Ministry of higher and secondary education


Uyushgan gaplarni ajratish zarurati uning o‘xshash birliklar bilan birgalikda misollarda kuzatganda aniqlashadi. Quyida ayrim misolarni ko‘rib o‘tamiz



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə53/73
tarix20.11.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#165215
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (SINTAKSIS)

Uyushgan gaplarni ajratish zarurati uning o‘xshash birliklar bilan birgalikda misollarda kuzatganda aniqlashadi. Quyida ayrim misolarni ko‘rib o‘tamiz.
Kun botgan, bog‘ning har joy-har joyidagi chirmovuq gullar bilan o‘ralgan shiyponlarda chiroqlar yongan edi /O.Yoqubov/
Osmonda ilk yulduzlar miltiragan, ularni go‘yo kimdir birov bita-bitta artib quymoqda edi /O.Yoqubov/
Uyushgan gaplarni tashkil egan qismlar tarkibida o‘xshatishlar, ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlar ko‘p ishlatiladi. Masalan, Bog‘ zim-ziyo edi. Tog‘dan salqin shabada esa boshlangan, archazor bog‘ hazin guvillar, go‘yo allanimadan nolir, zorlanar edi /O.Yoqubov/
Bu uyushgan gaplarning har ikki qism kesimlari bir xil shakllangan /-ar/ va edi ularni uyushtirib kelmoqda.
Kunduzgi bulutlar tamom tarqagan, osmon asalarining uyasiday g‘uj-g‘uj yulduzlarga to‘lgan edi. /O.Yoqubov/
Bu ikki misolda qorong‘ilik tushishi manzarasi aks etgandir. Ko‘p xollarda kech tushishi /yoki boshqa biror manzara/ bilan birgalikda yana boshqa voqea-xodisalarning bo‘lish-bo‘lmasligini ifodalovchi qismlar ham keltiriladi: Atrof hali qorong‘i, osmonda yulduzlar charaqlab turibdi, lekin boyagi otishmalar to‘xtagan edi /O.Yoqubov/
Bu misoldagi ikkita birinchi qismlar tabiat manzarasini, uchinchi qism urush manzarasidagi voqealarni tasvirlash uchun xizmat qilmoqda. Birinchi ikki qism va uchinchi qism o‘zaro lekin bog‘lovchisi yordamida birikadi.
Oftob endi chiqqan, hovlilardan, bog‘lardan buzoqlarning ma’rashi, xotinlarning qarg‘agan ovozlari “ushla buzog‘ingni, yer yutkur” degan tovushlar eshitilardi /O.Yoqubov./ gapi orqali esa kun boshlangani va qishloq hayoti tasviri beriladi. Misolning ikkinchi qismida uchta uyushiq ega qo‘llangan bo‘lib, ularning hammasi eshitilardi kesimiga ergashadi. Gap qismlari esa –di birligi yordamida uyushtiriladi.
Yuqorida uyushgan gaplar orqali kech tushganlik tasvirini ko‘rib chiqqan edik, quyidagi misollarda ham yil fasllari, erta tong kech tushganlik... ham inson ruhiy holatining berilishini ko‘ramiz:
Kun iliq, kuz oftobi ipakday mayin, qizg‘ish shivoq Bilan qoplangan keng dasht oltinday tovlanib sokin mudrab 1tar, kishini uychanlikka, yorug‘ esdaliklarga unddar, Inobatning ko‘ngli ham shunga moyil edi /O.Yoqubov/
Birinchi uch qism kuz faslining manzarasini tasvirlash uchun keltirilgan, oxirgi qism esa insonning holatini ifolanashga xizmat qilmoqda. Turli mazmunlar bir edi birligi yordamida uyushtirilib, uyushgan gapni tashkil etmoqda.
Suv jildirar, shabadada giyohlar shitirlab, bu sokin kechaga sehrli bir tus berar, shunday jimjitlik, sokinlikda o‘tirgan yigitlarning ikkalasi ham mamlakatning allaqayerida to‘plarning gumburlashi, bezovta odamlarning qayg‘ularini ko‘z oldilariga keltirolmas, ikkalasi ham shu haqda o‘ylar, lekin bir-biriga aytmas edi /S.Zunnunova/. Bu misol to‘rt qismdan iborat, to‘rtinchi qismda uyushiq kesim qo‘llangan bo‘lib, uning birinchisi –ar, ikkinchisi –mas bilan shakllangan va ular o‘zaro lekin bog‘lovchisi yordamida birikkan. Uyushiq kesimli qism /oxirgi qism/ oldingilari bilan birgalikda uyushiq gapni tashkil etadi.
Bu qurilmada birinchi ikkinchi qismlar orqali manzara tasviri va keyingi qismlarda insonlar ruhiyati tasvirlanadi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin