Tort, Navoiy, bu jahondin ilik,
Qaysi jahon, javhari jondin ilik.
0 ‘n beshinchi maqolat
JAHL MAYI HAQIDA
Xursandchiliging jomga hamrohlik, jahl xumori
tufayli ishing doimo mastlik bolgan odam! Sening
doim iy ayshing kamayishni bilmaydi. Sening
muroding doimo jaholat jomi. May idishi sening
ichingga boda lazzatini quyishi bilan o‘sha lazzat
ko'nglingga g‘avg‘o soladi. Boda joningga g4irur
hissiyotini urib, o‘zingdan boshqa har qanday
fikrni yo‘q qilib tashlaydi. Olm ak g‘ami motami
ham, paymonang tolishining g‘ami ham qolmaydi.
Ajal nazoratchisi yetib kelsa, nima qilasan, undan
qutulish uchun ne chora topasan?
Muhtasib - nazoratchi jafo toshini bu kunga
qarab ursa, har bir porasini parcha-parcha qilib
tashlasa, jismingni boshdan oyoglnggacha dog‘
ustiga dog‘ o‘rtab, mayingni qaro tuproqqa toTdb
tashlasa, nima qila olasan?
Safoling zarfi - idishingni ushatgandek, maying
lalini yer qonidek qilsa, buki bilimsizlik mayini
behisob ichasan, bu senga bir kuni ehtisob qi-
linsa-chi?
Sening mastliging necha oy-u necha yildan beri
davom etyapti, oy bilan yil mastligingdin ayil!
Mastning bori muhmal - tuturiqsiz boladi,
ko‘chaning bolalariga masxara, kulgi boladi. Mast
odam ko‘chaning boshidan jinninamo yurib kelar-
kan, bolalar har tarafdan uni toshbo‘ron qiladilar.
U toVganicha ichib olib, mayxonadan ko‘cha-
ga mast bolib chiqar ekan, manglayi devorlarga
urilib qon bolib, boshidagi sallasi chuvalib, har
yoqqa yoyilib, elga quturgan itga o'xshab hamla
qilib, qaysi yomon it, qopag'on itdek har odamga
tashlanib, jismini mastlik holati, har sari qadam
qo^sa, o‘sha tomonga yana bir qadam tashlasa,
seining yerdagi kolm ak suvini ichib, sharob xayol
qilib shimirsa, soy toshini ко‘rib qolib, qizil gul-
dek hidlab rohatlansa, olam gul-u toshi ko'ziga
uchraganda esa ularni bir yon otib yubormoqqa
madori ham qolmagan bolsa, uning beso'naqay
otgan toshlaridan bolalar goh tarqab qochishib,
goh unga o'xshash mast-mast o'ynashib yiqilishsa,
yiqilib, goh turib, may uning holini behol qilib,
soqolini iflos qilib, qusqi soqolini necha bor порок
etib, it yalab-yalab tozalab qo'yadi. Mastlik uyqusi
kuchayib ko'chada uxlab qoladi-da, boshidagi
sallasini ham, belidagi pulini ham topolmay,
to'nini yana bir bor qaroqchi olib ketib, xuddi
olikdan kafanni sug4irib olganday qilishadi. Qin
qolibdi-yu, qolidagi pichog'ini olib ketishibdi. Ko-
vushning ham biri qolib, birini yo‘q qilishibdi. To‘n
etagi balchiq bolib, oldi hoi, oldi hol-u, ammo
uning oldida kol.
Uyini topishga har qancha harakat qilsa ham,
uzun ко‘chadan uni har qancha izlamasin - to-
polmasdi. Butun a’zoyi badani titroqqa zo‘rg‘a
chidar, og‘zi esa ajab bemaza ta’m berardi. Har
qancha qidirib o‘z uyini izlab topolmadi. To'nini
faqat o‘g‘ri yechib olgan bolmay, qolganini asas
- tungi soqchi olgan edi.
Bu bechora mastning ahvoli yarasini tuza-
tish uchun o‘q zaxm ini o ‘zi yorib ochayotgan
odamning holini eslatardi. Boshi aylanib gan-
diraklar, hushi ozib behuzurlikdan azoblanar,
qulog'ining osti - banogo'shi ham yashinib, egni
ichiga kirib ketgandi. Har sari shu xildagi holat,
shu shakl uning andomini tashkil qilgandi.
0 ‘zining holatidan xijolatlik ustiga mastlik be-
holligi hamda maxmurlik, yana ichkilikka tashna-
lik qiynardi uni. Xumor dema, uni yuz balo degil.
Bu balolar yog'ilib, joniga yuz bedod solgandi.
Ko‘rki, bilib turib shu ahvolga tushdi bu odam,
ko‘rki, qancha alam solyapti o‘z joniga. Ko'rki, o‘z
qoniga ham kirish, qonini ham buzish bilan birga
o‘z joniga zulm qilmoqda.
Buni ham qoyavering-u, borgan sari o‘z obro'si-
dan ajralib, e’tiborsizlikda qolib, yalqov, daydilik
kasaliga ham mubtalo bolyapti. Bu malomatlarga
zarracha parvosi yo‘q, o'zining beta’sir qilmishlari-
dan aslo xijolat chekmaydi. Shuncha qabohatlari,
bir-biridan xunuk, yaramas ishlaridan uyalish, or
qilish kerakligini anglamaydi.
Qarigan kampir qanchalar xunuk bolmasin,
uning ko'ziga jannat huri bolib ko‘rinadi. О jar bir
shoir qayerda nima desa, buning oldida qanday
bema’ni bir so'zni vaysayotgan bolsa ham, uning
uchun sehrli bir asar. Itki qozon oshiga til tekizdimi,
yuzi qarolik bilan har yerda yuzi qizil-da!
El-ulus qatliga jallod bolgan inson o‘glini oldir-
sa ham xursand bolaveradi. Ko‘mir sochishni
hunar qilib olgan kimsa yuzining qora bolishi-
dan uyaladimi? Boyqush obod yerda har qancha
nahsli ko'ringani bilan vayrona ichida tovusdek
go'zal ko‘rinishi shubhasiz.
May tanni vayron aylasa, ajablanarli joyi bormi?
Sel uyni xarob aylashi ayon-ku. Sel uyni itqitib,
elni selga giriftor qiladi, balo seli esa har qanday
uyni vayron qilmay iloji yo‘q.
Dostları ilə paylaş: |