Tavsiya etiladigan zarur adabiyotlar Abuzalova M. O‘zbek tilida sodda gaplarning eng kichik qurilish qolipi va uning nutqda voqealanishi. Dissertatsiya avtoreferati. Toshkent 1977.
Muxamedova D. Uyushiq fe’l kesimlarining grammatik shakllanishi // O‘zbek tilshunosligi masalalari. Toshkent. ToshdPI nashr. 1979. 123-129b.
Muxammadjonova S. Uyushgan gaplarni uyushtiruvchi birliklar // Aktualniye problemi formirovaniya professionalnoy kompetensii studentov pri parallelnom izuchenii yazikov. Toshkent. 1993 str. 354-355.
Muxammadjonova S. Uyushgan gaplarning ayrim xususiyatlari haqida Tilshunoslikka oid tadqiqotlar. Toshkent 1991. 138-139b
Nurmonov A. Gap haqidagi sintaktik nazariyalar. Toshkent.TDPI. 1988.
Rasulov R. O‘zbek tilida uyushiq bo‘laklarning ba’zi grammatik xususiyatlari // doston materiallari asosida // O‘zbek tishunosligi masalari. Toshkent. ToshdPI., 1979, 96-105b.
Sayfullayeva R. Uyushgan gaplar. // O‘zbek tili va adabiyoti. 1988, 3-son, 21-28betlar.
Elektron adabiyotlar va internet manbalari www. ziyonetuz.qo’shma gap
www. ziyonetuz.uyushiq bo’lak
Ораторское искусство – www. orator.ru
3.www.altinmiras.com
www.thinsan.com
www ziyonetuz.sintaksis/uyushgan gap
13-ma‘ruza. Qo‘shma gap va uning lisoniy qoliplari Reja Qo’shma gap haqida umumiy ma‘lumot.
Qo’shma gaplarning qurilishiga ko’ra tasnifi.
WPm, WPm tarkibli qo’shma gaplar.
WPm – WPm tarkibli qo’shma gap.
WPm – WPm tarkibli qo’shma gap
Qo’shma gap haqida umumiy ma‘lumot. Qo’shma gap sodda gaplar bilan mustahkam bog’langan, biroq undan ham struktur, ham uzatilayotgan axborot nuqtai nazaridan farqlanuvchi sintaktik qurilma hisoblanadi. Shu bois qo’shma gapning umumiy lisoniy mohiyati uning sodda gaplarga o’zaro munosabatida ochiladi. Lisoniy struktura jihatidan qo’shma gapning sodda gapdan farqi ma‘lum darajada ravshan. Aniqrog’i, sodda gapda shakllangan kesim bitta bo’lsa, qo’shma gapda u birdan ortiq bo’ladi va birdan ortiq sodda gaplarning mazmun, hamda, grammatik jihatdan birikuvidan tashkil topadi. Misollar: 1.Men sizni bilaman, siz bunday qilmaysiz. (O.) 2.Nima qilasan, qishloqqa qaytasanmi? (O). 3.Dunyoda nima ko’p - kulgu ko’p. (O). 4.Bilamanki, sodda barmoqlaring tilla uzuk taqmagan. (U.) 5.Majlisda ko’riladigan masalalarning muhim tomoni shundaki, Baqa qurilmadagi cho’l yerlarni suvga serob qilish masalasi muxokama qilinadi.
Ko’rinadiki, 1-gapda bilaman va qilmaysiz, 2-gapda qilasan va qaytasanmi, 3-gapda ko’p va ko’p, 4-gapda bilaman va taqmagan, 5-gapda shundaki va muhokama qilinadi kabi har bir gapdagi birdan ortiq kesim sintaktik qurilmalarning qo’shma gapligini ta‘minlovchi muhim asoslardan biridir. Kesimlarning birdan ortiqligidan tashqari, har bir qo’shma gapda ifodalanayotgan birdan ortiq fikr, axborotning o’zaro zich munosabati, gaplararo grammatik taqoza etuvchilik hamda intonatsion yaxlitlik kabilar ham bu sintaktik qurilmalarning qo’shma gapligini ta‘minlaydi.
Komunikativ nuqtai nazardan sodda gap bir fikrni, axborotni uzatish vazifasini bajarsa, qo’shma gapda birdan ortiq hukm o’z ifodasini topgan bo’ladi. Shuningdek, bu alohida axborotlar asosidagi munosabat ham qo’shma gapda qaysidir darajada bo’rtib turadi. Masalan: Jahongir keldi. Men shu ondayoq jo’nadim gaplarida ifodalangan fikrlar bir-biriga o’zaro bog’liq bo’lib, gaplarning biri ikkinchisini taqoza etadi. Bu jixatdan ular Jahongir keldi va men shu ondayoq ketdim gapidan ajralib turadi.
Shunday qilib, qo’shma gap grammatik shakllangan va birdan ortiq axborotni tashish uchun mo’ljallangan sodda gaplarning grammatik, semantik, intonatsion va kommunikativ jihatlardan yaxlitlangan butunligidir.