Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə30/53
tarix22.05.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#119611
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53
жахон тарихи

Finikiya madaniyati


Finikiya dini somiy xalqlari madaniyatining bir qismi hisoblanadi. Madaniyat o‘z navbatida aholi qatlamlarining mashg‘uloti va ularning turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan. Finikiya ehromlarining arxitekturasi Sulaymon ehromi ko‘rinishida bo‘lib, tirlik muhandislarining faol ko‘magi bilan barpo qilingan. Diniy qarashlarning birdan- bir o‘ziga xos tomoni xudolarning o‘zgachaligida edi. Yahudiylar yagona xudoni ulug‘lashgan bo‘lsalar, finikiyaliklar –Panteon xudosiga
sig‘inishgan. Finikiyaliklar Muqaddas tog‘ xudosiga ham e’tiqod qilishgan. Finikiyaliklar dinidagi oxirgi e’tiqod Geliogabal bo‘lgan.
Keng miqyosdagi madaniy-iqtisodiy va siyosiy aloqalar Misr bilan, keyinroq, Yunoniston bilan aloqalar o‘rnatishga sabab bo‘ladi. Ko‘pgina finikiyaliklarning xudolari Misr va yunon afsonalari asosida shakllanadi. Hukmdor Vaal boshqaruvi davrida qadimgi Misr afsonalari asosida urf-odat va boshqaruv tizimlari vujudga keladi. Melkart, xristian dinida Molox nomi bilan mashhur bo‘lib, bu shahar hukmdorining nufuzi va uni xudo darajasida ulug‘lashini bildirgan. Keyinroq yunon manbalarida finikiyaliklar Gerkulesga e’tiqod qilishgani haqida ma’lumotlar berilgan.
Gebaldan to Kartaxengacha bo‘lgan qabrlarni o‘rganish davomida ko‘plab go‘daklarning jasadlari topildi. Qazishmalardagi qoldiqlarning katta qismi bolalar jasadlaridan iborat. Qadimgi Finikiya davrida go‘daklarning o‘tda kuydirilgan qoldiqlari topilgan. Rimliklar va finikiyaliklarning keng aloqalari natijasida antik davr mualliflarida ko‘plab yanglishliklar kuzatiladi. Bu jihatni finikiyaliklar o‘rtasida keng tarqalgan odamlarni qurbonlik qilish, Giperbore aholisining itboshli ko‘rinishi, baqtriyaliklarning katta chumoli, qo‘y ko‘rinishida tasvirlanishi kabilarda ko‘rish mumkin.
Finikiya dini ko‘plab an’analarning sintezi hisoblanadi. Masalan, ko‘chmanchi somiylarning kulti bo‘lgan buqaboshli Quyosh xudosi va ayol xudo Lunalar, neolit davrining matriarxal kulti Buyuk ona xudo va Misr xudolari juftliklari Isida va Osiris xudolari shular jumlasidandir.
Xudolarga bolalarni qurbonlik qilish rahmsizlik, toshyuraklik bilan olib borilgan. Qurbonliklarning bu ko‘rinishi muhim paytlarda yuzlab bolalarni o‘ldirish bilan amalga oshirilgan. Qurbonlik qilinganlarning jasadlari muqaddas joylarda saqlangan. Bu amaliyot finikiyaliklarda qadimgi yahudiylardan o‘zlashtirilgan bo‘lib, bu finikiyaliklarning yahudiylar yashaydigan Janubiy Xanaan egallangandan keyin sodir bo‘lgan. Muqaddas Bibliyada ham bolalarni Guna vodiysida muqaddas “Olovdan o‘tkazish” –, Quddus atroflarida xudo Molox sharafiga qurbonliklar qilish haqida eslatiladi.
Antropologiya va tarix professori Zefri Shvars va uning jamoasi qurbonliklar jarayoniga yumshoq yondashgan. Chunonchi, ular “Bolalar bevaqt o‘lim topgan paytida ularning jasadlari kuydiriladi va qurbonlik qilinadi deb ta’kidlashgan. Ushbu jarayonni o‘rganish uchun 348 ta qabr ochib o‘rganilgan. U yerdan, shuningdek, Karfagen tofetlari ham topilgan.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bolalar besh oylik paytida yoki bir yasharligida qurbon qilingan. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, tofetlar bu o‘lik tug‘ilgan yoki tug‘ilganiga ko‘p o‘tmay o‘ldirilgan bolalarning jasadlari saqlanadigan muqaddas joy hisoblangan.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin