Ilm, Navoiy, sanga maqsud bit,
Emdiki ilm o ‘ldi, amal aylagil.
0 ‘n ikkinchi maqolat
QALAM VA QALAM AHLI HAQIDA
Bu qanday yoqimli suratki, uni chiroyli qilib,
diqqat bilan kim yaratgan ekan? Uchligi - nozik
ma’nolarni bezatuvchisi, tirnog'i - chizg'ichning
qon tomiri. Qushdek yengil tuzilgan bolib, tum-
shugldan har tomonga ma’no sochiladi. Ovqati
- zulmat, vatani esa nur ustida. Oq sahifalar
ustiga mushk sochadi. Harakatlari tez-u chaqqon,
olchamli, lekin uchish uchun qanoti yo‘q.
Qush dema, aytgil, xush ismi qora ilon, de,
ilon emas, afsungar, nayrangboz ilon, de. Yalti-
roqligi, uchqurligi, qol-oyoqlarining yashirinligi
bu fikrga shohid. Tilini chiqarsa, undan afsunlar
fosh boladi. Bu jahonda kim ilonning afsungar-
ligini ko'ribdi? Ilon dema, pullami asrovchi degin.
Uning idishlarida, kosalarida yuz xil dur-u javohir
yashirin. Ajdar kabi og'zidan tutun chiqarib, tunni
gavhar kabi yoritadi.
Ajdar emas, soglom ajdar, balki Musoning has-
sasi degil. Bolmasa, qanday qilib jahon sehrini,
ma’nolar mulkini-yu bayon sehrini yutdi? Uning
mavjudligiga muncha sharaf mavjud ekan, kotibi
maqbul yoki mardud boladi. Qancha-qancha yax-
shi-yu yomon kotiblar kitob bitishga mayl qiladilar.
A w a l qozixona kotibini kuzataylik. Shar’iy
bolmagan ishlarga rizolik berish uning ishi. Ado-
latli shohid unga yolg‘onchi guvoh, tuhmat qilish
uchun pul olgan guvoh. Nohaq narsani uzundan
uzoq qilib yozib, qog'oz yuzini ham o‘z yuzidek
qora qilib, barcha xiyonatni diyonat bilib, bar-
cha diyonatda xiyonat qilib, Iso ham bo^doqlik
uchun pul tolamasa, uning nomiga to'qqiz xotinni
yozib, mahr tolamagani haqida hujjat tilab, o‘z
daftariga bu haqda yozib ham qo'yadi. Kim uning
yozganlariga qalam ursa, o‘z yuzidek nomasini
ham qoraytiradi.
Keyingisi hiylakor muftiy bolib, hiyla, makr va
aldovdan boshqa ishi yo‘q. Ko‘ngliga kelgan har
bir bolmag4ir gapni to‘g‘ri deb kitobiga yozavera-
di. Cho'riga quyosh kiyimini kiydirib, xashanga
Hasan kiyimini kiydirishga usta. Behuda navo-
lar ichiga zahr qo'shib, sham tubiga quyoshni
yashirib tashlay oladi.
Xohlasa Amr va Zayd haqida o‘zaro maktub
yozib, yo‘q narsalami yozib tashlaydi-yu, «Vallohu
alam » deb Haq nomini ham kiritishdan qo'rqmay
maktub «yaratadi». Safhasi shabiston kabi oras-
ta, muhrlari betartib. Diqqat qilgan kishi har gul
ichida yuz tikan topadi. Har bir so‘zida qator-qator
xatolar topadi. Bunday maktublarni yozadigan
kotiblar bo^nini qalamdek uzish kerak.
Yana biri olimi devon - devon amaldori bolgan
kotibdir. Dev aning ishlarini ko'rib hayratda
qoladi. Falak unga amaldor nomini bergan, shu
dordan bahra olsin degandek. U bu amal bila jomi
may ichib, hokim kabi mulkni g‘orat etib yuradi.
Kosib-u dehqonga ham zulm qiladi, kosib-u
dehqon nim a b o lib d i, sultonga ham. Qaysi
viloyatga borsa, odamlarning haram-u bog'ida
bazm aylab, uy egasidan aw al toza may talab qila
di. Uy egasining ahvolini buzgach, shohid uchun
uning xotinini ham chiqarib ynboradi.
Omboridagi ekishga moljallab qo'yilgan arpasi-
ni oti yeb, tovuqlarini suruk toti yeb, o‘sha uyga
balo kirgandek boladi, balo emas, xuddi vabo
tushgandek boladi.
Kentning bir-ikki yordamchilari, zulmda bu xo-
ja-yu, ular pahlavon bolishib, do‘stiga shoh moUni
oltini-bir oltinga sotib, sarxat - ro'yxat tuzishib,
tovon solishib, bir raqamga besh-o‘n raqamni
qo'shishib, sitam qiluvchi obod-u, sitam chekkan
barbod bolib, o‘z xatidagi varaqdek osilsin.
Yuqoridagilarni rad qilsak, yaxshilari ham bor.
Aw alo, munshiy bolib, goh ruq’a, goh nishon
yozish bilan shug'ullanishadi. Maktubidan firoq
asiri shod boladi, nomasi ruq’asidan ham yax-
shiroq.
Nomasidan bulbul gul sahifasidan rohat ol-
gandek huzur qilasan. Hajr qaro shomida subhi
najot bolib, furqat zulmatida obi hayot - hayot
suvi bolib tuyiladi bu maktublar. Bu xatlaming
nishoni o‘zi yaxshi xabardek boladi, yozilgan ichi-
dagi xatlari esa zavqdan nishon beradi.
Zulm haqida mazlumga xatti omon, ya’ni ozod-
lik xatidan zomin koVgan zamon vahmga tushadi.
Foyda berishda porloq nurli quyosh shaklini es-
latadi.
Agar bunday munshiylar kitob bitsalar, nazm
bilan nasr durri xushob, ya’ni hidli dur bolib,
safhalari har biri gulzordek, jadvali atrofidagi
devordek chiqadiki, satrlar unda gul-u sarvi su-
man, har ikki satr o‘rtasi esa dilkash chamanga
o'xshaydi. Baytlari xuddi baytulharamdek, chiroyi
esa savodi Eramdek tuyiladi. Bunday munshiylar-
ni - xat bituvchilarni xato qilishdan Haqning o‘zi
asrasin.
|