у
surar
ekan, barcha yaqinlarini to‘plab, jang natijalari
haqida fikr yuritishdi. Qabila boshligl so‘zni qisqa
qilib shunday dedi:
«Agar qo‘shinimiz qochib, Nafval urushda g'olib
keladigan bolsa, Laylini asira qilib o‘z maqsadiga
erishmoqchi bolsa, obro'yimiz yer bilan yakson
boladi, arablar orasida bosh ko'tarib yurolmay-
digan bolib qolamiz. Bunday holat yuz beradigan
bolsa, men bir fikrni ma’qul ko‘ryapman: erta
ga tongda Laylini chaqirtirib, oldiraman, qaddi
niholini tuproqqa ko'mib, hilol qoshlarni yerga
topshiraman. Garchi u ko'zimning nuri bolsa
ham, ofat shamolidan chiroglm о‘chib, boglmni
kuz quritsa, dushman o‘z maqsadiga erishib, no-
mus menga harom boladi». Bu so‘zni eshitganlar
Laylining otasi fikrini ma’qullab tahsin aytdilar,
xursand boldilar.
Ertaga boladigan jangda Nafvalning g'alaba qo-
zonishi shubhasiz bolib, sipohlarining ruhlari ba
land edi. Lekin Majnunning ahvoli o'zgacha bolib,
goh zavqlanar, gohida azob chekardi. Yori visoli
haqida o“ylar ekan, ko'ngli umid bilan shodlanar,
ammo yorining qabiladoshlari maglub bo'layot-
ganlarini ко‘rib ich-ichidan azoblanardi. Shunday
qayg4i chekar ekan, uning ko'zi uyquga ketdi-yu,
bir tush ko‘rdi.
Go‘zal dildori chiroyli kiyingan holda gulshan-
ga qadam ranjida qilib, Majnun oldiga keldi va
oyog'ini o'pdi, so‘ng qollarini uning botyniga tash-
lab dedi: «Ey rafiqi jonim, otam el bilan kengashib
ertaga meni oldirib, qonim bilan yerni bo'yamoq-
chi. Ishqing yolida halok bolmoq mening orzum
edi, davron bu murodimga yetkazdi. Endi sen
yaxshi qol-u omon bol!». Layli shu so‘zlarni aytib,
sevgilisi bilan vidolashdi.
Bu tushni ko'rgan Majnun: «Voy!» - deb qichqir-
gancha seskanib uyg‘ondi. Uning qichqirigini eshit
gan barcha odamlar ko'zidan uyqu qochib: «Nima
bu?» - deb hayron bolishdi. Majnun motamzada-
lardek о‘kirib, ko‘z yoshi to'kib, Nafval tomon yugur-
di. Uning oldiga yetib borgach, yer o^di-da, shunday
dedi: «Ey raqiblar ustidan g‘olib bolgan yuksak
martaba sohibi! Tangri haqi, endi tig‘ chekmagil,
urushni to'xtat, chunki sening tiging ko'ngillarni
chok qilyapti. Ertaga jangni davom ettirib, hayotim
ipini uzmagin.
0
‘ch olish yoyini qolingdan tashla,
toki mening jonimga o‘q tegmasin!».
Nafval hayron bolib, Majnunning bezovtalik
sababini surishtirdi.
0
‘z tushining mazmunini ayt-
ganida, Nafval mahzun bolib: «Majnunning tushi
haqiqatan ham yuz berishi mumkin», - degan xayol-
ga bordi. Erta tongda bu xabar barcha lashkarlarga
ham ma’qul bolib, ular Nafval chodiri oldiga kelib,
Layliga ofat yetkizmaslikni iltijo qila boshlashdi.
Majnun bolsa yana dasht tomon jo‘nadi.
Nafval lashkarini o‘z qabilasi tomon olib ket-
gach, Layli qabilasi ahli oyianib qolishdi. Chun
ki dushman qo'shinining g‘alaba qilishi yaqin
bolgani holda jang maydonini tashlab ketishi sa-
babini bilolmay taajjubda edilar. Shuning uchun
«Nafval hiyla qilayotgan bolishi kerak. Balki bizni
aldab turib hujum qilib qolar», - deb xafvsiradilar-
da, karvon haj tomon y o l olganidek, u dashtdan
tezlik bilan ко‘chib ketdilar va boshqa bir joyni
o‘zlariga manzil qilib tanladilar.
Majnun o'ziga tanish dasht tomon borar ekan,
nogoh unga hayotdan ozor chekkan dardli bir
odam yoliqdi. U g‘amga mubtalo bolgan bu kim-
sani ко‘rib yuragi ezilib ketdi-da, so'radi: «Falak
boshingga ne alamlar soldi? Ne uchun ko'ngling
men kabi iztirobda, Tangri uchun ayt, nima seni
shunchalik ranjitdi?» U kishi oh chekib javob ber
di: «Ey mard yigit, men arablar ichidagi baxtiqaro,
xoksor bir insonman. Yashash uchun gadolik
qilib yuraman. Layli qabilasi mening panohim, u
yerning tuprogl esa mening suyanchiglm. Qabi-
la ahli meni «Zayd» deb chaqiradilar. Qabiladagi
bir ayol meni o‘ziga band etgandi. Jafokor Nafval
Majnunga yordam berish uchun urush boshlag-
anda, hech qaysi tomon zafar qozonmay turib,
nimagadir o‘z diyoriga qaytib ketdi. Laylining
qabiladoshlari uning bu ishini hiyla deb о У lab,
bir yerga yashirindilar, kecha qop-qorongl edi,
men adashib u qabila turgan yerdan uzoqlashib
ketibman. Quyosh endigina ko'tarilgan vaqtda
tuya mingan ikki kishi yolimni to'sishdi. Nafval
o‘z lashkarlarini uylariga tarqatib yuborganida, bu
ikki odam ham manzili tomon yol olgan ekan. Ular
mening hamma yog‘imni tintib, ikki-uch diram
pulimni, yana boshqa ashyolarimni tortib olish-
di-da, bu bilan kifoyalanmay: «Pullaringni qayerga
ko'mgansan, ayt!» - deb urib, badanimni ilma-te-
shik qilib tashlashdi. Ular hech nima topolmay,
otib ketishgach, men fursatni qoldan boy bermay,
shu tomonga qarab yugurdim va ko'p otmay senga
duch keldim. Sen ham ularning sherigi bolsang,
sahroda odamlami talovchilardan bolsang, kiss-
amda pulim yo‘q, kerak bolsa, jonimnigina olishing
mumkin», - dedi. Majnun uning hikoyasini eshitib,
otidan tushdi va u odamni quchoqladi-da, yiglab
turib shunday dedi: «Ey yarador do'stim, senga
ruhimni fido qilsam arziydi. Jonim badaning shifosi,
boshim qadaming fidosi bolsin. Nafval sipohlari
qilgan barcha ishlarga asosiy sababchi Majnun
bolgan bolsa, o‘sha baxti qaro Majnun menman.
Qolingga xanjar olgin-da, kotigling tilagan ishni
qil. Xohlasang, jismimni istaganingcha tilgin,
xohlasang, ko'nglimni pora-pora qilgin. Agar
oldirishni istamasang, yo'qotgan puling otniga
otimni, boshqa ashyolaring uchun esa kiyimlarimni
olgirn, - dedi va ustidagi kiyimlarini yechib, uning
oldiga qoydi. Shuningdek, otini, qalqon-u qilichi,
o‘qi va yoyini unga tutdi. Shunday saxiyliklar qil-
gach, oyoglni o'pib, kechirim so‘rab dedi:
«Agar Layli qabilasiga yetib borsang, unga
mening salomimni yetkaz va mana bu so'zlarim-
ni ham unga aytib qo^: men uning oldida ko*p
xijolatdaman, holatim shu darajadaki, uni so‘z
bilan ifoda qilib bolmaydi. Iltimosim shuki, yorim
qabilasiga yetib borsang, uning ahlidan ayrilma,
qayerga borsalar, orqalaridan qolma. Yuzingni
o‘sha makondan, boshingni o‘sha ostonadan
olma». Zayd bu so'zlami tinglar ekan, unga hayrat
bilan boqib turardi. Uning kimligini bilib, so‘zlari-
ni eshitgach, yer o'pib, hurmatini ifoda qildi-da,
dedi: «Sen sevgan u go‘zal sening g'aming bilan
yashaydi, og'zida hamisha sening so'zlaring,
ko‘nglida esa sening xayoling. Agar ruxsat ber-
sang-u, sendan unga xabar yetkazsam, unga bu
jonidan ortiq xushxabar bolar edi. Menga nimani
munosib ko'rsang, u ikki marta ko'proq in’om
qilardi. Hamma so'zlaringni men ungayetkazaman
va buyursa, javobini keltiraman. Shunda ikki va-
fodor maqsadlariga yetadilar, o'rtada menga ham
foydasi tegadi».
Majnun dedi: «Ey do'sti hamdamim, jonbaxsh
so'zlaring yaramga malham boldi. Yorim hajri
tilimni lol etgani uchun so‘z aytish menga qiyin
bolyapti. Sen hamma dardimdan ogoh bolding,
ahvolimni ko'rding, otimni ham bilib olding. Sen
menga do'stlik qilaman desang, unga nima deyishni
о‘zing bilasan. Vafo odati shioring bolsin, endi
boraqol, Tangri yoring bolsin».
Zayd otga mindi-da, Layli qabilasi tomon yol
oldi. Majnun ham tez-tez yurib, Layli qabilasi
ко‘chib ketgan manzil tomon yurib ketdi.
Majnun Layli qabilasi ko'chgan yerga yetishgach,
U yemi takror-takror aylanib chiqar ekan, aqli ham,
hushi ham o'zida emasdi. Barcha bu manzilni tark
etgan bolib, uylaming o‘migina ko'zga tashlanib
turar, har bir uy nishoniga nazari tushgan yigit yuzi
bilan har qaysi ostonani supurib borardi. Aylanib
yurar ekan, ko‘zi Layli uyi nishoniga tushdi-yu,
ko*ngliga ot tutashib, joni mulkini vayron qildi. Jismi
o‘rtanib, ko'ngliga iztirob tushdi. Tashlab ketilgan
bu makon yorining yashash joyi ekani, bu yerning
tuprogi uning joniga vatan bolganini eslar ekan,
dilbarining isi dimogiga orom bergandek, muhabbat
dogl yangilangandek boldi.
Bir dam kolcsidagi ishq o‘ti taskin topgach, u
yana o‘rnidan turib manzilni qadamba-qadam
keza boshladi, har bir qadamda yuzini yerga qoyib
sajda qilardi.
Oh urib har yonga yugurar ekan, nogoh bir
qo‘tir itni ko'rdi. Uning etlari suyaklariga yopishib
ketgan, a’zosining u yer, bu yeridagina bir necha
tuk qolgan, ular ham jismiga oglrlik qilayotgandek
edi. Tanasi yaralarga tola bolib, ular qurtlarga
serob edi. Jismidagi yaralarga qo'ngan ko'plab
qushlarnigina emas, pashshalarni quvishga ham
madori qolmagandi. Majnun bu itning bir vaqtlar
mana shu hovlida posbonlik qilib, hatto, sher-u
yolbarslar, qoplon-u bo'rilar yuragiga ham vahi-
ma solganini eslab, hozirgi ahvoliga achinib ketdi.
Ojiz bu bechoraga hujum qilayotgan qushlarni
o‘z faryodi bilan qo‘rqitib uchirib yubordi. Keyin
uning oldiga keldi-da, yaralarini qondan tozalab,
koyiagini yirtib bogladi. So‘ng itga qarab: «Yo Rab,
g‘amlaringga falak salomatlik baglshlab dard-u
azoblaring daf bolsin. Oldingidan ham quwat-
liroq, soglomroq bolgin. Yana baxt hamdam
bolsa, yana yorim eshigiga mahramlik qilsang,
meni o'zingga yot bilmay, men xastani ham unut-
magaysan. Jonimni o'sha tomonga olib borgin-da,
ko'chasining tuprogl ustidan sochgin.
Agar senga tole yor bolib, jononim hovlisini
qo‘riqlashga y o l topsang, biron kishi seni u yer-
dan «chiq» deb haydamasa, engakingni qollaring
ustiga, tumshug'ingni o‘sha eshikka qo“ysang,
men uchun u eshikni yashirincha o‘pgin, toki hech
kishi buni bilmasin».
Majnunning it bilan qilayotgan bu suhbatini
ko‘rgan ba’zi o‘tkinchilar uni tanishib, ko‘ngillari
buzilib zor yiglar, tanimagan odamlar xayol su-
rib, ahvoliga achinishar edi. Ko'ngli buzilgan bir
kishi unga murojaat qilib: «Ey ishq o‘ti ichra cho‘g‘
bolgan, cho‘g‘ emas, samandar bolgan yigit, seni
farishta deb aytsalar ajab emas. Chunki sening
sifatlaring farishtaga o'xshaydi, zoting ham malak
sifatdir. It bilan bunchalik ulfat bolibsan, it bilan
farishta o‘rtasida qanday yaqinlik bor? Qaysi bir
uyda it bolsa, o‘sha uyga farishta tushmaydi-ku.
Ular o'rtasida shunday ziddiyat bor ekan, ikkovin-
gizning bu ulfatchiligingizga qanday sabab bor?»
- deb so‘radi. Majnun yiglab, oh urib, shunday
javob qildi:
«Ey ishqdan ogoh bolmagan inson! Seni ham
farishta desam, aj ablanarli joyi yo ‘q, chunki senga
ishqdan nasiba tegmagan. Mendek odamni farish
ta deb atash aldoqchilikdir, chunki meni ko'rsa,
dev ham qochib qoladi. Ishq vujudimni shunday
o'rtaganki, butun borliglm nobud bolgan. U o‘tga
diqqat bilan qarasang, badanimni bir to‘da kuldek
ко‘r as an. It shu bir to‘da kul ustida yursa, ajab-
lanarli joyi yo‘q. Chunki har qaysi itga bir yara
chiqsa, shu kul uning taniga rohat beradi. Bu
itning jarohati ko‘p, shuning uchun unga: «Kul
ustidan turib ket!» - deb bolmaydi. Yo‘q, yo‘q, itlik
unda emas, itlik jahonda men bilan tugallangan.
It menmen, xalqqa or menmen. Boshdan oyogl
yarali - menmen. Bu yaralarimga shu it malham
bolyapti. Menda yuz tuman jon bolsa ham, uni
yoliga sochgan bolardim».
Shu gaplarini aytar ekan, yana devonaligi
qo‘zg‘ab, dashtdagi vahshiy hayvonlar, kiyik va
quyonlar bilan qilgan xursandchiliklari yodiga
tushdi-da, itning qol-oyoglni o‘pib, biyobon sayri-
ga, o‘z yaqinlari bolgan hayvonlar tomon yol oldi.
Zayd Layli qabilasiga yetib borgach, payt poy-
lab qizga Majnun haqidagi xabami yetkazdi. Layli
uning so‘zlarini eshitgach, joniga o‘t tutashib,
boshidan oshdi. Zaydga yuzlanib, ko'zlaridan
hasrat yoshlarini oqizib: «So'zlaring tanimga jon,
jismimga ruh baglshladi. Sen jonim dardiga mal
ham bolding. Sen odam emas, farishtasan!» - deb,
yonida bor pulni unga tutqazdi-da: «Bir yaxshilik
qilsang, men yozgan maktubni unga yetkazsang
ham javobni olib kelsang». Zayd rozilik bildir-
gach, Layli siyoh-u qalam oldirib kelib tez-tez
maktub yozdi-yu, qabiladoshlari bilib qolishidan
xafvsiragan holda yashirincha Zaydga topshirdi.
U darhol yolga tushib, dashtga yetib bordi-da,
bolgan voqealami so'zlab, o‘zi olib kelgan xatni
Majnunga topshirdi. Uni o‘qigan oshiq yigitning
majoli qolmay, yerga yiqildi. Maktubda shunday
deb yozilgan edi:
Dostları ilə paylaş: |