«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


«Kim bu yanglig* xabar eshittuk jazm



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

«Kim bu yanglig* xabar eshittuk jazm,
Ki bor emish makoningiz Xorazm.
Bu xabardin agarchi b o ‘lduk shod,
Yetti yuz nav’ bandimizga kushod.
Lek holatni anglagan hangom,
Tutmangiz anda bir nafas orom. 
Kecha-kunduz demay xirom qiling,
Uyquni biz kabi harom qiling», -
degan mazmunda maktub yozib, tezkor cho- 
parlar q o liga topshirishdi. Shoh ushbu xat 
ichiga o'zining dil so'zlari bitilgan maktubni 
ham yashirincha qo'shib qo'ydi. Unda Bahrom 
o'zining Diloromga bolgan samimiy muhabba- 
tini izhor etib, tezroq kelishini iltimos qilgan - 
di. Shoh o‘zining Xorazmga borolmayotganini 
manmanlikka yoymaslik, balki o‘zining og‘ir 
betobligi tufayli safarga chiqa olmaganini tus- 
hunishini iltijo qilib:
«B o ‘yla majruh-u notavondurman,
Notavon jism-u, xasta jondurman.
Kel-vu o ‘lg‘on tanimga jo n bo4geil,
Jismima moyayi ravon b o ‘lg‘il»
kabi ta’sirchan so'zlami yozgan edi.


Yana Xorazm shohiga ham maktub yozib, unda 
xojaga Xorazmning bir yillik molini berib, uni tez- 
lik bilan o‘z tomoniga jo'natishi buyurilgan edi. 
Choparlar shamoldek tez yurib, Xorazmga yetib 
bordilar-da, xojaning bog'ini topib, maktubni 
qoliga tutqazdilar. Xoja uni olgach, sajda qilib, 
Diloromga yollangan xatni ham egasiga topshirib, 
ikkovlarining boshlari osmonga yetdi. Xorazm 
shohi esa o‘ziga yuborilgan maktubni o‘qib, darhol 
Bahrom buyrug'ini bajo qildi: xazinadan tegishli 
mablag'ni olib, xojaga yetkazdi. Xoja-yu Dilorom 
yanada shodlanishib, Bahrom taxti tomon y o l 
oldilar-da, tez yurib ko‘zlagan manzillariga ya- 
qinlashdilar.
Karvon bilan shahar orasida bir manzil ma- 
sofa qolganida shoh kechasi, barcha uxlayotgan 
mahalda yashirincha o‘z gulchehrasi tomon yol 
olib, saharda karvon qo'ngan joyga yetib keldi. 
Bu payt karvon ahli shirin uyquda edi. Chashma 
boshida katta bir chinor bolib ichida g'ordek kavak 
kotinib turardi. Chashma oldiga qurilgan chodir 
uy ichida esa Dilorom uxlab yotardi. Shoh otini bir 
toshga mahkam qilib bogladi-da, chinor tomon 
yurdi. Keyin chinor bag'ridagi g‘orga qadam bosib, 
u yerdan Diloromga nazar tashladi. Ko‘p otmay, 
parivash ham uyg'onib ketdi va oldin Tangriga 
shukrona aytib sajda qildi-da, keyin qoliga chang- 
ni olib oshiqona ashula boshladi. Unda Dilorom 
shoh firoqidan nola qilib, uning ishtiyoqidan oh 
chekardi. So‘ng u chashma oldiga borib, yangi 
bir ashulani kuylay ketdi. Shoh dildorining har 
bir ashulasini tinglar ekan, ko‘zidan g'amli yosh­
larini oqizib, o'zidan ketardi. Dilorom esa boshqa 
bir ashulani kuylarkan, shunday fig'on cheka »di:



Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin