Umumiy suv resurslari garchi tugamaydigan resurs hisoblansada, lekin daryo suvlari tugaydigan resurslarga kiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra hozir har yili daryolar suvining 13 % maishiy-xo‘jalik maqsadlarida foydalaniladi va bu suvlarning 5,6% kuchli ifloslanishidan tiklanmaydigan holatga o‘tadi. Xalq xo‘jaligining rivojlanishi, sanoat va dehqonchilikning yuksalishi hamda aholi sonining o‘saborishi bundan keyin ham suv resurslaridan tobora ko‘proq foydalanishni taqozo qiladi. SHuning uchun ham ulardan foydalanishda tejamkorlikka amal qilish, dehqonchilikda yerni namlatib, yomg‘irlatib va tomchilab sug‘orish, sanoatda suvdan foydalanishning yopiq tizimiga o‘tishni kuchaytirish zarur.
Iqlim reusrslariga atmosfyera havosi va shamol enyergiyasi misol bo‘ladi. Atmosfyera yog‘inlarini ham suv va ham iqlim resurslariga kiritish mumkin. Atmosfyera havosi bitmas-tuganmasdir. Ammo uning tarkibi ham suvning sifati kabi o‘zgarib turadi. U o‘ta kuchli ifloslanganda tirik tabiat uchun resurs bo‘laolmay qolishi mumkin. SHamol enyergiyasidan tabiiy resurs sifatida foydalanish amalda ko‘pdan byeri qo‘llanib kelinyapti. Inson o‘zining tafakkuri yordamida shamol tegirmonlari va shamol elektr stansiyalarini barpo etdi.
Kosmik resurslarga quyosh radiatsiyasi kiradi. Bu resurs ham bitmas-tuganmasdir. Sayyoralarning joylanish tartibi va xususiyatlariga ko‘ra Quyoshning Yerga yuborayotgan nuri hech qachon tugamaydi. Ammo, havoning ifloslanishi Quyoshdan Yerga etib keladigan radiatsiyani bir muncha kamaytirgan. Ayniqsa yirik sanoat markazlarida ifloslangan quyosh radiatsiyasi kishilarda turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. AQSH va G‘arbiy Evropa mamlakatlari aholisi orasida ko‘proq tarqalgan
Tabiiy resurslardan foydalanishning prinsip va qoidalari tabiatdagi barcha predmet va hodisalarning o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan bo‘lib, ular quyidagilardir: • ko‘pqirralilik qoidasi tabiiy resurslardan foydalanishda ularning ko‘p qirrali ahamiyatga ega ekanligini hisobga olishga asoslangan. Masalan, o‘rmon resurslaridan foydalanishda shuni hisobga olish kyerak-ki, o‘rmon xalq xo‘jaligi uchun yog‘och manbai bo‘lib hisoblanadi. Bu yog‘och yog‘ochsozlik va kimyo sanoati uchun xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Lekin o‘rmon resurslari bundan tashqari biosfyeraning kislorod «genyeratori» sifatida faoliyat ko‘rsatadi, tuproqda namlikni saqlaydi, tuproqni yuvilib ketishdan asraydi, mikroiqlim hosil qiladi, insonga meva-chevalar etqazib byeradi, qolavyersa u yovvoyi hayvonlar uchun yashash maskani bo‘lib ham xizmat qiladi. Buni daryolar misolida ham ko‘rish mumkin. Daryo chuchuk suv artyeriyasi, qulay va arzon transport kommunikatsiyasi, gidroenyergiya manbai va boshqa vositalar sifatida xizmat qiladi;