bu xil odamlar xato qilganini anglagach, o'zlari
undan voz kechishadi. Yolg‘on gapirishni shior
qilib olgan, doim yolg'on so‘zlashga odatlangan
odamlarni erkag-u musulmon deb bolmaydi.
Yolg'onchilikni kasb qilgan kishi har qancha
harakat qilsa ham, bir-ikki ishi yurishadi-yu,
uning yolg‘onchiligini xalq bilmay qolsa ham, Al-
loh ogoh bo lib, ко‘rib turadi-ku! Ushbu sifatini
eldan har qancha yashirmasin, yolg'on oxir o‘zini
bir kuni oshkor etadi.
Odamlarni har sohada aldab yurishdan ko‘ra
o‘g‘rilik undan yaxshiroqdir. Har kishi yomon,
yovuz niyat bilan ont ichgan bolsa ham, niyati
o‘g‘irlik bolsa, kaforat bilan daf qilish mumkin.
Kimki o‘z so'zini yolg'onga aylantirgan bolsa,
u qolgan barcha so‘zlarini har qancha rost de-
masin, el uning so'zlari rostligiga hech qachon
ishonmaydi. Uni azobga solgan bu ziyon, zarar
shu darajadaki, hatto kaforat bilan ham undan
ozod bolish ilojsiz.
Dostları ilə paylaş: