«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Nushiravonning uyalgani haqida hikoya



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Nushiravonning uyalgani haqida hikoya
Nushiravon shahzoda ekanligida bir qizning ishqi 
bilan notavon boldi, g\incha kabi ko‘ngli tola qon 
edi. 0 ‘z yoriga yetishish yolida oglr mehnatlar qilib, 
oxiri uning visoliga muyassar boldi, bir chaman 
ichiga xilvat joy tayyorlatib, gulruh bilan ochiq 
suhbat qilmoqchi boldi. U guluzor ham bunga qar- 
shilik qilmadi. Shoh dilbari tomon qolini uzatgan 
edi, ko'zi bir buta nargizga tushdi, bundan uyalib


ketib, darrov qolini tortib oldi. Sumanbar hayron 
bolib dedi: «Bu xilda qol cho'zmoqning va darrov 
tortib olmoqning sababi nedur?».
Sababini shoh shunday tushuntirdi: «Mening 
bunday harakat qilishimga nargizning shahlo 
ko‘zi sababchidur», - ayni hayo bilan futuvat bu 
ishda uni quwatdan qoldirdi. Ko'zlarini yoshga 
toldirib, o‘rindan turib ketdi, chunki uning bu 
pok niyati Nushiravonga xos bolgan hayo xosi- 
yati ediki, jumlayi olamga uni shoh ayladi, adlini 
olamga panoh ayladi.
Aysh, Navoiy necha dilkash durur,
Lek adab birla hayo xushdurur.
Yettinchi maqolat 
Q AN OAT BOBIDA
Kim uchun qanoat bir fan, odat bolib xizmat 
qilgan ekan, bilingki, boy qilgan ham ana shu qa­
noat bolgan. Oltin-kumushlar-u turli bezaklarni 
boylik deb hisoblamagin, chinakam boylik qanoat 
ganjidir. Agar qolingda qanoat naqdi yo‘q ekan, 
harakat qilgin-u, naqdi qanoat bilan boylik topish- 
ga intilgin. Chunki tama - gadolar ishi, tamagir 
esa gadoning o‘zidir. Shoh tama qilsa, jiglldonga 
aylansa, qanoatli darvesh podshoh bolg4isidir.
Shoh ul emaskim, boshig‘a qo‘ydi toj, 
Shoh ani bilkim, y o ‘q anga ehtiyoj.
Shoh agar ul b o ‘lsaki, muhtojdur,
Harfila muhtojda ham tojdur.


Kim qanoatni hujjat deb bilsa, yaxshi-yomonga 
muhtojligi bolmaydi. Kimki qanoat sari y o l topa 
olsa, bu y o l bilan shoh ham bo la oladi. Mol-u 
dunyo bilan o'zingni boshqalardan yuqori qo'yma, 
qanoat mulki bilan o'zingni mag‘rur tut.
Sahroda suv istagan bir tashna inson uchun 
qolidagi oltun qadahdan ne foyda? Quruq suv- 
ga qattiq nonni to'g'rab yesa, suvni obi hayot-u, 
nonni quyosh deb bilsin.
Birov ziynat uchun oshiga sholg‘om-u sabzi 
o'rniga oltin-u kumush solgan bolsa, suzganda 
oltin-u kumushlar yaraqlab tursa, о‘zing ayt-chi, 
och bir odam uni tanovul qila oladimi? Uni yeyish 
tishlarga qancha ozor bersa, hazm qilish ham 
oshqozonga oson bolarmikan? Hazm bolsa ham, 
insof yuzasidan qarasang, bekorchi sarf bilan 
isrofdan boshqa narsa emas-ku?
Insof eshigini ochib, bu foydasiz dur-u gavharlar- 
ni och-u yalang'ochlar ustidan sochib, ochga 
yemak, yalang'ochga to‘n berib, yuz tilaganga -
ming, bir tilaganga o‘n bersa, o‘zini haqiqiy qone’ 
(qanoatli) inson deb bilsa, Tangri-yu xalq oldida 
ham uzrli boladi-ku!
Ba’zi badavlat kishilar boladiki, o‘zining shunday 
ehsonlaridan ko'ngli tolmaydi. Kiyimi uchun egnida 
palos yo‘g‘-u, elga chiroyli, bezakli liboslar hadya 
qilishni o^laydi. Bu niyatni amalga oshirish uchun 
awal o‘sha halol pulni mehnat chekib topishi kerak.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin