Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə42/53
tarix22.05.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#119611
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53
жахон тарихи

Veda davri


Hind sivilizatsiyasidan bevosita keyingi davrga kelsak, bu davrlar o‘rtasida
185
ming yillik oxiri – I ming yillikning birinchi yarmi oralig‘ida yaratilgan adabiy yodgorliklarga asosan ushbu davr Veda davri deb ataladi. CHunki, vedalar ushbu davrni o‘rganishning asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi. Manbalar toifasining almashinishi, ya’ni arxeologiyadan birdaniga qiyosiy tilshunoslik va mifologiya ma’lumotlariga o‘tish, ikki davr o‘rtasidagi ko‘zga tashlanadigan keskin farqni kuchaytiradi.
Vedalar – oriylarning hind guruhi (hind oriylari - indoariylar) yaratgan muqaddas adabiy yodgorliklaridir. Tili va mifologiyasi bo‘yicha ular Avestoga juda yaqin turadi. “Veda” so‘zining o‘zi ruscha “vedat”, ya’ni “bilish” (bunda gap sirli, muqaddas bilim to‘g‘risida ketmoqda) so‘zi bilan bog‘liq hisoblanadi. Vedalarning to‘rt asosiy to‘plami va ularga qilingan son-sanoqsiz sharhlar matnlari saklanib qolgan bo‘lib, asosiy mazmuni diniy marosimlar bilan bog‘liqdir. SHarhlar keyingi davrlarning Vedalarga asoslangan adabiyotlar tarkibini tashkil qiladi.
Vedalarning eng qadimgisi – Rigveda (asl ma’nosi «madhiyalar vedasi») oriylar xudolariga bag‘ishlangan madhlardan tarkib topgan. Uning asosiy qahramoni – Indra xudosi, u o‘zining asosiy jasoratini sodir etadi: momaqaldiroq singari quroli - vajra bilan shaklsiz va dahshatli, samoviy suvlarni (bu suvlar sigirlar podasiga qiyoslanadi) ushlab turadigan yovuzlik timsoli (iblis) Vritrani sanchib nobud qiladi. Indra g‘alaba qozongandan so‘ng suvlar shiddat bilan oqadi, sigirlar suvloqlar tomon yuguradi. Koinotdagi Tartibsizlik o‘rnini Samoviy Tartib egallaydi - u yangi davr tugaguncha davom etadi, so‘ng yovuzlik timsoli (iblis) baquvvat qo‘lida vajrani ushlab, aravasida eldek uchib borayotgan yorqin xudo tomonidan yana engilishi kerak.
Hind oriylar (indoariylar) buyuk xudolaridan yana donishmand hakam, koinot Haqiqati – Ritaning asrovchisi Varunani ham ko‘rsatib o‘tish kerak.
Veda adabiyotiga binoan, indoariylar yarim ko‘chmanchi turmush kechirganlar, yirik qoramol boqib, ko‘paytirganlar, va yaylovlar qashshoqlanguncha o‘sha joyda qo‘nim topib turganlar. Ularning moddiy turmushi murakkab bo‘lmagan, shuning uchun arxeologlar hozirgacha ular harakat qilgan
joylar izlarini topishga qiynaladilar. Oriylar ijtimoiy munosabatlari patriarxal urf- odatlarga qurilgan edi: Xarappa aholisi madaniyatidan farqli o‘laroq indoariylar xudolarining g‘oyat katta panteonida ayol ilohlar deyarli yo‘q deyish mumkin.
Oriylarning o‘zlari o‘tovlar yoki mustahkam bo‘lmagan kulbalarda yashagani uchun, o‘z xudolariga ham ehromlar qurmaganlar, shuningdek ularning tasviriga – but(sanam) larga ham ega bo‘lmaganlar. CHunonchi Rigveda madhiyalarida xudolarning alohida odamsimon (antropomorf) jihatlari aks ettirilgan, lekin bular sof she’riyatga xos obrazlardir (“Indraning baquvvat qo‘llari”, “quyoshli xudoning tillo sochlari”). Xudolar deyarli mavhum tarzda idrok etilgan. Qurbonliklar olov mehrobida qilingan bo‘lib, xudolar olovga tashlangan go‘sht, yog‘, sut, arpa yoki bug‘doy urug‘lari hidiga to‘yinar ekan.
O‘zlarini oriylar deb nomlagan qabilalar Hind bo‘ylab, tog‘lardan janubroqda tarqaladilar, va quruqlikning asosan g‘arbida jamlanganlar. Aftidan, ular mahalliy aholi bilan aralash nikohlar qilganlar. Hududga kirib kelganidan uch yuz yil keyin oriylar ko‘proq yo‘q bo‘lib ketgan Xarappa sivilizatsiyasi madaniyatiga mos bo‘lgan turmush tarzini tanladilar. Asta-sekin o‘tmish xotiralar yo‘q bo‘lib boradi.
Oriylar o‘z hayotlariga tegishli izlar qoldirmaganlar, lekin mil. avv. 1200 yillar atrofida ular o‘zining yangi, o‘z afsonalariga ega o‘troq xalq sifatidagi timsolini anglab boradilar.
Ularning tilida yozilgan hind matnlar to‘plamlaridan eng qadimiysi “Rigveda”dir. Qadimiy dostonlarning aksariyati singari, u ham gulxan yoki o‘choq atrofida o‘tirib so‘zlab beriladigan og‘zaki shaklidan ancha keyin yozib olingan, shunga qaramasdan ushbu she’rlar oriylar o‘zlari uchun qurgan dunyosiga nazar tashlash imkonini beradi..
“Rigvedaning” keyingi nusxalari paydo bo‘lishi davriga kelib oriylarning kohinlari xudolar bilan muloqot qilish bo‘yicha mutaxassis bo‘libgina qolmay, balki nasldan naslga o‘tadigan mutaxassislar sinfiga aylandilar. Kohinlarning o‘g‘illari qohin bo‘ladilar va boshqa kohinlar qizlariga uylanadilar. “Rigveda”
madhiyalari oriylarning ilk bor yozib olingan matnlari edi, qohinlari esa – ularning haqiqiy ilk aslzodalari bo‘lgan.
Hind xudolari bu — tabiat xudolaridir, og‘ir sharoitlarda yashagan yoki jo‘shqin daryolar bo‘yida hayot kechirayotgan barcha xalqlarning xudolari shunday tabiat xudolari bo‘lgan: Varuna – osmon xudosi; Ratri – qorong‘ulik ruhi; Agni – olov xudosi; Parjana – “daraxtlarni sindiruvchi” hamda sigirlar, otlar va odamlarga suv quyuvchi yomg‘ir xudosi; Mitra - quyosh xudosi va Indra – tartibsizlikni tinchlantiruvchi va xudolar panteonidagi bosh xudo, u “qimirlab turgan yerni mustahkam qiluvchi, tog‘lar tebranganda, ularni tinchlantiruvchi... u otlar, qishloqlar va barcha harbiy aravalarni idora qiluvchisidir”.
Chamasi, “Rigvedaning” ilk madhiyalari davri nafaqat kohinlar sinfi, balki jangchi-aslzodalar sinfining, shuningdek, hukumat tepasida turuvchi va hokimiyatni otadan o‘g‘ilga beruvchi yuqori tabaqalarning shakllanish davri bo‘lgan. Lekin bundan ortiq bir narsa deyish qiyin, chunki hali ushbu kohinlar va lashkarboshilar ismlari keltirilmaydi.
Jamiyatda Braxman bir qator ustunliklarga (imtiyoz) ega bo‘lgan. Unga hech kim zulm o‘tkazmasligi, tahqirlashi va unga jismoniy jazo berilishi mumkin emas; aks holda qilingan qurbonlik befoyda bo‘ladi, xudolar uni qabul qilmaydilar. Bundan tashqari, braxmanni xafa qilish xavfli, chunki jahl ustida butun dunyoni yondirib yuborishi mumkin. Braxmanlar bilimlari avloddan avlodga uzatilgan, buni muqaddas matn voqif bo‘lmagan kishilar qo‘liga tushmasligi va harom qilinmasligi maqsadida og‘zaki shaklda amalga oshirganlar. Olim-braxman atrofida doim shogirdlar bo‘ladi, ular balog‘atga yetguncha uning uyida yashaydilar, ustoz-gurusiga xizmat qiladilar va undan matnlar ulkan hajmini o‘rganadilar, yod oladilar (ushbu Veda yodgorliklari bosma shaklda nashr qilinganda, minglab betlarni tashkil qiladi). Bunda Vedalar yaratilgan davrda va keyingi davrlarda yaratilgan va yod olinishi lozim bo‘lgan matnlar tili o‘ziga xos, “soflangan” til (sanskrit) edi. Uni o‘zgartirish mumkin emas edi, shuning uchun aholi foydalangan jonli, so‘zlashuv tillardan tobora farq qilib borardi.
Braxmanlardan keyingi ikkinchi yopiq va nasldan naslga o‘tadigan guruhni (hindlar bunday guruhlarni “varna” deb nomlaganlar) kshatriylar – qabila to‘ralari (knyaz) va ular atrofidagi zodagonlar tashkil qilgan. Keyingi Veda davri uchun shon-sharaf katta ahamiyat kasb etgan. Qabila boshliqlari o‘z qo‘shini bilan doimo qo‘shnilariga hujum qilganlar. Biroq ular qo‘lga kiritilgan o‘ljani yig‘ib o‘tirmay, bir necha kun davom etadigan qurbonliklar va quyuq ziyofatlarga sarflaganlar. Shu yo‘sinda qabila boshlig‘i-podshoning shon-sharafi ortib borgan: uning tarafdorlari ko‘payib borgan, atrofida yig‘ilgan, va u yana o‘lja uchun yo‘lga chiqardi. Uning tub maqsadi jannat saodatining garovi bo‘lgan “koinotni zab etish” edi.
Uchinchi tabaqa-kasta (varna) toifasiga qabila jamoasining to‘la huquqli vakillari – vayshilar kirgan, ular chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan mustaqil uy xo‘jaliklari xo‘jayinlari edi.
Yuqorida keltirilgan uch varna Veda bilan bog‘liq kultda (diniy marosimlarda) ishtirok etish va Veda matnlarini o‘qish huquqiga ega bo‘lganlar. Ular bu huquqqa avvalo nasl-nasabi bo‘yicha ega bo‘lganlar, lekin buning o‘zi etarli emas edi. Olti-yetti yashar o‘g‘il bolalarni otalari guruga olib borganlar, u bag‘ishlash marosimini o‘tkazgan: Veda duolarini o‘qib, elkasiga o‘ziga xos muqaddas bog‘ich (tasma) ilib qo‘yadi. Shu ondan boshlab, bolalar “ikkinchi marta tug‘ilgan” hisoblanar edilar.
Aksincha, to‘rtinchi varna vakillari – shudralar – hech qanday vaziyatda “ikkinchi marta tug‘ilish” marosimidan o‘tishi va Veda kultida ishtirok etishi mumkin emasdi. Barcha begonalar va to‘la huquqli bo‘lmaganlar shudra hisoblangan, ya’ni batrak yoki xizmatkor sifatida boshqalar uchun ishlaganlar, shuningdek, hunarmandlar, chunki hunar xizmat ko‘rsatishning bir ko‘rinishi sifatida ko‘rilgan. Tabaqa-kasta tuzumining shakllanishi, shubhasiz, Hindistonda indoariylar paydo bo‘lishidan oldin boshlangan..



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin