«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Shame-yu ne sham, chashmayi nur



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Shame-yu ne sham, chashmayi nur,
Nureki yamon ko‘z olidin dur.
Naxle-yu ne naxl, sarvi ozod,
Sarve-yu, ne sarv rashki shamshod.
Oye-yu ne oy, badri tole’,
Badre-yu ne badr, rnehri lome’.
Shahd ikki labi, vale ratabno‘sh,
Badr ikki yuzi, vale qasabpo‘sh.
Zulfi tunida uzori xurshed.
Xurshed uza zulfi shomi ummed...
...Yo‘q ikki sochi tunig'a g'oyat,
Ya’ni iki layli benihoyat.
Andin bo‘lub oti jilva oroy,
Andoqki barot-u qadr aro oy.
Kimniki b o ‘lub demakka mayli,
Malfuz оЧтау bag'ayri Layli.
Otasi bu go‘zal va dono qizi uchun bir uyni ya- 
satib, unga maktab qilib bergan, hali aytib otgani- 
miz donishmand ustoz unga talim berar, go*yoki 
farishtadan hur ilm kasb etardi. Ushbu maktabda 
qabilaning ko'pgina bolalari ham talim olishardi. 
Osmonni yulduzlar toldirganidek, maktab ham 
bolalar bilan tola bolib, Layli shu yulduzlar orasi- 
dagi oyga o'xshardi.
O'glini o'qitish orzusida bolgan Qaysning ota­
si ham o‘z qabilasida maktab va ustod bolma-


gani tufayli farzandini ushbu ustozga topshirdi. 
Qays g‘ayrat bilan talim olishga kirishib ketdi. 
U muallimning barcha topshiriqlarini tola-tolds 
bajo etar, hatto, ba’zi darslami awaldan o'rganib 
olib, do'stlarini hayratda qoldirardi. Ba’zi kunlarda 
besh-o‘n dars topshiriqlarini o'zlashtirib olardi. 
Shu zaylda g'ayrat bilan o‘qib, barcha bilimlarda 
yagona bolib oldi.
Qays maktabga qatnashni boshlagan vaqtda, 
Layli bir dardga chalinib, isitmadan azoblanib 
kasal yotgani uchun talim olishga kelolmayotgan 
edi. Mizoji issiq bolgan Layli asal bilan xurmoni 
yaxshi ko'rardi. Buning ustiga sahroning issiq 
havosi ham qo'shilib, uning isitmalashiga sabab 
bolgandi. Qizni isitma chog'ida titrash ham qat­
tiq bezovta qilardi. Tabiblaming muolajalari ham 
foyda bermayotgandi. Ancha vaqt o‘tgach, tabi- 
atning o‘zi madadkor boldi-yu, qizning jismidagi 
dard asta chekina boshladi. Tabiblaming dorulari 
oxiri foyda berib, yuzlari, lablariga qizil yugurdi, 
parhezlardan ham qutulib, quwati o‘ziga keldi. 
Tamomila sog'aygach, bir kuni dugonalarini er- 
gashtirib, maktabi tomon y o l oldi.
Olam bezakchisi unga pardoz berib, jahon chiroyi 
bolgan bu husn zebiga yana zeb qo'shdi. Zulfi bilan 
yuzi «had» so‘zini yozgandagi «dol» harfiga, «fam» 
so‘zining nuqtasi esa og'zi ustidagi xolga 
0
‘xshardi. 
Otdan gulistortga gul ochib, u gul bilan jahonga ot 
solgan edi. Farqi oldidagi zulfi anbarga o'xshagan 
qop-qora bolib, gulrang otiga anbar misol qora tu- 
tun sochib turardi. Yuzi ustidagi naqshli tillaqosh 
bu ot bilan tutunning uchqunlari bolib kotinardi. 
Peshonasi ham ot misoli bolib, olovrang labi bu


owning cho'g'i edi. Hindularga o'xshash qop-qoraxoli 
labining oti ichiga suv yashirgan bolib, bu hayot 
suvi edi. Bu lab otidan jahon kuygudek, yo‘q-yo‘q 
jahongina emas, jon kuygudek ko'rinardi. Otli ikki 
ko‘zi surmalangan bolib, o‘sha otlarga bu surma- 
dan tutun taralib turar, bu otlar orasida yuzi g‘arq 
bolib, jahonni o'rtaydigan chaqmoq misoli edi. Bu 
yuz oddiy chaqmoq emas, balki ofat chaqmogl yoki 
latofat yashini edi.
Yuzi atrofidagi ikki gavhar go У о oy bilan yul- 
duzdek yarqirab turar, sochi ustidagi ro'moli 
noyob iplardan to'qilgan bolib, xuddi visol shomi- 
dagi oydinning o‘zi edi. Husnda oyogldan boshi- 
gacha go'zal bolib, boshdan oyoglgacha mahbub, 
suyukli edi. Shunday jamoli bilan jahonga, sakkiz 
osmonga g‘avg‘o solib, bir nechta teng qomatli, 
gul yuzli, argtivon yanoqli kanizlari oldiga tushib 
maktabga yetib keldi. Hamdarslarini ко‘rib ko'ngli- 
ni shodlantirish, uni ко‘rib xursand bolgan ustoz 
bolalami ozod qilib yuborsa, qizlar bilan gulshanga 
borib oynab kulish uning muddaosi edi. Maktabga 
kirib kelgan go‘zal Laylini hurmat bilan kutib olgan 
do‘stlari nihoyatda shodlanishdi. Lekin bu hayot- 
baxsh bahor bir niholni xazon qildi. Yo‘q, yo‘q, u 
niholga boshdan oyoq o‘t tutashdi-улд, u o'tga, 
alangaga aylandi. Ya’ni qizning husni jamolini 
ko'rgan Qaysning chehrasi kahrabodek sarg'ayib 
jismi zaiflashdi-jna, hushidan ketish, yiqilish da- 
rajasiga yetdi. U yerga qulab tushmaslik uchun 
o‘zini zo‘rg‘a tutib turardi. Sohibjamol go'zal qiz 
ham bu mahzun yigitni ko'rgach, uning kim ekan- 
ligini fahmladi-yu, joniga ishq o4i tushib, nima 
qilishini bilmay qoldi, so'ng o‘zini qolga oldi-da,


ikkovlarining sirlari oshkor bolmasligi uchun: 
«Yuringlar, bog‘ga boramiz», - dedi-yu tez-tez yu­
rib ketdi. Bolalar uning bu so'zlaridarr xursand 
bolib, unga ergashishdi. Layli: «Kim maktab ahli 
bolsa, bir kungina dashtni tark aylab, bog'da 
gullar bilan gasht qilsin», - deb taklif qilgan edi, 
maktabdoshlar quvonchi ustiga quvonch qo‘shildi. 
Bolgan voqealami ко‘rib turgan Qays ham ularga 
sheriklik qilishni lozim ko‘rib, bog‘ tomon y o l oldi.
Go‘zal gulshanga yetib kelgan bolalar quvonishib 
rang-barang gullardan, maysa-yu rayhonlardan 
bahra olishib, bir-birlari bilan quvalashib shodla- 
nishardi. Olam xuddi toti bolishni orzu etgandek
butun yer yuzini yashil rangga boyagan, sariq gullar 
ustidagi tonggi yomglr misli oltin laganlar ustidagi 
durlardek yaltirar, mevali daraxtlami bezagan oppoq 
gullar kumush tangalar ichiga ko‘milgandek koVinishar- 
di. Dashtdagi lolaqizg‘aldoqlaming barglari toldlar 
ekan, ular shamol esgan payt xuddi uchib yurgan 
bag'ri qora qushlardek parvoz etar, nargis-u nas- 
rin, binafsha-yu g\inchalar bog'ga ajib bir go‘zal- 
lik bagishlagandi. Gulshanni kezib, turli oyinlar 
bilan band bolgan bolalaming quvonchlari behad 
bolib, sho'x ovozlariyangrashdan to‘xtamasdi. Ular 
g'unchalar orasida zavqlanishar ekan, Qays bilan 
Laylining g4inchadek yuraklari bezovta edi. Qalbini 
ishq oti band etgan go'zal qizning xayoli parishon 
bolsa, Qays aql-u hushidan ayrilgandek behol bolib, 
o‘rtoqlarining bergan savollarini tushunmas, anglab 
yetgan chog‘da esa nima deb javob berishga ojizlik 
qilardi. 
0
‘z ishqini yashirish uchun intilar ekan, goh 
ko‘zidan tinmay yosh oqizar, goh beixtiyor oh tortar, 
sevgilisiga boqishni istar ekan, dilidagi o“t kuchliroq


alangalanar, boqishga quwati, boqmaslikka esa 
toqati yo‘q edi. Ba’zida ko‘z qiri bilan boqib qolsa, 
jonidan otli oh chiqardi.
Layli ham gohida Qays yuziga nazora qilar ekan, 
uning yuragiga tushgan o‘tdan ogoh bolib, jisrni- 
dan o'rin olgan iztiroblarini anglab ye tar ekan
o‘z qalbidagi ishq olovidan o'rtanar, bolalarga 
sezdirmay, bir fursat topib, yigit ahvolini so'rab, 
unga iltifot qilishni, ayni vaqtda o‘z ko'nglidagi ishq 
dardini izhor etishni juda-juda istardi.
Bolalar oyin-kulgi, gullami tomosha qilish bilan 
band ekan, Layli sayr qilib yurib, bir gul chamani 
oldidan chiqib qoldi.
U chamanzorning toVt tomoni gul butalari bilan 
to'silgan bolib, ichkaridagi odam ko'rinmasdi. Go‘zal 
qiz o‘sha butalar orasiga kirib qolgan edi, bir bulbuli 
zoming tikanlar orasida mahzun otirganini, o‘z ah- 
voliga zor yiglatayotganini, yoriga yetisha olmasligi 
haqida afsus-nadomat chekayotganini koVdi. Layli 
xijolat cheksa ham, Qaysga murojaat etdi:

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin