Kirish Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlar natijasida ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan ijtimoiy
yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish sohasida qator ijobiy natijalarga erishildi.
Ayni paytda, jahon amaliyotida xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ularni
iqtisodiyotning istiqbolli va yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlariga
joylashtirish mexanizmlarini maqbullashtirish, investitsiya loyihalarini
umummilliy va mintaqaviy darajada venchurli moliyalashtirish amaliyotini
rivojlantirish, investitsiya muhiti jozibadorligini oshirish va investitsiya jalb qilish
faoliyatini vositalarining o’zaro muvofiqligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb
etmoqda.Investitsiya loyihalarini samarali jalb qilish bo’yicha O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev “Biz iqtisodiyotimizga sarmoya
kiritishga intiladigan xorijiy investorlar uchun hududlar va tarmoqlar boʻyicha
investi tsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga
erishish mumkin , - deya ta’kidlab o’tdilar
1
Darhaqiqat, Prezident to’g’ridan-
to’g’ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni so’zsiz amalga oshirish, chet
ellik investorlarga har tomonlama yordam berish hukumatning eng muhim
vazifasi bo’lishi kerakligini taʼkidladi.
Kurs ishi mavzusi kimlar tomonidan o’rganilgan. O'zbekiston Respublikasining
investitsiya siyosati va uning asosiy yo'nalishlari, xorijiy investitsiyalarning
iqtisodiyotning tarkibiy jihatdan qayta
qurishdagi roli, respudblikamizda qulay
investitsiya muhitini barpo etishning ilmiy va amaliy jihatdanlari respublikamiz
iqtisodchi-olimlari – Orifxonov Sh., Sirajiddinov N., Tursunov B.M., Hikmatov. O.,
Bedrintsev A.K., Yo'ldoshev Sh., Isajonov A., Rasulev A.F., Yusupov A., Trushin
E.F. va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan.
1
Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining
garovi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali
marosimdagi ma’ruza. 2016 yil 7 dekabr/Sh.M.Mirziyoev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017. – 48 b.