quwat oladilar, bir-birlarini tarbiya ham qiladilar.
Quyosh bu olti duraxshandaga rahbar hisoblanib,
iqlimi ham o'ziga xosdir. Quyosh o‘z nurin orom
aylasa, yulduz ko‘zga ko'rinadimi? T o‘rtinchi
falak uning maskanidir. Yerda bu iqlim yoqimli
bolib, kolcda quyosh gumbazidek tengsizdir. Yer
olchashni ham alohida
bir fan - masohat fani
deb ataydilar, shuning uchun to‘rtinchi
iqlim
deyishadi uni.
Go‘zallikda jannat bog'idir u, jannat boglni ham
qo*yaber, mulki Xurosondir u: maydoni to‘rt inchi
falakdan kengroq, darajasi yettinchi osmondan
yuksakroq.
Hududida shahr son-sanoqsiz, har
birining bezaklari haddan tashqari ко‘p. Sha-
harlari go'zallikda jannatning o‘zginasi. Yaxshi
odamlari u jannat bog'idagi hurlaming o'zginasi.
Toglari oldida falak sodda bir dashtga o'xshay-
di, barchasining kolcsida yuz xil kon, u konlarni
rang-barang javohirlar o‘ziga makon qilib olgandi,
chashmasidagi suvni ко‘rib
ham bolmaydi, bu
suvlar kondan oqib chiqqani uchun ham javohirga
aylangandir.
S ab za siga k o ‘k im tir osm on ra sh k qilsa,
tuprogldan toza anbar rashk qiladi.
Yetti falagi
boyliklarining xazinasi u, yetti iqlim tana bolsa,
siyna - ul! Unga jahon ko‘ksi sifat bolib kelgan,
unda ko'ngil xittayi poki-poytaxti - Hirot.
Kimki bu shahami ko'nglidan sevsa, dalil ista-
sa, uni ko‘ngil mulkiga sulton deb ataydi. Uluglar
buni jahon kishvariga shoh deb tilga oladilar. Uni
shoh desalar ajab emas, chunki shoh yeri qalbda
emasmi? Hirot ko'ngil o'm ida ekan, undan ahli
hech ko'ngil uzolmaydi ham.