Dedi Shirinki: «Ey quti hayotim,
Degumdur, garchi mone’dur uyotim.
Manga juft ul, ulusning fardi erdi,
Ne ko‘nglum quti, oning dardi erdi.
Chu kechti juftdin ul toqi ofoq,
Nechuk men juft ko‘zlay, ul borib toq?
Vafo ahli ishi mundoq ЬоЧигти,
Vafo aylar kishi mundoq ЬоЧигти?
Menga chun y o ‘q tiriklikning falohi,
Siz aylang ulcha bo4g‘ay el salohi.
Shirinning ruxsatini olgan malika Xisrav
elchilariga nikoh uchun roziligini aytdi, lekin
qamal paytidagi qiyinchiliklar, hozirgi issiq kun-
lar tufayli Shirinning sogligl yaxshi emasligini,
shuning uchun biron xushhavo joyda dam olib,
o‘ziga kelishi lozimligini ham taltidladi. Shundan
keyin darvozalar ochilib, Xisrav qo'shini shahar
ichiga kirdi. Qamal paytida qiynalib ketgan aholi
qafasdan qutulgan qushlardek shodlanishdi.
Xisrav buyrugl bilan go‘zal bir koshona barpo
etilib, u yerda shoh bilan malika suhbat qurishdi.
Shirin ahvolidan so‘z ochilgach, Xisrav: «Bu olka-
ning bohavo va go'zal joylarini sizlar yaxshi bilasiz-
lar, biron maqbul manzilni tanlanglar. Shirin o‘sha
yerda orom olib, sogligini tuzatsim, - degan taklifni
bildirgan edi, Mehinbonu Arman diyorining shimol
tomonida bir tog' bolib, Shirin istagiga koYa qasr
va bog‘ qurilganini eslatdi-da, shoh farmon bersa,
Shirin o'sha yerda dam olib, sog'ayishi maqbulligini
izhor qildi. Buni eshitgan Xisravning ko'ngli no
shod boldi, chunki ushbu qasr-u bog‘ Farhodning
mehnati bilan bunyod etilganidan u xabardor edi.
Shuning uchun ham, Mehinbonu taklifiga zoVg'a
rozi boldi. Malikaning buyrugl bilan Shirinni o‘sha
ajoyib qasr tomon olib ketdilar.
Shirin o‘z qal’asidan chiqib tog‘dagi qasr sari
y o l olar ekan, Xisrav sipohlarining barchasi uni
tomosha qilishga chiqqandilar. Ularning orasida
shahzoda ham bolib, otasini uncha yoqtirmas,
Xisrav o‘z o'glining ko‘ngliga qaramaganidek,
o‘g‘ilga ham shohning fel-atvori ma’qul emasdi.
Boshqalar qatori u ham Shirin borayotgan gul-
gun kajavaga mahliyo bolib boqar ekan, birdan
boshlangan shamol pardani ko'tarib yubordi-yu,
parivash qizning olamni o'rtovchi husn-u jamolini
ко‘r gan Sheruyaning ichiga ishq olovi tushdi-da,
oromidan ayrilib, uyqusini yo‘qotdi, iztirobi kun
sari kuchayib, o‘zi olar holatga yetdi. Qanday
tadbir bilan Shirin visoliga yetishishi mumkin-
ligini о У lagan shahzoda otasini oldirish bilan bu
orzusiga erishishga bel bogladi. Shunday xayollar
bilan o'ziga yaqin kishilarga yashirincha va’dalar
berib, Xisravning qarindosh-u amaldorlarini ham
o‘ziga qaratib oldi. Xisravning haddan oshgan
zulmidan bezor bolgan saroy ahli Sheruyaga
qasamyod qilishib, Xisravni zindonga tashladilar.
Ko‘p o'tmay, Sheruyaning buyruglga ko'ra zolim
shoh qatl etildi. Taxtga chiqib, boshiga toj kiygan
Sheruya bolib o‘tgan bu voqeani Mehinbonuga
so'zlab berib, Shiringa o‘zi uylanmoqchi ekanini
izhor qildi. Malika uning sogligi yomonligini aytib,
sog'ayganida o‘zi bilganicha ish qilishi mumkin-
ligini talddladi. Johil Sheruya Shiringa maktub
yolladi. Unda shunday deb yozilgan edi:
|