«Ul qilsa
0
‘g ‘ullug‘um havosi,
B o ‘lg‘aymen-u men dog 4 otosi.
Durrum anga zebi torak o ‘lg‘ay,
Inshoalloh muborak o ‘lg‘ay.
Lekin anga sabr ham kerakdur,
Kim shoxi gulum shikastarakdur.
Ham navras erur bu naxli ummid,
Ya’niki, hilol erur bu xurshid.
Ham tab’ida qolmasun maloli,
Ham sarvg'a yetsun e ’tidoli.
Andin s o ‘ng bu xujasta farzand
Ne komki b o ‘lmish orzumand,
Kelsun dog4 jomi vasl etib no‘sh,
Sarv o clsun-u gul bila hamog‘usYv>, -
deb javob qildi. Barcha mehmonlar shodlanishib
uylariga ravona boldilar.
Bu dam Layli uyda betob yotar ekan, ahvoli
kundan kun zaiflashib borar, lekin yuragidagi
ishq o'tini hech kimga oshkor etmay, bog'ga sayr
qilgani borganida charchab qolganidan behol
bolgani, isitmaga chalinganini o‘z dardiga sabab
qilib ko‘rsatardi. Ko'pchilik qarindosh-u do'stlar
bu so'zlarga ishonardi. Lekin ba’zilar uning be-
morligi boshqa bir yashirin balo ekanini bilishib,
g‘am chekishardi. Qizning zaifligi boisidan yaxshi
xabardor bolgan doya va ba’zi dugonalari Layli
Ibni Salom haqidagi gaplami eshitib qolsa, ahvoli
yanadayomonlashishi mumkinligidan xavotirlani-
shardi. Shuning uchun to y haqidagi gaplarni
undan yashirishar, unga bildirmaslikka harakat
qilishardi.
Bir kuni bir necha qarindosh ayollar uni koVish
uchun kelib, dardini yanada oglrlashtirib ketdilar:
mehmonlardan biri, qari, hushi kirdi-chiqdi bir
kampir qizni xursand qilish maqsadida bolib otgan
so'zlami aytib yubordi: «Ey gul yuzli qizim, aslo g‘am
yema, erta-indin sihhat topganingda baxting ochilib,
barcha murodlaring hosil boladi, sening yoring
boluvchi yigit senga juda munosib. Dugonalaring
hamma yoqda sening baxtingni orzu qilib gapirib
yurishibdi», - deb Laylini quvontirishga intildi. Bu
so'zlami eshitgan bechora qiz ko'ngli buzilib, ahvoli
yomonlashdi-da, hushidan ketib yiqildi.
Bir qancha vaqt behush bolib yotgan Layli o‘zi-
ga keldi-yu, kampirdan eshitgan gaplami xotirla-
di; ahvoli yanada ogirlashib, o'zini olar holatga
yetishgandek sezdi. Shundan keyin doyasiga yu-
zlanib unga yolbordi: «Sendan yashiradigan gapim
yo‘q. Bir so‘zni eshitib, yuragim yonyapti. Bu so‘z
ma’nosi senga ham malum, faqat sen ham bu
gaplami mendan yashiryapsan. Sen bu ishlami
to'xtatishga qodir emasligingni bilaman, shuning
uchun sendan xafa emasman. Faqat bir iltimo-
sim bor: bir dam eshik oldida bolib, huzurimga
hech kimni kiritmay tursang. Ko‘nglim bezovta,
gap-so‘zlarga toqatim yo‘q. Odamlar bir zamon o‘z
holimga qo‘yishsa». Doya qolini ko‘ziga qoydi-da,
tashqariga chiqib eshikni bekitdi va odamlarga:
«Bu uydan nariroq turinglar, Layli uxlayapti», -
deb elon qildi.
Layli uyni xoli ko'rgach, yoqasini yirtib, kolcsiga
urib, timogi bilan badanini yulib, ko'zlaridan qonli
yosh to lab, oh-faryod cheka boshladi.
«Ey zolim falak, nega menga bunchalar ozor
beryapsan? Mening niholim shoxlarini sindirib,
tuproq bilan teng qilding, buning ustiga jafo te-
shasi bilan uni pora-pora qilishing nimasi? Endi
bu nihol parchalarini balo o'txonasiga solishdan
maqsading nima? Men bir yosh nihol bolib, shox-
larimda tikan-u, atrofimda xas-xashaklar yo‘q edi.
Shodiyona shoxlarim gul ochib, har tong boshim
ustida gul sochilardi; barglarimga ofat kuzi ya-
qinlashmasdi. Kimning ko'ksiga tikan qadab,
takabburlik qildimki, niholimni ishq shamoliga
yoliqtirding va sovuq yel bilan uni sindirding. Ishq
uni hammaning oldida parchalagach, hijron qoli-
' ga topshirding-da, boshdan oyoglgacha yaralab,
bolaklarini ham pora-pora qilding. Bu bilan ham
cheklanmay, ularni g‘am do'zaxiga tashlading.
Jonimga bu o‘tdan yetayotgan uchqunlar ofat
chaqmogldir. Ofat o‘tidan menga bir uchqun
tushsa, kul bolishdan boshqa choram qolmaydi.
Bu uchqun jahonga ham tushib yondirib yubora-
di-yu, tutuni osmoni falakkacha borib yetadi. U ot
ichida bu zaif g‘amzada xashak, chumoli kabi ojiz
jismimga do'zax kelib tushsa, ey voh, holi qanday
bolar ekan? Kimdan qasd olish uchun bu xil yurish
qilib, ming chaqmoq bilan qasos olmoqdasan?
Men bu tarzda yuz azob-u mashaqqat asiriman,
bechora zor-u zaifim, ya’ni mening asirim bolgan
yorimning ahvoli nechuk ekan?
Menga bolgan muhabbati shavqi tufayli oh tort-
ganida, bu oh uning somondek ojiz jismini uchirib
ketarmikan? Sochim g'amida azob cheksa, har
lahzada qanchalar jununi, devonaligi kuchayib
ketarkin? Qaddim uchun nola qilganida, fig'oni
qanchalar yuksaklikka ko'tarilar ekan? Faryod
urib yuzimni ko'rishga intilganida, ko‘z yoshlari
qanchagullami sochib tashlar ekan?... Lablarimni
soglnib ko'zidan suv oqizganida, suvdek o'zidan
ketib qolarmikan? Qoshim egikligidan voy tort-
ganida qaddi yoy kabi egilarmikan? Kipriklarim
haqida
o“y
surar ekan, yuzlab tikanlar ichida qol-
gan ko'ngli ne holga tusharkin? Ko'zlarim haqida
oyiaganida, oq bilan qorani ajrata olmay qolar
mikan? Qirg'ovul kabi yurishlarimni eslaganida,
mening tuzoqlarimga asir bolarmikan?
Dostları ilə paylaş: |