kelishga buyurdi. Y o l qirg'oqdan yurilsa yiroq
bolib, dengizdan borish yaxshiroq edi. To‘fon
Mehr kemasini dengizga surib ketgan joyga yet-
ganlarida, xuddi o‘shandagidek kuchli dovul esib,
Suhaylning barcha kemalarini bir-biridan ajratib
tashladi. To Ton Suhayl tushgan kemani Jobir qa-
roqchilari manzili sari surardi. Daraxtlar ustidagi
nozirlar kemani ko‘ra solib, Jobimi ogohlantirdilar.
U esa darhol tezyurar kemachasiga o'tirib, Suhayl
kemasi tomon suzib ketdi va ko‘p o‘tmay undagi
odamlar bilan jangga kirishdi. Suhaylga duch
kelgan Jobir raqibining o‘ziga qaraganda ham
kuchliroq ekanligini, yengilishi muqarrarligini
ко‘rib, hiyla yoliga oldi-da, kiyimlarini yechib,
o‘zini suvga otdi va kema ostiga borib, yonidagi
xanjar bilan uni tesha boshladi. Taxtani o'yib, suv
kirishi uchun y o l ochdi. Suhayl kema ostidan
kirayotgan suv tobora ко ‘tarilayotganini ко‘rib,
suv yolini to‘sishga urinsa ham foyda bolmadi.
Oxiri kemaga suv tolib, kema ahli bilan birga
chuqur dengiz ostiga g‘arq boldi. Shahzoda joni-
dan umidini uzib, suvda halok bolishga hozir-
landi. Jobir baliq yutishga intilgan nahangdek,
Suhayl oldiga suzib bordi-da, awaliga uni o‘sha
yerda oldirmoqchi boldi, lekin uning bir taxta
pora ustida behush yotganini ко‘rib, qolidan
tortib o‘z qayiglda soldi-yu, qol-oyog‘ini boglab,
o‘z manziliga qaytmoqchi bolib turganida, nogoh
shahzoda o'ziga kelib qoldi va o‘zining holatini
ко‘rib, notavonligidan afsus chekdi.
Dedi Jobirki: «Ey qolumda asir,
Razm-u ko‘shishda20 qilmading taqsir.
Dostları ilə paylaş: