Uyushgan gaplar va qo‘shma gaplar. Ma’lumki, gapning eng kichik qurilish qolipi [WPm]dir. Bu yerda [W] - atov birligi, lug‘aviy asos, [Pm] - kesimlik ko‘rsatkichi. Shundan kelib chiqib, masalan, Bordim so‘zi bu ramzda W - bor-, Pm- -dim sifatida belgilanadi.
O‘zbek tilshunosligida boshqa turkiy tillarda bo‘lgani kabi, shaxs-son kategoriyasi mustahkam o‘ringa ega bo‘lib, bu bilan shakllangan kesim, harakat (holat, belgi)ning qaysi shaxs-songa oidligiga ishora qilib turadi. Bu esa gap tarkibida ega mavqeining pasayishiga, ko‘p hollarda uning tushib ketishiga olib keladi. Demak, o‘zbek tilida zarurat bo‘lmasa, ega tushirib qoldiriladi va kesimning o‘zi gapni tashkil etadi: O‘qituvchiman.
Bundan ayon bo‘ladiki, kesim o‘zbek tilida eng kichik gapni tashkil etar ekan, tilimizdagi faqat kesimdan iborat gaplarni, egaga zarurat bo‘lmaganligi bois yig‘iq gap sifatida baholash imkoni mavjud. Biroq ta’lim tizimida ma’noviy jihatdan o‘xshashlik kasb etuvchi yig‘iq gap va ixcham gap atamalari ostida tushuniluvchi lisoniy hodisalarni farqlamaslik hamda ixcham gap va bir bosh bo‘lakli gaplarni aralashtirishdan iborat chalkash holatlar vujudga keldi. Buning sababi ham fanimizda rus tilshunosligi andozaliligining o‘rnashgaUyushgan gaplar sodda gaplardan farq qilganidek, qo‘shma gaplardan ham tubdan ajralib turadi.
Uyushgan gaplarni qo‘shma gaplar sistemasiga kiritish va tahlil etish mumkin emas. Sababi, ular qo‘shma gaplarga [AB] va [Kk] larning qo‘llanishi, ikki va undan ortiq qismlaridan tashkil topishi qismlar kengaytiruvchilarga ega bo‘la olishi bilan o‘xshaydi, ammo [UG] larda egalarning va qismlar kesimlarining birgina [Kk] bilan grammatik jihatdan shakllanishi bilan o‘xshamaydi. Demak, uyushgan gaplarni qo‘shma gaplarning turlari qatoriga qo‘shib qo‘yish mumkin emas. Uyushgan gaplar ikki xodisa asosida kelib chiqqa, ammo ulardan ajralib turadigan o‘rtadagi bir hosila bo‘lganligi uchun uni “oraliq uchinchi” xodisalar sirasiga kiritdik. O‘ylaymizki, bunday hosilalar halq ona tilimiz sintaksisida ko‘p va ularni tadqiq etish tilshunoslar oldida turgan burchdir.