«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Ki: «Gunohim nedur, musulmonlar!



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Ki: «Gunohim nedur, musulmonlar!
Qilmadi buyla zulmi yoronlar!
Zulm-u bedod rasmidin qayting,
Gunohe aylagan esam, ayting.
Odami joyizul xato bo'lmish,
Bu xato barchag‘a ravo bo'lmish.
0 ‘tkaray har ne tarjumon desangiz, 
Moldinkim desunki, jo n desangiz».
Lekin har qancha iltijo qilmasin, zolimlar parvo 
qilmay, uni yana boglab, o‘sha choh ichiga tash- 
ladilar. Necha kungacha Mas’ud shu xilda azob 
chekdi. Yuzida rang qolmay, ko‘z yosh toldb, joni- 
dan umidini uzgan begunoh yigit: «Menga rahm 
qilib, tig‘ urib, oldiringlar», - deb fig'on qilardi. 
Oxiri zulmgar jafo qilishdan to^ib, ertasi kuni uni 
oldirishga qaror qildi. Mallu choh boshiga bir kishi- 
ni qo'yib, Jaypur huzuriga xursand bolib borib, 
Mas’udni oldirishga ruxsat oldi-da, uyiga kelib 
bazm tuzdi-yu, ketma-ket ichkilik ichishga kirishdi.


Malluning gul yuzli bir qizi bolib, Mas’udga 
oshiq edi. Bu ajoyib yigitning fazilatlarini eshitgan, 
uzoqdan turib uni ko‘rgan ham edi. 0 ‘z sevgisi 
haqida hech kimga ayta olmay, pinhona kuyar- 
di. Qiz uyda ekan, bir mazlumning qorong'i choh 
ichida yotganini eshitgan edi-yu, uning kimligini 
so‘rashga qo'rqardi. Bu kecha otasi ham, qarin- 
doshlari-yu mulozimlar ham, mast bolib yotish- 
ganini ко‘rib, choh oldiga bordi. Qarasa, choh 
qorovuli ham mastlik uyqusida ekan. Mahvash 
nozanin choh boshini ochib, yoqimli ovoz bilan: 
«Ey g‘am chekuvchi inson, sen qaysi mazlumsan, 
oting nima, bu payt olikmisan yo tirikmisan?» -
deb so'radi. Bu ovozni eshitgan Mas’ud jismiga 
joni qaytib kelgandek, nola qilib: «Otim Mas’ud, 
yuz tuman balo ostida azob chekyapman. Sen 
ayt: odammisan yoki farishtamisan? Ovozingdan 
tanimga jon keldi, qolingdan kelsa, qutqarish 
fikrini qilgin, bolmasa, meni olik deb bilgin», 
deb javob qildi. Qiz uning otini eshitgach, haya- 
jonga tushib, ko'ngli ishq o'tida o'rtandi. Ko'pdan 
beri uning hajrida qon yutib yurgan, necha kun 
davomida motam tutgan, g‘oyib bolganini bilsa 
ham, olganini eshitmagan bu qiz otasining be- 
shafqatligi, pastkashligini yaxshi bilardi. Ko‘ngliga 
gumon tushib, mahbusga yana savollar berib, 
uning chindan ham Mas’ud ekaniga ishonch ho- 
sil qildi-da, qutqarish chorasiga kirishdi. Ikkita 
mahram kanizi parivash sevgisidan ogoh edilar. 
Uchovlari imkonlari boricha harakat qilib, yigit­
ni choh tagidan chiqarib olishdi. Uning tanida 
ruhdan nishon ham yo‘q edi. Qol-oyoglni ye- 
chdilar-da, holini so‘rash mahali emasligini, bu 
yerda uzoq qolib ketish foydasiz ekanini anglab,


ikki kaniz ko'tarib yashirincha uyga olib kirdilar. 
Mas’ud bu yerda qancha yotsa ham, hech kim 
gumon qilmasligiga ishonardilar. Tagiga bir necha 
qavat to'shak solib yotqizishdi-da, goh sharbat, 
goh taom berib, mehribonlik ko'rsatib, atrofida 
parvona bolishardi.
Tong otgach, Mallu Mas’udni oldirish uchun 
choh tomon y o l oldi. Qarasa, zindon boshi ochiq, 
posbon esa mast bolib uxlab yotibdi, bandi esa 
yo‘q. Posbonni darhol halok qilgan Mallu o‘z jonini 
omon saqlab qolish maqsadida voliy oldiga qarab 
yugurdi va bolgan voqeani so‘zlab berdi. Ikkovlari 
g‘amga cho'mib, Mas’udni qidirishga tushishdi. 
Shahardan topolmagach, tog-u dashtdan izlash- 
ga kirishishdi. 0 ‘n kun to'xtovsiz qidirsalar ham, 
undan nishon topolmadilar. Bu vaqt ichida Mallu 
qizining mehribonligi tufayli Mas’ud ham notavon- 
likdan qutuldi. Qiz ikkita ot olib keldi-da, ikkovlari 
tun qorong'usida qochib ketishdi. Malluning 
odamlari ertasi bu ishdan ogoh bolishib, ulami 
quvishga kirishishdi. Quvuvchilar bilan ularning 
oralarida bir yog'och masofa qolgach, ikki bechora 
qo‘rquvga tushishdi. Shu payt dengiz qirg‘og‘ida 
bo'sh bir kema turganiga ko'zlari tushdi-yu, egasi 
bilan ijara haqini kelishib, dengizda tezlik bilan 
suzib ketishdi. Ikkovlari suvda o‘n kecha-kunduz 
suzishgach, nihoyat, qirg'oqqa tushishdi va otlari- 
ga minib, shahar tomon y o l olishdi. Kechasi bilan 
y o l yurib shahar chekkasiga yetib kelishganda, 
bir eski qal’a ichidan chiqib kelgan qaroqchilar 
ularga hujum qilib, ot-u to'nlarini tortib olish- 
di-da, o‘z qarorgohlariga qaytishdi. Ikkovlari ki- 
jrimsiz qolib hayron bolib turisharkan, bir toda 
otliqlar o'tib qolishdi. Mas’ud ularga yuz bergan


voqeani so'zlab bergan edi, rahmlari kelib, bir-ikki 
eski kiyimni tashlab ketishdi. Ularni kiyib olgan 
ikki musofir bir vayronada kechani otkazishdi. 
Yolda toliqqanlari uchun shu yerda bir oz dam 
olishmoqchi bolishdi. Ovqatsiz qiynalib, ochlik 
azob bera boshlagach, Mas’ud behol qizni vayro­
nada qoldirib, biron yegulik topib kelish uchun 
shahar tomon y ol oldi. U bozor ichiga kirib borgan 
edi, shoh bazmi uchun mevalar sotib olayotgan 
mulozimlarga ko‘zi tushdi. Ular meva va kolcatlar 
solingan savatlami saroyga eltib berish uchun 
hammollar yollashayotgan edi, Mas’ud xodimning 
har bir savat uchun ikki diramdan tolashi haqida­
gi so'zlarini eshitdi-da, bitta savatni kotarib ham­
mollar safiga qo'shildi va saroy tomon y o l oldi. 
Yol ancha uzoq bolganidan, u holdan toygan ham 
ediki, shoh chorbogl ko'rindi. Mas’udning ko‘zi 
gulshan ichida musiqa tinglab may ichib otirgan 
Jo'naga tushdi. Shoh Mas’ud bilan bolib otgan 
voqealardan xabar topib uni eslab, may ichib 
zor-zor yiglardi. Bog‘ ichida esa Mas’ud otboqar 
oldida turgan «Gulgumni ko‘rdi, uning tamg'asiga 
boqib, o‘zi mehmonga taqdim etgan oti ekaniga 
ishonch hosil qildi, lekin: «U mehmon bu yerga 
kelib, otni shohga sovg'a qilgan ekan-da», - degan 
xayolga bordi. Sal nariroqqa yurgan edi, quloglga 
Jo'naga o‘zi taqdim qilgan sozanda qizning kuyi 
va ashulasi eshitildi. U Mas4idga yaxshi tanish 
bolgan she’m i kuylardi. Ko'ngliga iztirob tushgan 
holda: «Mehmon bu qizni sotib yuborgan ekan- 
da», - deb o^ladi.
Mas’ud shohona asboblar orasida turgan sehrli 
jomni ham ко‘rib, ichi qonga toldi. U o‘zi bergan 
gulrang to‘nda, gulrang taxt ustida, gulrang toj


kiyib o'tirgan shohning o‘z mehmoni ekanini dar- 
hol anglagan edi, lekin o‘zini tanitish masalasida 
o'ylanib qoldi. «Agar o'zimni hozir tanitsam, qilgan 
yaxshiliklarim uchun sovg‘a kutgandek bolib 
ko‘rinaman», - degan xayolda edi Mas’ud. Savatni 
uning boshidan olishgach, ko‘zlari yoshga to lib 
bog‘dan chiqish uchun darvoza tomon borayotgan 
chog‘da huzuriga shoh bilan hamroh bolib bor- 
gan mulozimlar uni tanib qolishib, oyoglga ta’zim 
qildilar-da, yiglab ko‘rishdilar. Mas’udning ham 
beixtiyor ravishda ko‘zlaridan yoshlar oqa boshla­
di. Bu g‘ala-g‘ovurni shoh ham eshitdi va voqeani 
anglab ichkaridan yugurib chiqib keldi. Do‘stini 
bu ahvolda ко‘rib, yorug‘ jahon ko'ziga qorongl 
boldi. Bo^nini quchib, yosh tolcar ekan, Mas’ud 
shoh oyoglga bosh qo“ydi. U tarafdan esa chiniy 
kanizak ko‘z yosh qilib chiqib, Mas’ud boshidan 
aylanib o‘rgilardi.
Iztiroblari taskin topgach, shoh unga bir necha 
mulozimni tayinlab: «Uni hammomga eltinglar»,
- deb buyurdi, lekin Mas’ud o‘z hamrohiga joni 
achib, u haqidagi gaplarni shohga bayon qildi. 
Jo‘na bu so‘zlarni eshitgach, bir necha ayolga gul­
rang kiyimlar hozirlab, qizni olib kelishni buyurdi. 
Mulozimlar va gulchehra xodimalar uni vayrona 
ichidan topdilar-da, boshidan oyogigacha gulrang 
kiyimlar kiydirishib, kajava ichiga o‘tqazib shoh 
turgan gulshanga yetkazdilar va qasr ichiga olib 
kirdilar.
Mas’ud issiq suvda yuvinib chiqqach, o'ziga 
tayyorlab qoyilgan gulgun liboslarni kiydi-da, 
shoh huzuriga y o l oldi. Jo‘na uni o‘glidek ко‘rib, 
boshidan oTgan voqealarni so‘radi. Mehmon o‘z 
sarguzashtini so‘zlab berar ekan, shoh tinmay


ko‘z yoshlarini to Tear edi. Hukmdor uni o'ziga 
do'st tutinib, tun-u kun hamdam-u musohib edi. 
So‘ng ko'pdan ko‘p xazinalar berib, Mallu qizini 
unga nikohladi va Taroz, Darbast shaharlari va bir 
necha olkaning voliyligini unga topshirdi. Shoh 
amri bilan Mallu va Jaypur qatl etildi.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin