intonatsiya asosida qo’shma gap hosil qilish mumkin (bog’lovchisiz qo’shma gap.) Sodda gaplar asosida ajratuvchi pauza bo’lganda, qo’shma gapning yaxlitligiga putur yetadi. Masalan, Men sen bilan bormoqchi edim. Biroq sen qarshilik qilmasliging kerak. Gaplar orasida qushma gapning barcha belgilari mavjud. Birgina birlashtiruvchi ohang yo’qligi sodda gaplarning mustaqil bo’lishiga olib kelgan.
Qo’shma gaplarni uyushiq kesimli sodda gaplardan, sodda va qo’shma gaplar orasidagi uyushgan gaplardan farqlash lozim. Uyushiq kesimli sodda gaplar egasi bitta, bitta umumiy Pm ga ega bo’lgan birdan ortiq kesimlardan tashkil topgan gaplardir. Misollar: 1.Jamshid o’qir, yozar va chizar edi. 2.Do’kondorlar do’konlarini ochib, mudrab o’tirishardi. 3.Qushlar tinimsiz chug’urlashar va charx urishar edi. Uyushgan gaplar esa, aytilganidek, birdan ortiq egaga, shuningdek, bitta umumiy Pm li birdan ortiq kesimga ega bo’lgan gaplardir. Misollar: 1.Bahor kelar, dala ishlari qizib ketar edi. 2.Jamshid o’qir, Jahongir yozar, Isroil esa chizar edi. 3Do’kondorlar savdoga chorlab, attorlar esa mollarini maqtab o’tirishardi. Qo’shma gaplar esa har biri o’z Pm ga ega bo’lgan birdan ortiq kesimlardan tashkil topadi. 1.Jamshid o’qirdi, Jahongir yozardi, Isroil esa chizardi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin