K o ‘k gulshani gullari to'kildi,
Gullarki toekildi, g ‘uncha kuldi.
K o‘k bog‘ida gullar о ‘Idi nobud,
Yer bogHda gullar o4di mavjud.
Ul bog‘da har nekim sochildi,
G o‘yoki bu bog‘ aro ochildi.
Bedil ko‘ribon yorug‘ jahonni,
Chekti yana oh ila fLg‘onni.
Boshida g‘am chekib turgan gulga boqib «Qani
u shakarxand gul, sening yuzingyorim chehrasiga
o'xshar ekan?» - deb xitob qildi. G4inchaga boqib,
uni sevgilisi og‘ziga obcshatolmadi. Sarv oyog'iga
yuzini surib: «Bu uning tik qaddi bolmasa ham
yorim qaddi-qomatidan nishon beiyapti», - deb
oh urdi. Gohida binafshaga o‘z mehrini ko'rsatib,
oldidan bosh kotarmay yori atrini izlar, goh sab-
za-otlarga yuzlarini surtib: «Gulshanda yurgan
chog'da gul yuzli yorim oyogl senga tekkandir»,
- deya fig‘on chekar, nargis ko‘zi dildori ko'zlarini
yodiga tushirganda, yiglab, ozor chekar, bemor-
lardek tani zaiflashardi. Tuproqda Layli oyogl
izlarini ko'rganda, Qays ulami ikkala ko‘zi bilan
berkitib: «Bu yerga yorim oyogl yetgan ekan,
tuproglni surma etgan ekan», - deb oh urar, go
hida suvdan belgi soVab, ko‘z yoshlarini suvdek
oqizib: «Chamanda yorim kezgan chog'da uning
aksi shu suvga tushgan», - deya fig‘on qilardi.
Bulbul bilan suhbatlashib, fig'oni uning navo-
sini bosib ketar ekan, Qays unga murojaat etib:
«Sening nola chekishingga sabab yo‘q, axir sen
yoring visolidan xushnudsan, go'zal gulshan -
sening maskaning, gul butasi - makoning. Gullar
bilan doimo suhbatdasan. Yoki yor visolidan bezor
boldingmiki, shomdan sahargacha elga ovozing-
dan ozor berib, o‘z oshiqligingni oshkor qilasan.
Sen visol ahlisan, shuning uchun hajr ahli qoshi-
da behuda so‘zlar aytishdan to‘xta. Mana men
dardli, yuragi jarohatlangan, yor visolini izlab,
topolmayotgan oshiqman. Jismi zorim g‘am o‘tida
o'rtanmoqda, jon kabi sarvi gul uzorim yo‘q, sen
nola chekaverma, nola chekish menga munosib.
Sening oldingda visol bog‘i bolsa, mening bag'rim-
da esa firoq dogl; sening yoningda guli bahori
bolsa, mening ko'nglimda firoq toshi bor».
Shunday deb Qays yana hushidan ketdi-da, oh
tortib joni chiqqandek yerga yiqildi.
Qizlar Qaysni bir do'stiga topshirib ketishgandi.
U bir gul butasi ortidan do'stining ahvolini nazorat
qilib turar ekan, uning holatini anglab yetdi-da,
qabila tomon y ol oldi. Tez-tez qadam bosib, qabi-
laga yetib kelib, hamma hayajonda ekanini ko‘rdi.
Chunki Qays o‘sha tunda uyiga qaytmaganidan
ogoh bolgan ota-onasi uni qidirish uchun har
tomonga odamlar yollashgan edi. Qaysning do'sti
bolib o'tgan voqealami so'zlab bergach, hamma
yigit yotgan joyga shoshildi. Koyiaklari pora-pora
bolib, tuproqqa belanib, ishq azobidan behush
yotgan Qaysni ko‘rgan qabila ahli tuya ustiga ka-
java yasab, uni o‘z manzili tomon olib ketdilar.
Qays o‘z boshiga tushgan savdolardan bexabar,
hushsiz yotardi. Bir zamon o‘ziga kelib, ko'zini
ochdi-yu, g‘amga tolgan, xuddi motam tutishayot-
gandek iztirob chekishayotgan ota-onasini ko‘rdi.
Otasi mehr bilan peshonasidan o‘pdi, onasi esa
boshida parvona bolardi. Bu voqealami anglab
yetgan Qays xijolat ichida qoldi. Uyalganidan
yuqori boqa olmasdi. Otasi bilan onasi o‘gillarining
bu holatini ko'rib, unga nasihatnamo so‘z
deyishdan ham hajdqishardi. «Agar uning bu ah
voli sababini surishtirishga tushsak, xijolatdan
nobud bolishi ham mumkin. YaxsMsi.bolib otgan
voqealami unutsin», - degan xulosaga keldilar. Bar
cha uy-uyiga tarqalar ekan, bir-birlariga turli fikrlar-
ni bildirishar, biri: «Ajoyib holga tushibdi», - desa,
boshqasi: «Qiziq xayol yuz beribdi»; - deb so'zlardi.
Qays uyida yakka qolgach, yuz bergan voqealar
haqida otyga botdi, o‘z boshiga tushgan kulfatga
chora izlab topolmasdi. Sevgilisini izlab vodiy-u
toglar tomon y ol olay desa, ota-onasining yana
oglr dard chekishini o^lardi. Oqshom tushgach,
ishq o‘ti uning ixtiyorini qolidan oldi-yu, Layli
g‘ami ota-onasi haqidagi oy-fikrlarini ham yo-
didan chiqardi, o‘zini sevgan kishilarning holini
ham unutib, mahbubasi uyini izlab yolga tushdi.
Es-hushini unutib, beixtiyor, mast odamlardek
yiqilib-turib borar ekan, ко‘z oldida qabila o‘ti
paydo boldi, uni ko‘rishi bilanoq iztirobi qo‘zg‘alib,
otashin bir oh urdi-yu, tutun misoli'Vt tomon
yo'naldi. Alanga oldiga yetib borgan Qays unga
qarab xitob qildi: «Ey hijron tunida ishq yulduzi-
gina emas, ishq gavhari bolgan alanga, sen shod-
lik mash’alasi, gavhari shabcharog‘san... G‘am
shomida qolimdan tutib, hijron tunida ko‘zimni
yoritding. Sening maqtovingni qanday ayta olay,
shukringni qaysi til bilan bayon qilay? Oy bilan
kun senga ikki manqal - otashdon, o‘tining ud bi
lan sandal bolsin. Hamisha shunday mehribonlik
qilib, jahonni yoritaver!».
Qays bu so'zlarni aytib tugatgan ham ediki,
qabiladan it ovozi eshitildi. Buni eshitgan oshiq
yigitning jismiga kuchli bir alam, ko‘ngliga iztirob
tushdi. O'sha itdek fig‘on chekdi-yu, karvondan
qolib ketgan odam o‘z do'stlarini bor ovozi bilan
chaqirayotgandek, ovoz kelgan toriion yugurdi.
Uning tilida esa shu so'zlar yangrardi: «Ey hazin
ovozingjongaxushxabaryetkizuvchi, ruhim ozig'i
bolgan jonivor, sen g‘am tuni vafo ko'rsatuvchi,
yoldari adashganlarga rahnamolik, yolbosh-
lovchilik qiluvchisan. Jonim ayoglaring fidosi
bolsin. Men o‘z maqsadimga erisholmay yurgan
bolsam, sen o‘sha joyning posbonisan. Seri bilan
men ikki do'stmiz, lekin men xor esam, sen mukar-
ramsan. Sen yor eshigida shod-u masrur bolsang,
men undan mahrum bolgan g‘arib-u mahjurman:
Sen uning ko'chasida istaganingcha har tomon-
ga sayr qila olasan, mening ko'zlarim esa faqat
biyobonni ko'radi, xolos. Sen yorim ko'chasida
toshga bosh qo^ib yotsang, mening boshimga
mahbubadan ayriliq toshi yog'ilgani yog'ilgan.
Sen vafoda ham, sadoqat-u safoda ham mendan
ortiqroqsan. Shunday bolmasa, nega falak meni
xor etdi-yu, seni hurmatga sazovor etdi? Qonxo'r
sipehr seni muhtaram-u, meni xor qilgani shukro-
nasi uchun fig'oningni mendan yaxshiroq sozlab,
ba’zan men uchun o‘sha ostonani o‘pib qoy!».
It bilan shu tarzda suhbatlashgach, ko'zi oldida
Layli qabilasi paydo boldi. Qabila qorasini ко‘rgan
Qays ichiga zaiflik yuzlanib, yurishga madori
qolmadi, qadam tashlashga har qancha harakat
qilmasin, oyog'i chirmashib, yiqilib tushdi. Bir
necha bor yiqilib, bir necha bor turdi, go Vo har
yiqilishi yer о‘pish uchun bir bahona edi. Shu
tarzda yiqilib, turib qabilaga yetib keldi-yu, joni
og‘ziga yetib, hushidan ketdi. Goh hushida, goh
behush bolib, qabila atrofida aylanar, har lahzada
jonni kuydiruvchi o'tli fig'on tortardi.
Yuqori martabali arab qizi Layli ham Qaysga
mubtalo bolgandi. Ko‘nglidagi yashirin siri dar-
dini tortib, kechalarni uyqusiz o‘tkazar, tun-u
kuni uning xayoli bilan band bolib, murodi Qays
visoliga yetishish edi. Oshiq yigit uning qabilasi-
ga yetib kelgan kechada uning ham ko'ziga uyqu
kelmay hijron alamini tortib o‘tirar ekan, quloglga
mungli, hazin bir ovoz eshitildi. Bu ovozdan ich
iga o‘t tutashib, ko‘ngliga iztirob tushdi. Oromi-
dan ayrilib, o'midan turdi-da, eshikdan tashqari
chiqdi. Qabila ahlining barchasi uyquda edi. Ishqi
yo‘q odamlaming maqsadi uyqu bolsa, ishq ahliga
uyqu haromligi ayon-ku!
Laylining holatini kuzatib yotgan doya, qizning
muhabbat o‘tida qovrilayotganidan voqif edi. U
Qaysga ham mehribon bolib, jon fido qilishga
ham tayyor edi. Qays maktabda o‘qir ekan, bu
ayol o'zini uning ham doyasi kabi sevar, Qays ham
o'zini unga farzand kabi tutardi.
Layli uyidan yugurib chiqqanida, doya ham
soyadek uning ketidan ergashdi. Ishq o ‘tida
qovrilayotgan Layli o‘z sevgilisi turgan yerga yetib
borgach, bir-birini ko'rgan oshiq bilan ma’shuqa
shunday bir oh tortdilarki, otlaridan jahon yorishib,
xirmonlariga shula tushdi. Hush xirmoni kul
bolgach, ikkala hushsiz behush bolib yiqildi.
Doya bu pok ishqni ко‘rib, dili o'rtandi. Ularning
behush yotishini kuzatar ekan, Qays bilan Layli o‘z
hushida bolganida ham bir-birlariga dil so'zlarini
aytaolmasliklariga ishondi. So'ng har ikkalasiga
boqib, achchiq-achchiq yigladi-da, bularning
ikkalasi o'ziga kelgunlaricha biron kimsa ко‘rib
qolsa, ikkovi uchun ham yaxshi bolmasligi, hatto,
ikki yosh o‘z muhabbatlari yolida halok bolish-
lari ham mumkinligini angladi. So‘ng ularning
birini, Laylini quyoshni charx zoli ko‘targanidek,
yelkasiga olib, qaddini egganicha olib kelib, o‘mi-
ga yotqizdi. Doya yana ortiga qaytib, Qays yotgan
yerga keldi-da, onasi kabi joni kuyib, goh sudrab,
goh ko'tarib qabiladan uzoqroq, elning vahm-u
gumonidan chetroq joyga olib borib, biron gazanda
tegmaydigan bir yerga yotqizdi-da, Laylining oldiga
shoshildi va uning yoniga yotib, uyquga ketdi.
Qays kechasi Layli qabilasi tomon y o l olib, u
yerda aytib o'tilgan voqealar yuz bergan chog'da
kunduzi o‘z manzilida o'tirgan yigitning nogoh
g'oyib bolishi uning qabilasi ahlini yana tashvish-
ga soldi. Otasi bilan onasi yanayiglashga tushishdi,
har tomonga odamlar yuborib, uning biron bel-
gisini topishni buyurishdi. Uning Layli qabilasi
tomon ketgan izlarini ko‘rishdi-da, qabilaga yetib
borgach, u yerdan ikkita oyoq izi chiqib kelganini
aniqlashdi, bu izlardan borib uch kishi uchrash-
gach, ikkitasi yerda yotganini, bir yotgan odam
sudralib biyobon sari yol olganini, yana bir yotgan
odam pari kabi yo‘q bolib qolgani, yana bir iz qabi
la tomon ketganini ko‘rishdi-da, sudralgan iz bilan
y o l tutib, Qaysning qumlarga ko'milib yotganini,
shamol esib, uning jismini qum bilan ko‘mib
yuborganini bilishdi. Qays boshdan oyoglgacha
tuproqqa ko'milib yotar, u bilan olik orasida farq
qolmagandi. Qabila ahli bu holni ко‘rib, yoqalarini
yirtishdi, boshi ustida zor yiglashar, uni oldirib
ko'mib qo'yishgan, deb o^lashib, tuproqni ochib,
o‘z boshlariga tuproq sochardilar. Ba’zan-ba’zan
nafas olayotganini sezib qolishgach, shukr qilishib
shodlandilar, so‘ng uni birovga ko'tartirib, tezlik
bilan qabila sari yolga tushdilar. Qaysning ahvoli
ni ko‘rgan otasi yig‘idan behol bolib qoldi. Onasi
fig'on chekib, ko‘zidan toldlgan qonli yoshlari
yuzini yuvardi.
Qays hushiga kelgach, barchaning oldida boshi
ni quyi solganicha, indamay turardi. Odamlar
chor atrofidan uni malomat qila boshladilar. Biri:
«Sanga bu qanday havas boldi?» - desa, boshqa-
si: «Havas bolsa ham yetar endi!» - deb nasihat
qilardi. Har bir nasihat unga qon tolcuvchi bir
nayzadek, devonalar boshiga otiladigan toshlardek
tuyilardi. Birovi: «Uning quloglga nasihat kerak!»
- desa, boshqasi: «Uning oyoglni zanjirband qilish
darkor», - deb so‘z qotardi.
O'sha kun shunday so‘zlar bilan kech boldi.
Lekin oshufta, oshiq yigit bunday gap-so‘zlarga
zarracha e’tibor bermas, ulardan xafa ham, xur
sand ham emasdi. Olam o'zining kun chiroglni
yashirgach, tun Qaysning dimoglni yana bezovta
qila boshladi. El uyquga yotar ekan, ishq uni uyda
diltang qila boshlagach, u sakrab turib qabiladan
tezlik bilan chiqdi-da, dilbari manzili tomon yu-
gurib ketdi.
Ertasiga ertalab uning zor-u notavonlari yana
har tomonga yol olishib, fig‘on qilishib, uni oldin-
gidan ham zor-u mahzun holda, dard-u g‘ami esa
burungidan ham kuchaygan bir holatda topib
kelishdi. Har tun Qays shu tarzda qochib ketar,
qabila ahlining qilar ishi uni qidirib topish bolib
qoldi. Bu ishlardan elning sabr-u toqati tugab,
ota-onasi-yu qarindoshlari nima chora qilishni
bilolmay qolishdi. Qaysning ahvoli borgan sari
oglrlashib borarkan, unga nasihat qiluvchilar
ham tobora zabunroq bola boshladilar. Yigitning
es-hushi tobora zaiflashib, devonalik qiliqlari
kuchayib borardi. Bolalar uning ketidan tinmay
yugurib, «Majnun» deb baqirishar, u esa bunga
parvo qilmay, har bir savollariga javob berardi. U
qayerga borsa, el «Majnun keldi», «Majnun keldi»
deya qichqirishardi. Qays esa ot nima ekanini
ham, o‘z otini ham, qabilasi-yu qardoshlarining
otini ham unutgan bolib, «Layli» degan nomnigina
anglardi. Hamisha «Layli!», «Layli!» deb chaqirar,
odamlar esa uning o'zini «Majnundir bu, ushbu
Majnun» deb xitob qilardilar. Shu holatda har
tongda va har oqshomda Layli qabilasi tomon
y ol olar, qabila atrofini bir necha marta aylanib
chiqar, awal qadam qo“yadigan joyiga bosh qo“yib,
keyin esa kolcsiga tosh urar, qabilani har safar
aylanar ekan: «Qonim toldlsa, qabilasiga jonim
sadqa», - deb so‘zlar, keyin ko‘z yoshlaridan sel
tolcib, sahro tomon y ol olardi.
Majnun haqidagi gap-so‘zlar el ichida afsonaga
aylanib, butun Arab mamlakatida mashhur bolib
ketdi. Har kimsaning tilida Qays ishqi haqidagi
hikoya eshitilardi. Layli otasining bir-ikki mehri-
bon kishisi unga bu voqealami so'zlab berishdi.
«©mir qabilasida Qays degan dono, aqlli bir yigit
bor edi. Eshitishimizcha, hozir es-hushini yo‘qotib
hamisha dashtda oh-faiyod urib kezib yurgan-
mish. Parishonligining, devonaligining chegarasi
ham yo‘q emish. Deydilarki, uning bu ahvoliga bir
hursifat go‘zal ishqi sabab bolganmish».
Laylining otasi bu so'zlarni eshitib, g'amgin
boldi-da, barmoglni tishlab: «Bechora! U yigitni
ko‘plar ta’rif qilib gapirishardi. Qobiliyatli, dono,
pokiza yigit deb maqtashardi. Aqli komil, gap-
so‘zlari yoqimli bolgani uchun menga ham ma’qul
edi u. Otasining holi qanday ekan? Bechora onasi
g‘am-alamda azob chekayotgandir. Uning iztiroblariga
qaysi qiz sabab bolgan ekan? Qaysi bir gul uni
bunchalik tashvishga qo“yibdi, qaysi sarv uning
yiglsiga bois bolibdi? U go‘zal qaysi qabiladan
ekan?» - dedi. So‘z boshlagan kishi javob berib:
«Ey muhtaram zot! So'rayotganing uchun bor
haqiqatni aytishim zarur. Odamlar, u yigitning
ko'ngli shu qabilaga mansub go'zalda bolsa kerak,
deydilar. Ularning bu xil so'zlariga anchagina da-
lillar ham bor. Bu dashtda qabilalar ko‘p bolsa
ham, uning ko‘ngli birontasiga moyil emas. Lekin
har sahar va har shorn payti u ushbu qabiladan
orom topadi. Jonining qiblasi ham, jon-u jahoni
ham shu qabila. Uning or-nomus manzili mana
shu uydir. Hamisha odob bilan so'zlaydigan bu
yigit yaxshi she’rlar ham yozadi. Nazmida birgina
ismni tilga oladi. Bu ismni atashdan ojizmiz. Biz
bilganlarimizning barini aytdik. Bu ish haqida
qanday fikrga kelish o'zingga havola».
Laylining otasi gap nimada ekanini anglab yetdi,
alam bilan bir tolg'anib olib, boshini ushlaganicha
bir zamon o^lanib qoldi, lekin yaxshi ham, yomon
ham so‘z demadi. Ancha payt chuqur o^lanib,
so'zlovchiga shunday dedi: «Tezlik bilan borib
Omiriylar sayidi-qabila boshliglga shu so'zlarimni
yetkaz: «Bu xil gap-so‘zlar bizga ham, senga ham
munosib emas. Odamlaming aytishlaricha, sen
bor gapdan xabardor bo la turib, shu chog'gacha
o'glingning jinniligini to'xtatish uchun biron chora
ko‘rmabsan. Kim jinnilikka yuz tutsa, uning bir-
dan-bir davosi zanjirband qilishdir. Sen mening
obro-e’tiborimni, arablar o‘rtasidagi mol-dunyo-
5
m shavkatimni bilmaysanmi?
0
‘g‘lingga ham,
senga ham nimani istasam qila olaman. Lekin sen
bolayotgan ishlardan yaxshi xabardor bolmagan-
ing uchun haligacha chora ko'rmagansan, deb
о У lay man. Endi hamma gapdan ogoh bolding,
tezda biron tadbir bilan ahvolni tuzat. Bundan
keyin farzanding o‘z ishida davom etadigan bolsa,
awal uni oldiraman, keyin senga qahrim qudrati-
ni ko'rsatib, qabilangni bu dashtdan yo'qotamanb.
Yuborilgan odam Qaysning otasi oldiga yetib
kelib, unga o‘z amirining topshiriglni tola-tolcis
yetkazdi. Tinglovchi javob uchun so‘z topolmadi.
Bu xil muomala uni qattiq ranjitgan bolsa ham,
boshqa chorasi yo'qligi tufayli barcha so'zlarni
qabul qildi. Xabar yetkazgan odam o‘z manziliga
jo‘nab ketgach, bu qabila tashvish ichida qoldi.
Barcha odamlar sahroga yoyilib, Qaysni izlashga
tushishdi. Uni qumlar ichida, xuddi qaroqchi tuna-
gan kishidek yotgan holda topdilar-da, ixtiyoriga
qaramay uyga olib kelib, zanjirlar bilan boglab
tashladilar.
Qol-oyoqlan kishanlangan telba yigit bir necha
kun goh baland, gohida past ovoz bilan faryod
qilib, kunduzlar-u kechalami ovqatsiz-u uyqusiz
o‘tkazdi. Ko‘ngli g‘am xanjaridan yarali, yaraligi-
na emas, pora-pora edi. Ishq iztirobida cheksiz
jafo chekayotgan yigitni davolash uchun otasi
turli tabiblami chaqirar, ishq balosidan bexabar
hakimlar goh nasihatomuz fikrlar aytishar, shar-
bat ichishni, yiglamaslikni maslahat berishar, goh
yog'och bilan kaltaklashar, Qays esa bu ishlardan
kulgisi qistab, gohida o‘z kulgisidan xijolat chekib
кo‘z yoshini tolcar ekan, bedard hakimlar uning
ahvolini anglay olmay, ba’zida tig‘ bilan davolashni
afzal ко‘rib, jismini har tarafdan kesishar, Qays
esa goh behush, gohi o‘ziga kelib, ko‘zlaridan goh
suv, goh qon to'kardi.
Bir necha vaqt shu tarzda otdi. Qaysning ahvoli
tobora oglrlashib borardi. Bir tun nihoyat qorongl,
xuddi kun xazinasini ajdaho yutgandek boldi. Shu
kecha hijron tunining asiri bolgan Majnun o‘z ahvoli
haqida о Vlanib qoldi, g‘am chaqmogl uning vujudini
kul qilib, faiyod ura boshladi: «Bu dunyoga kelma-
sam yoki vujudim yo‘q bolib ketsa bolmasmidi?
Men xastani olamga keltirishdan qazoning maqsa-
di nima ekan? Jismimga ruh yoldosh bolganda,
tugllgan zahotiyoq olib ketsam koshki edi. Ishqdan
alam yetmay turib ikki ko‘zim ko‘r bolsa qani edi?
Gadottk qilib eshikma-eshik yurib bir luqma ovqatga
zor bolsam, ochlikda olib ketsam bu mashaqqatu
balolami ko‘rmagan bolardim-ku! Hozir esa men
ojiz bir xasman, jismim esa xascha ham emas. Bu
holda umr ko‘rgandan ko“ra dashtu toglarda sarson
yurib, tog' ustida nola ursam, ehollarda jaigursam
koshki edi! Qayg4i ko‘nglim uyini zindonga aylan-
tirdi. Eshigi ham, tuynugi ham ochilmaydigan bu
zindonda tanim mahbus. Ichkaridagi uylarda esa
furqat o‘ti yanada kuchliroq. Bu otlardan ichim
iztirobga toldi.
Dostları ilə paylaş: |