«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Shoh tilar b o ‘lsa shohliq qilmoq



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Shoh tilar b o ‘lsa shohliq qilmoq,
Sipohidin kerakmas ayrilmoq.
Shohni derlar sipoh birlan shoh,
Shoh emasdur y o ‘q ersa anda sipoh 
Shohga xayl o ‘lsafath aning ishidur,
Bir kishi Rustam o elsa bir kishidur.
Navdar dushmanlariga asir bolib qolgach, 
uning barcha kiyimlarini yechib olishdi-da, shoh 
ekanini bilishib, bir sheriklarini suyunchi olish 
uchun Jobir huzuriga choptirishdi. Qaroqchilar 
rahbari: «Uning ko‘zlarini boglab, kemaga o‘tqa- 
zing-da, qasrga eltib qamab qo'yinglar. Bu ishni 
shunday yashirin bir tarzda bajaringlarki, biron 
kishi fahmlamasin. Uy eshigini falon kishiga 
topshirib, qilgan ishingiz haqidagi xabarni men­
ga yetkazinglar», - deb buyurdi. Shohni qasrga 
olib kelib, Jobir hukmini tola-tolds bajo qilish­
di. Navdar qanday yerga kelib qolganini bilmas, 
sipohlari esa u bilan ne voqea yuz berganidan 
bexabar edilar.
Bu vaqtda No‘mon o‘z qo'shini bilan dengiz 
boglab kelar ekan, ko‘zlagan manziliga ikki kun-


chalik y o l qolganida, shamol ko'tarilib, to'fon 
mavj urdi-da, kemalar har tomonga tarqalib, ko‘p 
kishi halok boldi. Shoh tushgan kema to'fondan 
uncha zarar ko‘rmadi-yu, ammo shamol uni qa- 
roqchilar oroli tomon surib ketdi. Jobir qolgan 
nozirlar kemani ко‘rib, darhol xabar yetkazishdi. 
Jobir kemaga tezda yetib bordi-yu, undagi ko‘p 
odamlarni olik holida ko'rdi. Tiriklaridan bolgan 
voqealami surishtirib, ahvolni bildi-da, kemani 
o‘z oroliga olib keldi. Shohni ham qirg'oqqa olib 
chiqishib, kemadagi mollami xazinalariga eltishdi, 
No'monni esa yashirincha boshqa bir zindonga 
tashlashdi. Kemaning tirik qolgan odamlariga 
o‘z diyorlari tomon ketishga ruxsat berishdi. Ular 
ko‘zda yoshlari bilan orolni tark etishdi. Navdar 
sipohlari ham shohni izlab topolmagach, o‘z 
vatanlariga qaytishdan boshqa choralari qolmadi.
Qaroqchi Jobir shodlikka tolib, har kuni bog‘ 
ichida bazm uyushtirar va Mehr yodi bilan ket- 
ma-ket qadah ichar, lekin u go'zalning yuziga 
nazar sololmas, nurli ruxsoriga boqishga yuragi 
dov bermasdi. Mehr esa guldek yoqasini yirtib, 
nilufarzor ichida g'amnok kezar ekan, dengiz 
mavji kabi ko‘z yoshlarini tolcar, yori hajridan 
qutulishni har qancha istamasin, buning chorasi­
ni topolmasdi. U choh ichida bir bandining azob 
chekib yotganini bilardi. Bir kuni: «Chohdan o‘sha 
bandini qutqarib olsam va unga Suhayl oldiga 
borishini iltimos qilib, zor-zor yiglab yolborsam, 
zora Suhayl ahvolimni anglab, meni qutqarish 
uchun bu tomonga y o l olsa», - deb o^ladi-da, 
o'zining ikki kanizi bilan qorongl uyga yashirin­
cha kirib, choh boshiga keldi va pastga qarab: 
«Ey mashaqqat chekayotgan asir, men ham senga


o'xshagan bir bechoraman, sen kabi notavon asir- 
man. Harakat qilib, seni bu qorong'i zindondan 
qutqarsam, mening iltimosimni qabul qilib baja- 
rasanmi?» - dedi. Bu chog‘ Suhayl choh ichida 
betob yotar, kasallik uning holini xarob qilgan edi. 
Buning ustiga sevgilisi hajrida o'rtanardi. Nota- 
nish qizning ovozini eshitgach, iztirobi oshdi-da, 
o'ziga tasalli berib, nozaninga: «Ey farishtasifat 
inson, sen shunday yaxshilik qilsang, tanimda 
jonim boricha buyurgan ishingni bajarayin», - deb 
javob qildi. Mehr bu so'zni eshitgach, kanizlari 
bilan arqon tashlab bandini qorong‘i uyga chiqar- 
dilar. Mehr yashirincha unga ko‘p mehribonliklar 
ko'rsatdi, zanjir-u bandlardan ozod qildi. G‘am 
chekib behol bolgan yigit yer o'pib: «Ey farishta­
sifat mahbuba, qiladigan hukming haqida ozgina 
so‘zlab bergin», - deb so'radi. Mehr o‘zining hayoti, 
otasi-yu mamlakati, Suhaylga bolgan muhabbati, 
dengizda chekkan tashvishlari-yu, Jobir qoliga 
asir bolib tushgani, uning qolidan omon qolish 
sirlari haqida so'zlab berdi. Bu so'zlami eshitar 
ekan, Suhayl goh-gohida o'zidan ketib qolardi.
Mehr o‘z hikoyasini: «Men bu yanglig‘ asir bolib 
qoldim. Suhayldan boshqa biron odam meni qutqa- 
rishga kelolmaydi. Sen Yamanga yetib borsang-da, 
Suhaylga ahvolimni arz etsang. Lekin bu yerda 
yashirin bir sir ham bor. Biz seni bu yerda bir 
necha kun asrab, parvarish qilsak-da, sen ana shu 
simi aytib, qasam ichib Suhaylni ishontirsang. Bu 
siming mazmuni esa shundan iborat: «Men Jobir 
qoliga asir bolgach, uzoqdan menga nazari tush- 
di-yu, xas-xashak kabi yerga yiqildi. Qachon meni 
ko'rmoqchi bolganida, shu holat takrorlanaverdi. 
Bu yerda qanchadan beri yashayotgan bolsam, u


bilan munosabatimiz shundan nariga otgan emas». 
Buni eshitgan Suhaylning ko‘ngli taskin topdi, 
sevgilisining barcha so‘zlariga ishonch hosil qil- 
di-da, qancha harakat qilmasin, o‘zini asray olmay 
dimogldan o t chiqib, dilbarining oyoglga yiqildi va 
faiyod urib hushidan ketdi. Bu holatdan hayratga 
tushgan Mehr uning yuziga tikilib qarab, behush 
yotgan bu yigit Suhayl ekanini angladi, keyin u ham 
nola qilib, hushidan ketib yiqildi.
Ikkala kanizak ularning boshlarini ko'tarib, 
mehribonlik ko‘rsatishgach, Mehr o ‘ziga ke­
lib, qorong'i tushguncha Suhaylni shu uyda 
saqlashdi. Uyqu mahali o‘ziga kelgan yigit o ‘z 
mahbubasi bilan jism bilan jondek yoki sarv bilan 
ishqpechondek bolishdi. Suhayl bir necha kun 
qasrda yashirincha Mehrning mehmoni boldi. 
Taom bilan sharbatdan tani sihat topib, behol 
jismiga quw at kirdi. Shu yerda yashar ekan, 
Jobirning Mehrdan ayriliqqa chidab yurganini 
bildi. Bir kuni Jobir bog'ni sayr qilib yurar ekan, 
Suhayl to'nglz bilan olishishga chiqqan sherdek 
uning ro'parasida paydo boldi va:

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin