Mirzo Abdulqodir Bedilning falsafiy va ahloqiy qarashlari. I. Qism: Kirish. II. Asosiy qism



Yüklə 200,93 Kb.
səhifə8/11
tarix25.12.2023
ölçüsü200,93 Kb.
#194162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MIRZO BEDIL FALSAFASIDA
KOMIL INSON G’OYASI.
Ozod va obod Vatan hamda erkin fuqarolik jamiyatini sog’lom va barkamol insonlargina yarata oladi. SHuning uchun ham barkamol avlod tarbiyasi davlatimizning ustuvor yo’nalishlaridan biridir. SHu nuqtai nazardan qaraganda, komil inson g’oyasini buyuk faylasuf Mirzo Bedil falsafasi nuqtai nazari asosida tadqiq etishda ham o’ziga yarasha mahno va mazmun mujassamdir. Zero, ushbu g’oya o’zining falsafiy asosi hamda tarixiy ildizlari bilan bugungi kunda ham muhim ahamiyatga egadir. Faylasuf-shoir «Men nafasla tor-mor etmoqchiman» deganda, bevosita ilmiy-ma’naviy yuksaklik, Allohni anglash holatlari nazarda tutilgan bo’lishi ham ehtimoldan holi emas. Mirzo Bedil olamning sir-sinoatini bilishda, jumboqlar iskanjasini yengishda komillikni birinchi o’ringa qo’yadi. U komil insonning xislatlarini odamlardan izlaydi, insonni o’zini anglashga dahvat etadi. Bedil ushbu g’oyani ilgari surishda mutasavviflarning o’z-o’zini anglash
g’oyasiga tayangan holda quyidagi fikrni ilgari suradi: Inson o’zini bo’lgani kabi ko’rsatsin, Yo ko’rsatgani kabi bo’lsin1. Inson qanday bo’lsa shu holda, o’zini bo’yamay ko’rsatishga yetishish uchun o’z borlig’ini to’g’ri tasavvur etishi, insoniy mohiyatini tushunib yetishi lozim. Bedil odamlarning ichki dunyosi uning tashqi
qiyofasi bilan uyg’unlashgan holda namoyon bo’lishiga urg’u berib, dil bilan til, qalb bilan qiyofa birligini saqlashga undaydi. Bu bilan mutafakkir insonni takabburlik va munofiqlikdan voz kechishga chaqiradi.
Agar inson o’zining kim ekanligini to’g’ri fahmlay bilmasa, turmushda o’zining har bir qadamini tahlil etib yashashdan ojiz qolsa, uning dunyoni tushunishi amri maholdir. O’z holini anglamagan, qalbida kechgan botiniy tuyg’uni boshqara olmaydigan kishi o’zgalarni to’g’ri anglab, borliq mohiyati haqida haqqoniy fikr yuritishga qodir bo’la olmaydi. Inson o’zining salbiy jihatlarini idrok eta olgandagina, haqiqatga yaqinlashishi mumkin, haqqa yaqinlashmoq esa, inson borlig’ining azaliy murodlaridandir. Bedil tomonidan ilgari surilgan o’z-o’zini anglash g’oyasi Aziziddin Nasafiyning komil inson to’g’risida aytgan fikrlariga ham monand keladi. Masalan, «Kimki o’zini anglagan, o’zini tanigan bo’lsa, o’z Rabbini anglaydi va taniydi. O’zini tanigan kishi - ulug’ olam (olami kabir)ni ham
anglaydi. SHuning uchun barcha kuchni o’z-o’zini anglashga sarflashi lozim»2, - deydi Aziziddin Nasafiy.
Mirzo Bedil inson tabiatini tahlil qilar ekan, uni doimo izlanuvchanlikka moyil ekanini tahkidlaydi. Faylasufning yuqoridagi fikri, mutasavvif Aziziddin Nasafiy tomonidan ilgari surilgan, odamzod ham safardadir va o’z mohiyatiga erishmaguncha tinmay harakat qiladi, (agar shunday qilmasa) u o’zini ham tanimaydi, ham xulq bilan bezanib kamolot kasb etmaydi, degan fikriga
nihoyatda yaqindir. Aziziddin Nasafiy inson kamoloti haqida mulohaza yuritganda, axloq masalasiga deydi Aziziddin Nasafiy. Umuman, musulmon SHarqi mutafakkirlarining asarlarini ilmiy tahlil qiladigan bo’lsak, insonni o’z-o’zini anglashi, axloqiy va ma’naviy yuksakligi kamolotning bosh mezoni sifatida
qaraladi. Mirzo Bedil komil insonning xislatlarini yerdagi odamlardan izlaydi, insonni o’zini tanishga, buyukligini anglashga dahvat etadi. Uning tahkidlashicha, insonda nafaqat ikki dunyoning asrori mujassam, balki u ikki dunyodan ulug’roqdir. Bedil ilgari surgan g’oyada olamning yagona ruh tajalliysi orqali boshqarilishi, har bir zarrada shu mutlaq javharning zuhuri borligi tahkidlanadi. Bedil «Muhiti ahzam» (Buyuk uqyonus) nomli asarida olamning yaratilishini mayning ko’pirishi bilan qiyoslaydi, may bu o’rinda ilohiy tajalliy - nuri Mutlaq bo’lib, olamning harakati,
jamoli shundan, deydi u. Odamlarning tinib-tinmas hayoti, orzu-armonlari, fikr-ijodlari ham shu maydandir. Bu may go’yo bir olov, u kishini hamisha mast etib, o’z asli-rabbiga tortaveradi. Butun olam - yagona ruhning ijodi. O’sha tufayli mavjud va o’shanga qaytadi. Inson ruhi ham olovdir. U jismni yondirib kul qilmaguncha tinchimaydi. Yor vujudi kul bo’lmaguncha tinchimaydi, yo’qlik sari intilish surhati ana shunday. Mirzo Bedil inson komilligini tahlil etishda, boshqa tasavvuf shoirlariga yaqin turadi. SHuni alohida tahkidlash lozimki, Bedil ilgari surgan tahlimotda har bir inson kamolot sari intilishi lozim, biroq komillikka erishish oson emasligi, bu yo’lda nihoyatda sabr-bardoshli, qathiyatli bo’lishlikka alohida e’tiborni qaratadi. Faylasuf-shoir uni quyidagicha tavsif etadi:
Inson koinotning kichraytirilgan nusxasi, insonda barcha ilohiy va moddiy
olamlarning xislati jamul jam. Inson shuni anglashi va o’z ruhi - ilohiy javharni poklab, asl maqomiga qaytishi lozim3. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri - komil inson g’oyasi ekanligi buning dalilidir1. Yahni, mafkuramizning asosiy maqsadlaridan biri - har tomonlama komil insonni
tarbiyalashdan iborat. Komil inson g’oyasini milliy istiqloldan ajratib bo’lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, komil insonning mohiyati, avvalo jamiyatni barkamol qilish yo’lidagi sahy-harakatlarda namoyon bo’ladi. Jamiyatning umumiy rivojiga, insoniyat tsivilizatsiyasiga ijobiy tahsir ko’rsatuvchi komillik
mezoni, shaxsning barkamolligi orqali jamiyatni baxt-saodatli qilishdan iborat bo’lib kelgan. Insondagi komillik, eng avvalo, uning fikr, tafakkur va amaliy faoliyat erkinligini anglashidadir2. Inson kamolotida jismoniy va ma’naviy go’zallik muhim ahamiyat kasb etadi. Jismonan baquvvat, sog’lom bo’lish nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy qadriyatdir. Komillikning yana bir jihati vatanga, millatga, elu-yurtga sadoqat bilan xizmat qilishdir. Komillik insoniy fazilatlarning uyg’unligini ifodalaydi. Kishining ichki va tashqi dunyosi, sog’lom fikr va oqilona so’zi bilan amaliy faoliyati, tili bilan dili birday bo’lishi komillikning mezonlaridir3.
Prezident Islom Karimov komil inson haqida fikr bildirib, «Faqat jismoniy jihatdan
baquvvat bo’lgan odamni tarbiyalash unchalik qiyin emas. Ammo uni ham jismoniy, ham ma’naviy kamol to’tirish g’oyat murakkab vazifa. Ayniqsa, bugungi kunda mafkuraviy urushlar goh oshkora, goh ‘inhona tus olgan hozirgi nozik, qaltis sharoitda, tahlikali zamonda bu masala nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega»1, - degan xulosaga keladi. SHuning uchun mamlakatimizdagi tarbiyaviy-tashkiliy,
ma’naviy-mahrifiy ishlar masalani ana shu ikki jihatini ham qamrab olmoqda.
Ma’naviy barkamol, komil insonlargina insoniyat olamini asrab, uni jaholat botqog’idan olib chiqishi muqarrar ekanligini ilm-fan yana bir bor isbotlamoqda.
Umuman, Mirzo Bedil insonning kamoloti haqida fikr yuritganida, insonning vujudidagi jismoniy, aqliy va ilohiy mohiyatning bir butun mavjudligi, uning komilligiga asos bo’lishini isbotlashga harakat qiladi. Insonni sevish, ruhni ‘oklash, tahlim-tarbiya kabi axloqiy tushunchalar inson kamolotining mezoni sifatida qaraladi. Bedil dunyoqarashidagi axloqiy qadriyatlar umumlashgan holda komil insonni aks ettiradi. Mirzo Bedil tomonidan ilgari surilgan komil inson bu ilohiy muhabbatni qalbiga jo etgan, o’zini va borliqni anglagan, inson qalbini «Allohning uyi», deb bilib, insonni sevgan va qadrlagan, olamni ma’naviyat, mahrifat nuri bilan bezashga intilgan, axloqiy qadriyatlarni va umuman jismoniy, aqliy, ruhiy mohiyatni o’zida mujassam etgan insondir. Mirzo Bedilning komil inson borasidagi g’oyalarini umumlashtirib, quyidagi xulosaga kelish mumkin:

Yüklə 200,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin