«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Ilmni kim vositayi jo h etar



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Ilmni kim vositayi jo h etar,
0 ‘zini-yu xalqni gumroh etar.
Olim agar jo h uchun о ‘Isa zalil,
Ilmi uning jahlig‘a b o ‘lg‘ay dalil.
Olim ilmga sadoqat bilan xizmat qilishi kerak.
Olim agar qat’i amal aylasa,
Umiga shoyista amal aylasa.
Solmasa ko‘z jifayi dunyi sari,
Boqmasa tuz dunyiyi foniy sari.
Oni sharaf gavharining koni bil,
Gavhar-u kon, har ne desang - oni bil.
Bunday olim atrofini cheksiz gavharlar o'rab 
olgan, o‘zi osmon bolsa, har taraf uning yulduzlari 
bolgan; konidagi gavharlarining barchasi ham pok 
bolgan, yulduzlari ham haroratli, yaltiroq boladi.
Kimga bunday baxt nasib bolib, dunyoga ko‘z 
solmasa, egnidagi kiyimlari yuz yamoq bolsa ham, 
asal solingan idishdan yaxshiroq, mushki-yu no- 
fasi yo‘q bolsa ham, durustroq boladi.
Er kishiga xil’at ila ne sharaf,
Durga ne nuqson yiroq o‘lsa sadaf.
Qaysi chibin kisvati zarkordur,
Yeri durur qaydaki murdordur.


Imom Faxr Roziy va Xorazm shohi 
haqida hikoya
T asaw u f olamining eng zabardast allomalari- 
dan bin bolgan olam imomlarining imomi Faxri 
din bir mahal Xorazmga mehmon b olib keldi. 
Shunda Xorazm shohi uni ko'rishga kelmadi. Ilm 
shukuhi bunga ham yo‘l bermadi. Shoh o‘zining 
ushbu qilgan ishidan uyatda edi, lekin imom 
bunga parvo qilmadi. Voqeaning sababi ham 
ochilmaganicha qoldi.
Bir kuni imom hammomda edi, shoh ham noga- 
hon yuvinish uchun kelib qoldi. Bir-birlariga duch 
kelishganda shoh xijolat chekkan holda unga 
savol berdi: «Ey ilming bilan elni bahravor qilgan 
zot! Qiyomat ishidan bir savolimga javob bersang. 
U1 kuni odamlar ne holda boladilar, kishilaming 
ahvoli ne kechadi?». Sohib kamol alloma shunday 
javob qaytardi: «Sening maqsading hashr so‘zini 
eshitishdir. Bu so‘zga shu hammom juda mos 
keladi. Mahshar kuni gado bilan shoh bir xil, bir 
ko‘rinishda, ikkovi ham yalang'och bolib, davlat-u 
mol egalari sening kabi bor-u yo‘g‘i tashqarida 
qoladi. Menga o'xshagan ilm ahli esa yig'ganlari 
o ‘zi bilan hammom ichida ham birga hamroh 
boladi. Sen sulton bolsang ham, yoningda foydali 
biror narsang bolmaydi, lekin menda ilm bilan 
foyda, najot juda ko‘p boladi», - dedi.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin