Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə39/53
tarix22.05.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#119611
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53
жахон тарихи

Parfiya davlati


Mil. avv. III asr o‘rtalarida Salavkiylar davlati ichki nizolar tufayli kuchsizlana boshlaydi. Uning sharqiy viloyatlari Parfiya va Baqtriya mamlakat tarkibidan chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar. Parfiya satrapligi Kopettog‘ tog‘laridan janubi-g‘arbiy Turkmaniston va shimoliy-sharqiy Eron hududlarini o‘z ichiga oladi. Bu hududlar salavkiylarning ikki hukmdorlari – Salavka va Antiox davrlarida rivojlangan viloyatlardan biri edi. Parfiyaliklar haqidagi ma’lumot Firdavsiyning “Shohnoma” asarida ham keltirib o‘tiladi. Parfiya davriga oid ellin shaharlari Mesopotomiyaning Salavkiya shahrida va keyinchalik Ktesifonda topilgan arxeologik ma’lumotlar bilan ko‘zga tashlanadi. Shu bilan birga Gekatompil shahri ham Parfiyaning siyosiy markazlaridan biri hisoblangan. Ayniqsa, Parfiya shaharlaridan biri Mihrdatkertda (yangi va eski Niso, ya’ni Ashxoboddan 16 km uzoqlikda joylashgan) olib borilgan arxeologik qazishmalar Parfiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotni, taraqqiyot mezonlarini o‘zida aks ettirgan. Parfiyaliklarning xo‘jalik hayoti haqida ma’lumotlar beruvchi 2500 ta hujjatlardan iborat Niso shahri arxivlari muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, fil suyagidan yasalgan ritonlar (may ichish qadahlari) kishini e’tiborini tortadi.


Qadimgi Rim tarixchisi Yustin Parfiya davlatini asoschisi deb, Arshak degan kishini tilga oladi. Arshak so‘zi – sak bahodiri degan ma’noni bildiradi. Aynan u Parfiya davlatida arshakiylar sulolasiga asos soladi. Uning kelib chiqishi baqtriyalik bo‘lishi mumkin deb, taxmin qilinadi. Ammo, asosiy harbiy kuchini Parfiyaning shimolida yashagan (hozirgi Turkmaniston) dax qabilalari (sak) tashkil qilgan. Parfiya satrapligini Salavkiylar davlatidan ajralib chiqish jarayoni mil. avv. 250-yilda boshlangan edi. Mil. avv. 238-yili Arshak, Yunon-Baqtriyadan keyin
Parfiyani salavkiylar davlatidan to‘liq ajratib oladi. Salavkiylarning hududni qaytarib olishga qilgan harakatlari besamar ketadi. Parfiyaning dastlabki poytaxti Niso shahri bo‘lgan. Mil. avv. 228-yil taxtga Arshakning ukasi Tiridat I keladi. U O‘rta Osiyolik ko‘chmanchi qabilalar yordamida Parfiya davlatini Salavka II ning hujumidan asrab qoladi. Mil. avv. 209-yil Parfiya podshosi Tiridat 1 salavkiylar podshosi Antiox III bilan sulh tuzadi va vaqtincha unga yon berishga majbur bo‘ladi. O‘sha vaqtda Parfiya tarkibiga Kaspiyoldi girkaniyasi va qisman Midiya ham kirgan edi. Parfiya davlatini ulkan davlatga aylanishi podsho Mitridat I davriga (mil. avv. 171-138 yy) to‘g‘ri keladi. Uning hukmronligini so‘nggida mamlakat hududi Hindikush tog‘laridan Frot daryolariga qadar etgan. Eronning aksariyat hududlari va Mesopotamiya parfiyaliklar qo‘liga o‘tadi. Mitridat I salavkiylar hukmdori Demitriy II Nikatorni asir olib Girkaniyada ushlab turgan. Keyingi podsho Fraat II (mil. avv. 138-128 yy) mamlakat hududini daxlsizligini saqlab qoladi. Hukmdor o‘zining azaliy dushmanlari bilan murosasiz janglar olib boradi va mil. avv. 129-yili hatto Antiox VII ni ham jangda engib chiqadi. Bu orada sharqdan, ya’ni O‘rta Osiyodan yue-chjilarning ko‘chishi natijasida boshqa ko‘chmanchilar ham Parfiya nazorat qilayotgan Eron hududiga kirib boradilar. Yue-chjilar siquvi ostida ko‘chib kelgan sak qabilalari bilan kurashda Parfiya podsholari Fraat II, Artaban I (mil. avv. 128-123 yy) lar halok bo‘lganlar. Ularning migratsiyasini faqatgina Mitridat II (mil. avv. 123-88 yy) to‘xtatishga muvaffaq bo‘ladi. Mitridat II Kavkazortiga ham yurish qiladi va bu yerdagi bir necha hududlarni o‘ziga bo‘ysundiradi. Mil. avv. 92-yili Mitridat II Rim respublikasi diktatori Sullaga elchilarni yuboradi va Parfiya tashqi siyosatida yangi sahifa ochadi. Natijada Parfiya va Rim munosabatlari tinchlik ruhini o‘zida aks ettira boshlaydi.
Parfiya Rimning sharqqa amalga oshirgan ekspansiyasiga qarshi o‘ziga xos to‘siq vazifasini bajargan edi. Salkam uch asr mobaynida bu ikki davlat o‘rtasidagi qarama-qarshilik o‘ziga xos xususiyatga ega edi. Mingdan ortiq Rim legionerlari Parfiyada asirlikda yuradi. Mil. avv. 53-yili Karra yonidagi jangda (Yuqori Mesopotamiya) rimliklar mag‘lubiyatga uchraydi (20 mingga yaqin askar halok
bo‘ladi). Mil. avv. 52-50 yillarda parfiyaliklar Suriyani egallab olishadi. Mil. avv. 40-yilga kelib, Parfiya suvoriylarini hatto Ierusalim devorlari atrofida ham ko‘rishgan. Shu bilan birga mil. avv. 39-38 yillarda harbiy muvaffaqiyat rimliklar tomonida turgan bo‘lsa, oradan ikki yil o‘tib, rimliklar muvaffaqiyatsizlikka uchray boshladi. Bu yurishga Rimning mashhur lashkarboshisi Mark Antoniy boshchilik qilgan edi. Mazkur vaqtda Parfiyada podsho Fraat IV (mil. avv. 38-2 y) hukmronlik qilgan. Miloddan avvalgi 20 yili podsho Fraat IV Rim bilan diplomatik munosabatlarni tiklab, hatto rimlik asirlarni va legionlar bayroqlarini qaytarib jo‘natgan. Natijada yuz yildan ortiq davr mobaynida ikki davlat o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar kuzatilmaydi. Milodiy 115-yili Rim imperatori Trayan Armaniston va Mesopotamiyani Rim viloyati deb e’lon qiladi. 116-yili Rim imperiyasiga tegishli bo‘lgan Ossuriya viloyati tashkil etiladi. Trayan qo‘shinlari Salavkiyaga kirib keladi, so‘ngra Parfiya poytaxti bo‘lgan Ktesifon shahrini ham egallaydi. U yerda arshakiylarni oltin taxtini qo‘lga kiritgan. Faqatgina imperator Trayanning 117-yilda vafot etishi Rimning keyingi harbiy yurishlariga chek qo‘yadi. 164-yilga kelib, imperator Mark Avreliy davrida rimliklar yana Mesopotamiyaga bostirib kiradi va yurish davomida Salavkiya shahriga o‘t qo‘yadilar. Hatto poytaxt Ktesifon shahri ham talon-taroj etilib, u yerga ham o‘t qo‘yadilar. 198-199-yillarda imperator Septimiy Severning harbiy qo‘shinlari parfiyaliklarni yana bir bor mag‘lubiyatga uchratib, poytaxtdagi podsho xazinasini qo‘lga kiritadi hamda yuz ming kishi asir oladi. 218-yili Parfiya podshosi Artaban V rimliklardan Mesopotamiyani qaytarib oladi. Bu orada Parfiyada ichki nizolar boshlanadi. Ayniqsa, janubda Fors viloyatidan chiqqan sosoniylar sulolasi siyosiy maydonga chiqadi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin