Hayvonlar, shu jumladan qushlar, asalarilar va hatto sahro chumolilari ham bir yerdan boshqa yerga ko`chganlarida ketib-kelish yo`nalishlarini osmondagi fazoviy jismlarga qarab belgilaydilar. Inson samolyotni yaratishda ninachining uchish printsipiga, ultratovushni tutuvchi lokatorlarni yaratishda esa ko`rshapalakning sezgi organlari ish printsipidan foydalangan.
Xulosa
Hozirgi kunga kelib tabiy resurslardan foydalanish yuksak darajaga ko`tarilgan bo`lsa tabiatni asrashga bo`lgan e`tibor ham huddi shuncha qadr topdi. Sababi resurslarning tabiat bilan uzviy bog`liqligi va ulardan foydalanishni bildiradi. Resurslarga bo`lgan e`tibor orqali juda ham ko`p davlatlar iqtisodiy rivoj topdi. Har bir davlatning o`ziga yarasha tabiy boyligi bor. Tabiiy resurslar insonga yashash imkoniyatini byeruvchi yagona vosita bo‘lib, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartib-qoidalarini bilish insoniyatga barqaror iqtisodiy-ekologik rivojlanish sharoitini yaratadi. Shuni unutmaslik kerakki, qayta tiklanadigan va tugamaydigan resurslardan to‘g‘ri foydalanilganda ular hech qachon tugab qolmaydi. Ammo qayta tiklanmaydigan resurslar qachonlardir tugashi muqarrar. SHuni hisobga olib, inson akl-zakovatining mahsuli sifatida bularning o‘rniga sun’iy resurslar, masalan, metall o‘rniga plastik mahsulotlar yaratilib, ulardan quvurlar, podshipniklar va boshqalarni tayyorlashda foydalanilmokda.
Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar.
S.Mustafoyev, S.O‘roqov, P.Suvonov “Umumiy ekologiya” Toshkent 2006
P.S.SULTONOV “EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH ASOSLARI” Toshkent 2007