Dashtifano son xirom aylasam,
Mulki adam ichra maqom aylasam.
Aylasalar ikki tomondin vafo,
Yetgay ular jonig‘a oncha safo.
Kim sifati sig'magay avroq aro,
Demayin avroqki, ofoq aro.
Ikki vafoliq yor xususida
Eshitishimcha,
shohi komron, to'rt ulus xoni
Amir Temur Ko‘ragon iqlimlarni birin-ketin bosib
olar ekan, Hindiston olkasida qattiq janglar boldi.
Sohibqiron g‘olib kelib, bir necha hududlami fath
etdi va dushmanlar ko'ngliga kuchli dahshat
soldi.
Yovlar kofir bolib, shahanshoh ularning
barchasini qirib tashlashga buyruq berdi. Har
bir askar o‘z xohishicha bosh kesishga kirishdi.
Boshlar sellardagi toshlar kabi hamma yoqni
toldirardi. O'tkir
xanjarlar hamma yoqda bosh
kesishdan bo‘shamasdi. Shu mahal ikki becho-
ra yor qotillarga duch kelishdi. Bir sipoh ular-
dan birining kallasini
tanasidan judo qilmoqchi
boldi. Shohning buyrug'ini bajarmasa, o'zining
oldirilishi aniq-ku! Yonidan xanjarini qhiqarib,
haligi hindning boshini
chopmoqchi bolgan edi,
do'sti boshining yov tig‘i ostida turganini ko'rgan
yoldoshi o‘z boshini ochdi-da, dushman askariga
tutib: «Senga bosh kerak bolsa, uning boshiga
tegmay, mening boshimni kesaqol»,
- deb iltijo
qila boshladi. Sipoh oldingi hindini qoldirib,
keyingisini oldiray deb tig‘ ko‘targan edi, o‘rtog‘i
qotil oyog'iga bosh qo^ib, o‘zini oldirishini tilar-
di. Jahli chiqqan sipoh: «Mayli, ikkalangizning
kallangizni olaman», - deb,
qay biriga xanjar
ko'tarsa, ikkinchisi iztirob chekib faryod urardi.
Ikki do'st o‘z boshlarini oldin kestirish uchun
bir-birlari bilan talashishardi. Shu hoi davom
etar ekan, el orasiga «al-отоп », ya’ni «oldirishni
to‘xtatib, qolganlami omon qoldiringlar»,
degan
elon-buyruq eshitildi. Ikki do‘st bir-birlari uchun
jonlaridan kechishgan edi, shoh ham xalq qoni-
dan kechishga farmon berdi. Ikki jonajon do‘st
o'zlarining chinakam sadoqatlarini namoyon qili-
shib, o‘zlari ham omon qoldilar,
elning hayotini
ham saqlab qoldilar.
Dostları ilə paylaş: