Shunday g ‘animat narsa senga hamnafas,
biron nafas ham sen usiz bololmaysan. Sening
saboting - barqarorliging,
yurish-turishing-u
sening xayoling shu bir nafas tufaylidir. Sen uni
ranj-u g‘am bilan o'tkazib, yuz alam-u motam ila
o‘tkazib, e’tiborsizlik bilan uni xor qilib,
har xil
so‘zlarga sarf etib yurding. Kel, endi bu johillik-
dan voz kechib, aqling bilan ish ko‘r. Nafasingga
boshqa zulm berma! Shunday ulug‘ ne’matni Alloh
senga yaxshilik qilib berib qo^ygan ekan,
bir nafas
nasihatlariga quloq tutuvchi bo‘1.
Ko‘rgin, Haq senga qanday ajoyib ne’matlar
baxsh etdi, qanchalik ehson-u armug'onlar berdi?
Biri buki, olam sohibi seni hayvon yo o'simlik,
yo biron jonsiz tabiat parchasi qilib yaratmadi. U
senga yaxshilikni ravo ко‘rib, inson qilib, din yoli-
da musulmon qilib yaratdi. Ko'rar ko‘z, eshitur
quloq, aytur til, atirni anglash uchun dimog‘ ber
di; ovqat ushlash uchun qol, yurish uchun oyoq
berdi. Yemoq-ichmog'ing uchun yuz xil ne’mat
berib, ularning har birisiga ta’m-u shakl baxsh
etdi. Sen uchun
shuncha rango-rang liboslar
berdiki, ularning sanog‘iga ham yetib bolmaydi.
Shuningdek, dala-qirlar, tog-u cho‘qqilarda minib
yurish uchun turli ulovlar yaratdi. Oqar suvlarga
serob bolgan jannat misol boglarni ham senga
armug'on etdi.
Bu in’om va atolar bir boldi-yu, aql javhari yana
bir taraf boldi.
Dostları ilə paylaş: