Mintaqalar tabiiy-resurs salohiyati va ularning hududiy taraqqiyotda tutgan o‘rni



Yüklə 15,18 Kb.
səhifə4/6
tarix25.12.2023
ölçüsü15,18 Kb.
#197062
1   2   3   4   5   6
Mintaqalar tabiiy resurs salohiyati va ularning hududiy taraqqiyotda

Ibtidoiy odamlar tabiiy resurslardan foydalanish davomida ularning kamayishi hodisasini sezib, o`z hayotlarini davom ettira olishlari uchun bu resurslarni muhofaza qilish kerak ekanligini tushunib yetganlar. Ammo bu faqatgina masalaning iqtisodiy tomonini hisobga olgan holda muhofaza qilish edi. Jamiyat rivojining keyingi davrlarda inson tafakkurining o`sishi bilan tabiat muhofazasining boshqa aspektlari ham kelib chiqaboshladi.Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilishning aspektlari quyidagilardan iborat:

1)iqtisodiy aspekt – uzoq o`tmishda kelib chiqqan bo`lib, hozirgi zamon va kelajak uchun ham muhimdir. Inson o`z iqtisodiy holatini yaxshilash uchun tabiiy resurslarni o`zlashtiradi. Ma'lumotlarga ko`ra qazilma boyliklardan foydalanish 1940 y. aholi jon boshiga dunyo bo`yicha o`rtacha 7,4 t.ni tashkil qilgan bo`lsa, 2000 yilga kelib bu miqdor 35-40 t.ga yetdi. Hozirgi vaqtda har yili yer ostidan 1000 mlrd.t. yoqilg`i va qurilish materiallari qazib olinadi, 800 mln.t. metall eritiladi. 1984 yil ma'lumotiga ko`ra Yer yuzida 2,5 mlrd t. neft va 20 mlrd. t. ko`mir yoqilgan, 2 mlrd m3 yog`och ishlatilgan, 50 mln. t. baliq, qisqichbaqa va mollyuskalar ovlangan.

Xulosa qilib aytganda biz tabiiy resurslardan qanchalik ko`p foydalansak, shunchalik iqtisodimiz ko`tariladi, ammo bunda ularning tugab qolishi mumkinligini hisobga olib, ularni iqtisod zaruriyati uchun ham muhofaza qilish zarur.

2)gigiyena – sog`lomlashtirish aspekti – atrof muhit ifloslanishining kishilar sog`ligiga ta'sir ko`rsatishi munosabati bilan yaqin o`tmishda kelib chiqdi. Iqtisodni ko`tarish uchun tabiatga o`tkaziladigan ta'sir, agar u puxta o`ylab qilinmasa, teskari natijalar berishi mumkin. Masalan, 1959 y. AQSH ning Michigan shtatida yapon qo`ng`izlariga qarshi dalalarga sepilgan zaharli ximikatlardan tuproq jiddiy zaharlanib, uning hosildorligi pasayib ketdi, bundan hayvonot olami ham jiddiy zarar ko`rdi. Sobik Ittifoq davrida bunday hodisalar O`zbekistonda ham sodir bo`lib turar edi. Buning saboqlari hozirgacha sezilib kelmoqda.


Yüklə 15,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin