«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


«Key turfa yigit, ne holating bor



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

«Key turfa yigit, ne holating bor,
Ne nav’ g ‘am-u malolating bor?
Kim shodlig‘ing y o ‘q o'zgalardek,
Obodlig‘ing y o ‘q o'zgalardek.
A s ’hobg‘a mayli bog‘-u gulzor,
Ham tan sanga resh-u, ham ko‘ngu.1 zor.
Sen nola qilib g ‘amin nedin sen?
Ashking oqizib hazin nedin sen?
Ishrat chog‘i mehnating ne y a ’ni? 
Shoeroba-vu hasrating ne y a ’ni?
Bu g ‘am senga qaydin o ‘ldi hodis,
Kim bo4di bu shiddatingg'a bois?»


Qays bu go'zal dilbar o‘z ahvoli sababini 
so‘ragach, kuchli bir oh tortdi-yu, uning shirin 
so'zlaridan lol bolganicha, yuziga o‘z holatini qon 
yoshlari bilan yozdi. Yo‘q, yo‘q, tili bilan shunday 
sharh ayladi:
«Ey jonimga hayrat otini solib, bir kotishdayoq 
ko'nglimni olgan, jamolidan chaqmoq sochib, vu- 
judimni o t ichiga g'arq qilgan, zulfini ochish bilan 
qarorimni olib, ro'zgorimni qora qilgan, awal afso­
na aytib ko'nglimni xarob aylagan parivash! Qilgan 
ishlaringni yashirib, mendan so'rashing nimasi? 
Boshqalar sezib qolmasligi uchun bu xil о “yin 
qilmog‘ing nimasi? Bu azob-uqubatlami menga 
yetkazgan o'zingsan-ku! Bu tuhmatni kimga qilay?
Kotiglimni yashirincha olding-u, men uni sendan 
qaytarib ololmayapman. Sen esa o'zingni soddalikka 
olib, lablaring afsona so‘zlayapti. Jonimni otgayoq- 
qaning yetmaganidek, bunday so'zlar aytishingga 
hojat yo‘q edi. O t ustiga yog‘ quymoglng, kuygan 
varamga dog‘ qo'yishing ne edi?» Shu so‘zlami aytgan 
Qays behol bolib hushidan ketdi.
Layli esa oshiq yigit boshini qo^niga olib, 
uning yuziga ko‘z yoshlarini sochib, sevgilisiga 
achinganicha, Qays yuziga ba’zan gulob sepib, 
uni oldirib qoldim, deya yiglab, motam tutardi.
Laylini qidirib bu yerga kelib qolgan bir-ikki 
dugonasi bu voqeani ko'rgach, olam ko'zlariga 
qorongn bolib: «Bu qanday hoi boldi?» - deb 
qoVquvga tushdilar. Go‘zal dilbar o‘ziga kelgach, 
bolib otgan voqeadan ulami xabardor qildi-da, o‘z 
dardiga chora so'radi. Kanizaklardan biri Layliga 
hamdardlik bildirib: «G‘am yemasang ham boladi, 
hech kim ishq otidan halok bolgan emas. Sen


bu yigitni bizga topshirgin-da, tezlik bila qabilaga 
qayt. Toki odamlar bu ishdan ogoh bolishmasin. 
Biz biron chorani otylab toparmiz», - dedi. Layli 
ular aytganicha ko‘nglini o‘sha yerda qoldirib, uyi 
tomon yol oldi. Kanizaklar Qaysning do‘stlarini to- 
pishib, ularning mehribonlik ko‘rsatishiga ishonch 
hosil qilgach, o'zlari ham uy tomon y ol olishdi.
Bu qorongti kechani yulduz gullari go“yo bir 
gulistonga aylantirgach, bahor go‘zali bolgan 
Layli ichi qonga to lib tez-tez yurib o‘z qabilasiga 
yetib bordi, lekin gHinchadek qalbi oshiq yigit 
ahvolidan tashvishda edi. Bu payt Qays hushi- 
dan judo bolganicha tuproq misoli yerda yotar 
ekan, jismida ruhdan asar ham yo‘q edi. Yarim 
kechasi yoqimli shamol chamanzor bo^ylab sayr 
etar ekan, gullar atri dimoglga yetib, g'arib yigit 
ko'zini ochdi-yu, o‘zining chaman ichida, sarv-u 
gul-u yosumanlar orasida yotganini ko‘rdi. Bulbul 
uning ahvolini ko‘rib boshi ustida sayrab turar, 
gul holatiga nazar tashlab gulrang yoqasini pora 
qilgan, nargis shabnamdan ko‘z yoshini tolcib 
tinmay yiglar, ayriliq dardi doglni ko‘rib turgan 
lola kolcsida qora dog‘ paydo bolgandi. Dili yara- 
langan binafsha g‘am chekib ustiga motam libosi
- ko*k kiyim kiyib olgan, bu azadan xabar topgan 
daraxtlar osmonga bo'ylarini cho'zib, motam bay- 
rog‘ini tikkan kabi g‘am chekishar, suv motam 
tutib oqar ekan, ovoz chiqarib yiglab borardi. 
Sarv-u shamshodlar ham yigit holiga chiday ol- 
may iztirobda qolishgan, «Ishq uni bejon qildi» deb 
bilgan chirmovuq gul o‘z-o‘ziga chirmanib olgan, 
sabza-kolcatlar o'zlarini tilga aylantirishib, Qays 
g‘ami haqida afsona to'qishardi.


Oshiq yigit bularning ahvoliga nazar tashlar 
ekan, olishdan boshqa chora topolmasdi. Atrofida 
biron do'sti ko'rinmas, ichidagi o‘t uni azoblar, 
qoshida sevgili yorini, do'stlarini topolmay dilida 
dard tola edi. Quyosh botib, oqshom tushganda 
ham hajr o'tida o‘rtanib, g‘am-alam chekar, lekin 
dardiga davo topolmasdi. Shunda ko‘z yoshlarini 
tinmay toldb, koyiaklarini pora qilib, faiyod urdi, 
ohidan osmon qorong4i bolib, falak ко‘z yoshlarini 
to lea boshladi...
Liboslari qizil qonga bo“yalgach, osmonga uning 
ohidan quyuq tutun yetishdi. Yo‘q, yo‘q, bu uning 
o‘rtanayotgan jismi somonining tutuni edi. Bu oh 
yetgan osmonda goh shula, goh tutun paydo bolar 
ekan, undan jahonni somon o‘ti tutuni qoplab, 
falakkacha yetib borar va osmonlar ko'zini yoshga 
toldirardi.
Qays o‘z yuzlariga shuncha shapaloq urdiki, 
za’faronmisol chehrasi kolearib ketdi. Bundan 
ko'ngli ozor topib, kulish o'miga yiglay boshladi. 
Kolesiga firoqdan tosh urib, yoriga mushtoqlikdan 
boshini yerga urardi. Dard-u alamlar uning ko'ngli- 
ga sipohlardek hujum qilar ekan, ohi oti ularning 
bayroqlaridek ко Idea kotarilardi. Bu sipohlar Qays 
ichiga ot solib, ko'ngli mamlakatini payxon qilib 
tepMlar, bu sipohlar sal uzoqlashgach esa yangi bir 
balo askarlari yetishib, u mamlakatni yer bilan yak- 
son etardi. Oshiq hajrga mubtalolik tufayli shunday 
azoblar chekar ekan, tong quyosh olini pufladi.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin