Uyushgan gaplarni ajratish zarurati. Keyingi yillarda tilning sistemaviy tabiati ko‘pchilik tomonidan tan olindi va bajarilgan tadqiqotlar, olib borilgan izlanishlar natijasida uning tarkibiga kiruvchi turli xil mikrotizimlar, xususan, sintaktik sath birliklariga xos sistemaviy munosabatlar ochildi.
O‘zbek tilshunosligida uyushish hodisasi bilan bog‘liq uchta hodisa mavjud:
Gapda uyushgan so‘zlar;
Uyushiqlik umumiy holat bo‘lib, sodda gapga ham, qo‘shma gapga ham xos. Sodda gapda so‘zlar uyushib kelsa, qo‘shma gapda so‘z, sodda gap uyushib keladi.
Aytilganidek, uyushiqlik kamida ikki birlik (unsur)dan iborat bo‘ladi:
uyushtiruvchi unsur; 2. uyushuvchi unsur.
Bu ikki unsur barcha uyushish hodisasida mavjud.
Xo‘sh, uyushgan gap nima va u uyushiq gapdan nimasi bilan farqlanadi?
Ma’lumki, har qanday gap grammatik yoki semantik-funksional shakllangan bo‘lishi lozim. Shu bois u kesimga ega bo‘lib, bu kesim [WPm] (kesimlik ko‘rsatkichlari bilan shakllangan atov birligi) yoki [WP] (semantik-funksional shakllangan gap) tarzida bo‘lishi lozim. [WPm] sodda gapda bitta, qo‘shma gapda esa birdan ortiq bo‘ladi.
Quyidagi gaplarni qiyoslaylik:
1. Ukang rasm chizar edi. Bu gapning lisoniy qolipi quyidagicha: [E+WPm]
2 . Ukam rasm chizar edi va singlim televizor ko‘rar edi gapining qolipi esa quyidagicha:
[Е 1 W1Pm] ва [E1 W2Pm]
TT
K o‘rinadiki, birinchi gapda [WPm] va uning kengaytiruvchilari majmui bitta, ikkinchi gapda ikkita va ular o‘zaro teng bog‘lovchi yordamida bog‘langan. Endi uchinchi gapga diqqat qilaylik: 3. Ukam rasm chizar va singlim televizor ko‘rar edi. Bu oldingi gapimizdagi kesimlarning [W] qismlari o‘zgarmasdan saqlanganligi va [Pm] qismi bittaga qisqarganligi bilan undan farqlanadi. Demak, gapda (W) lar ikkita va [Pm] bitta bo‘lib, u ikkita (W) uchun ham umumiydir. Shu boisdan uni qavsdan tashqariga chiqarish mumkin. Bu gapning qolipi quyidagicha:
[((Е1-W1) ва (Е2-W2 ))Pm]
Т Т
Ko‘rinadiki, bitta umumiy (Pm) ga ega bo‘lgan birdan ortiq (W) dan tashkil topgan gap ham tilimizda mavjud. Bunday gap uyushgan gap deyiladi.
Yo‘l-yo‘lakay shuni aytib o‘tish kerakki, uyushgan gaplar uyushiq kesimli qo‘shma gaplardan farqlanadi. Buning uchun quyidagilarni qiyoslaymiz:
1. Bahor kelsa, bog‘lar yashnasa, sayilga chiqamiz. Gapning qolipi: [YE1-W1Pm (-sa) E2-W2Pm (-sa), W3-Pm].
2. Bahor kelsa, bog‘lar yashnaydi va sayilga chiqamiz. Qolipi: [(YE1 - WPm1) ((E2 - W2Pm) va (W3Pm))].
Bu ikkala gap uyushiq qismli qo‘shma gap. Birinchi gapda ergash gap (Bahor kelsa, bog‘lar yashnasa) uyushib, bosh gapga tobelanib kelgan. Ikkinchi gapda esa bosh (bog‘lar yashnaydi va sayilga chiqamiz) uyushib kelgan va ergash gap (bahor kelsa) ularga bab-baravar tegishli. Bular uyushiq gapdir.
Ma’lum bo‘ladiki, uyushiq gap qo‘shma gaplar tarkibida bo‘ladi. Uyushgan gap esa o‘zbek tilida sodda va qo‘shma gaplar orasidagi alohida sintaktik qurilmadir. U kesimdagi (W) si birdan ortiqligi bilan qo‘shma gapga, (Pm) ning bittaligi bilan esa sodda gapga yaqinlashadi. Shuning uchun ham u o‘z mavqei bilan «oraliq uchinchi»dir, ya’ni codda va qo‘shma gaplar orasidagi hodisadir.
Sodda va qo‘shma gapni belgilashda asosiy omil gapda nechta shakllangan kesimning mavjudligi. Eganing bor-yo‘qligi, ifodalangan-ifodalanmaganligi ahamiyatsiz. Uyushgan gapni belgilashda esa bosh omil ikkita:
bitta shakllangan kesimning mavjudligi;
birdan ortiq uyushgan eganing mavjudligi.
Bu xususiyati bilan uyushgan gap egali sodda gapdan ham (Jahongir, Jamshid, Isroil o‘qidi), uyushiq kesimli sodda gapdan ham (egasi yo‘q yoki bor bo‘lsa, bitta, kesimning lug‘aviy qismi birdan ortiq, (Pm) qismi bitta – (Ular borgan va ko‘rgan edilar, qolipi [W1-W2] Pm]) farqlanadi.
Nazariy talqinda uyushiq kesimli sodda gapda, demak, ega bitta, (Pm) qismlari umumiy bo‘lgan kesim birdan ortiq bo‘ladi. Aytilganlar asosida sodda gap, uyushiq kesimli sodda gap, qo‘shma gap, uyushiq kesimli qo‘shma gap va uyushgan gapning eng kichik struktur sxemasini beramiz: (Qulaylik uchun eng kichik qurilish qoliplarini berish ma’qul. Chunki, [WPm] da ular (W va Pm) ning kengaytiruvchilari ham mujassamlangan. 1-ilova