«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


 Faridun - qadimda o'tgan shoh



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

7 Faridun - qadimda o'tgan shoh.
8 Ismi a ’zam - Alloh ismlari.


di, qilieh bilan qalqon xosiyatlarini-so'zlab berdi, 
xoqon ularni xazinadan ham qimmatliroq deb 
bildi. So‘ng lashkarlarga dam olish uchun ruxsat 
berildi, xoqon hammani ziyofat qilishga buyurdi.
Ertasi kuni tong otishi bilanoq Farhod jang ki- 
yimlarini kiyib, qilieh bilan qalqonni osib, Ahraman 
dev makoniga qarab yol oldi. Xoqon ham lashkarlari 
bilan uning izidan kelar ekan, qattiq xavotirda edi. 
Shahzoda qo'shindan yarim yogbchcha oldinda il- 
damlab borar ekan, ro'parasida bir o‘rmon ko'rindi. 
Bu - Ahramanning bogi bolib, behad katta edi. 
Yuz minglab keksa daraxtlarining boshi osmondan 
oshar, har bir bargi vasvasa ko'zgusi bolib, aqldan 
ozdirar, o'rmon ichi turli ko'rinishdagi devlar bilan 
tola bolib, soylari shaytonlar ovozidek hayqirar, 
ariqlar ichidagi har qaysi tosh kesilgan boshni es- 
latar, shamoli devlar na’rasiga o'xshar, chinorlari 
qollarini har tomonga tebratib, «Orqangga qayt!» 
deyayotgandek bolardi.
Farhod Haq taologa tavakkal qilib, ushbu 
o‘rmon sari ot surdi. Ko‘p o‘tmay, bir ulkan qasr 
ko‘rindi. U yerda dev istiqomat qilardi. Ot tuyo- 
qlari ovozini sezgan Ahraman boshini chiqarib 
uzoqda bir otliq yigit beparvo holda uning qas- 
riga qarab kelayotganini ko‘rdi. Chavandozning 
ko‘rinishidan devlarni ham halok qiladigan 
qudratga ega ekanligi sezilib turardi. Shunda 
Ahraman momaqaldiroqdek qah-qaha urdi-da, 
qoliga minordek katta bir ustunni ko‘tarib, qas- 
rdan chiqib keldi va Farhodga qarab: «Ey g‘aflat 
bosgan odamzod, farishta o‘tsa, jonidan ayril- 
adigan, burgut uchib o‘tsa, qanoti kuyadigan bu 
vahimali o'rmonga kirib kelishingdan maqsading


nima, nahotki, olmoqni istab qolgan bolsang!» -
deya hayqirdi-da, Farhod boshiga gurzisi bilan 
hamla qildi. Shahzoda uning gurzisini qilichi 
bilan ikkiga bolib tashladi. Dev qasriga qaytib 
kirib, oldingisidan ham kattaroq gurzini ko'tarib 
chiqib, Farhodgayana hujum qilgan edi, shahzoda 
uning bu qurolini ham kesib tashladi. Bu holat 
bir necha bor takrorlangach, Ahraman g'azablanib 
tog‘ tomon y o l oldi-da, ulkan toshlarni raqibi to­
mon otishga tushdi. Shahzoda qalqon bilan o‘zini 
himoya qildi, shunda ismi a’zamga ko'zi tushgan 
devning darmoni ketib, yerga quladi. Farhod bu 
holatni ко‘rib, Ahraman ustiga yetib bordi-da, 
qilich bilan uni halok qildi.
Shahzoda devning hashamatli qasri ichiga kirib 
qarasa, hamma tomonda qator-qator eshildar bolib, 
barchasi qulfloglik ekan. Ularning tepasiga uy 
ichida qanday boylik borligi yozib qotyilibdi. Bu yo- 
zuvlami birma-bir o'qib borayotgan Farhod oltin-u 
javohirlar bilan bezatilgan, atrofiga turli yozuvlar 
bitilgan ajoyib eshikka duch keldi. U yozuvlarda 
eshikning qulfi osonlikcha ochilmasligi, yaxshisi, 
bunday orzudan voz kechish kerakligi aytilgan ekan. 
Bu simi aniqlashga qiziqqan Farhod eshikni sindi- 
rib, ichkariga kirdi. Xonaga ko‘z yugurtirib, osib 
qoVilgan bir yoqut qandilni ko‘rdi. U nur sochib, 
xonani yoritib turardi. Qandilni tushirib ochgan edi, 
unda Sulaymon uzugi turganini ko'rdi. Qandilga: 
«Bu uzuk kimga muyassar bolsa, unga yozilgan 
ismni o'qib, Iskandari Rumiy tilsimini ochadi va 
bu ish qiyinchiliklarini yengib otish yollarini bilib 
oladi», - deb yozilgan ekan. Farhod uzukni o'pib, 
sajda qildi-da, xudoga shukronalar aytib, otiga


mindi va o'rmondan chiqib, lashkar turgan joyga 
yol oldi. Barcha sipohlar Ahraman xafvidan qo‘rqib 
turishgan ekan, shahzodani ко‘rib o‘zlariga keldilar. 
Xoqon Farhodni shod ko‘rib xursand bolib ketdi. 
Shahzoda lashkami boshlab o'rmonga olib kirdi. 
Ulami qasr eshigi oldida otlaridan tushirib, xoqon va 
Mulkoro bilan qasr ichiga kirdi. Xazinani ikkovlariga 
taqdim etdi va uzuk haqidagi gaplami ularga so‘zlab 
berdi. Ikkovlarining ko'ngillari shodlikka to lib, ke- 
chagidek aysh-ishrat boshlanib ketdi.
Quyosh ko'tarilib, olam munawar bolgach, 
Farhod harbiy anjomlarini rostlab, otasining du- 
osini oldi-da, Iskandar tilsimini ochish yolidagi 
keyingi ishni bajarishga kirishdi. Otiga minib 
yolda borar ekan, bir go'zal maysazor namoyon 
boldi. U yerda hayot chashmasidek ajoyib bir bulo- 
qdan zilol suvlar otilib turardi. Qirg'ogldagi yam- 
yashil daraxt kolcka boy cho‘zib turar, buloq bilan 
daraxt hayot suvi-yu, Xizr payg'ambarga o'xshar- 
di. Bulami ко‘rib ko‘ngli yayrab ketgan shahzoda 
otini daraxtga bogladi-da, chashmaga tushib 
cho'mildi, keyin murodiga yetkazishni tilab, saj- 
daga bosh qoydi. Ibodatini tugatib, boshini ko‘tar- 
gan ediki, ro'parasida yashil kiyingan nuroniy bir 
moysafidga ko‘zi tushdi. Farhod hayron bolib 
turganiga e’tibor bergan otaxon so‘z boshladi: «Ey 
farzand, murod-maqsadlaringga yetib, baxtiyor 
bolgil. Men - Xizrman, senga madad ko'rsatish 
uchun keldim bu yerga. Iskandar bilan obi hayot
- hayot suvini topish uchun zulmatga kirgani- 
mizda, men o'sha suvdan ichib, abadiy hayotga 
erishdim-u, Iskandarga nasib bolmadi, u tash- 
naligicha qajrtib ketdi, keyinchalik munajjimlikka


qiziqib, yulduzlarni o'rgandi, tilsimlar yaratdi. 
U boglagan tilsimlarni men ochishga o'rgandim. 
Ushbu vodiyda ham tilsim mavjud bolib, uni 
ochishda senga yordam bermoqchiman. Tilsimni 
ochish uchun hozirdan boshlab har bir qadaming- 
ni sanab bosishing kerak. Sening yolingda ba- 
haybat bir tilsim uchraydi, uning devorlari osmonga 
tutashib ketgan. 0 ‘sha joydan o‘n ikki ming qadam 
yurasan. Yolning ikki chekkasida keskir qilichga 
o'xshash toshlar oVnatilgan bolib, yoldan salgina 
chiqqan odamning oyoglni kesib yuboradi-da, u 
o‘zini yana ushbu chashma oldida ko'radi.
Yana o‘n bir ming qadam bossang, yold a
bir darband (darvoza) ko‘rinadi, oldida bir sher 
temir zanjir bilan boglab qo'yilgan. Uning old- 
idan o‘tgach, qo‘rg‘ongacha yana ming qadam 
y o l qoladi. To‘qqiz yuz qadam bosganingda, bir 
tosh taxtaga ко‘zing tushadi. Uning ustiga chiqib 
tepsang, qal’a darvozasi ochiladi-da, ichida temir- 
dan odamga o'xshatib ishlangan bir jism ko'rina- 
di. U qoliga temir yoy ushlab turgan boladi. Yoyga 
o‘tkir bir o‘q qadalgan. Ushbu jism boshdan oyoq 
temir sovutda bolib, ko‘ksiga bir oyna qadalgan, 
u quyoshdek yarqirab turadi. Odam yuz qadam 
yerdan unga o‘q otib, oynani teshib yuborsa, 
haykal ham, devor ustida turgan yuzta shunday 
jism ham qulab, yerga yiqiladi. Shunda tilsim ham 
ochilib, ichkariga qo‘rqmay kirish mumkin bola­
di. Lekin o‘q xato ketib, haykal kolcsidagi oynani 
sindirolmasa, u bilan devor ustida turgan yuzta 
haykallar otgan o‘qlar o'sha odamga tegib, ilma-te- 
shik qilib joiboradi. Mening so'zlarimni uqib olgan 
bolsang, ularni esingdan chiqarma, qadamingni 
sanab bos, ismi a’zamni tilingdan qo’yma. Sher


og‘zini ochganida, uzukni uning og'ziga ot, uni daf 
qilgach, yana uzukni olib, men aytgan toshgacha 
yurib borgin-da, tosh ustiga chiqib, uni tepib, 
darvozani ochgach, darhol qolingga o‘q-yoyni 
ol, ismi a’zamni aytib turib haykalga o‘q ot». Bu 
so‘zlarni tugatgach, Xizr: «Endi hech qo‘rqmay, 
yolga tush», - dedi. Farhod uning oyoglni o‘pib, 
moysafid aytgan ishlami bajarishga jo'nadi. Sher 
og'ziga uzukni otib, nobud qildi, yana uzukni olib, 
sanab qadam tashlab, Xizr aytgan tosh ustiga 
chiqib, qattiq tepgan edi, qal’a ichidan qattiq sado
- kuchli ovoz eshitildi-yu, darvoza ochilgach, ovoz 
yo‘q boldi. Ichkaridan temir sovut kiygan jism 
chiqib keldi, shu payt devor ustida unga o'xsha- 
gan yana yuzta shunday haykal paydo boldi. 
Barchasi o‘z yoylaridagi o'qlarni Farhodga otish 
uchun tayyorlanib turardi. Shahzoda ehtiyotkorlik 
bilan o‘q va yoyni qoliga oldi-da, darvoza oldidagi 
haykal kolcsida turgan oynaga qarab otdi. Temir 
haykal, u bilan birga devor ustidagi yuzta o'qchi 
ham yerga yiqildi. Farhod yaratganga shukrona 
aytib, darvoza tomon yurdi. Qal’a ichiga kirganda, 
hamma tomonda hadsiz-hisobsiz boyliklarga ko‘zi 
tushdi. Iskandar yetti iqlimni egallaganda topgan 
davlatining barini shu yerga to'plagan ekan.
Qal’a markazida bir imorat bolib, undan nur 
taralib turardi. Farhod uning ichiga kirib, butun 
jahonni ko'rsatadigan yaltiroq bir jomni koVdi. 
Bundan shodligi ichiga sig'magan shahzoda o‘z 
safdoshlari tomon jo'nadi, chashma oldiga yetib 
kelib, otiga mindi-da, xoqon huzuriga qarab y ol 
oldi, otasi bilan lashkar ahlini qaygti-g'amdan 
ozod qilib, ko'ngillariga shodlik baglshladi. Bar- 
chalarini chashma oldiga boshlab kelib, askarlar-


ni otlardan tushirdi-da, xoqon va Mulkoro bilan 
birga qal’a tomon yurishdi. Farhod u yerdagi 
barcha boyliklarni, jumladan, Jamshid jomini 
ham xoqonga tuhfa qildi. Oqshom tushgach, yana 
aysh-u ishrat boshlandi.
Ertasi kuni tong otgach, Farhod Suqrot g‘ori 
bolgan tog‘ tomon shoshildi. Xoqon va lashkar- 
ning bir qismi uning izidan yolga tushdilar. An- 
cha masofa bosib otilgach, bahaybat tog‘ oldiga 
yetib keldilar. Uning bag'ridan yuz mingta tiniq 
chashma otilib turar, necha ming xil giyoh be- 
hisob kasalliklarga davo edi. Tog‘ bag'ridan juda 
ko‘p g‘orlar joy olgandi. Xoqon bilan lashkar bu 
manzaradan lol qolib turisharkan, Farhod: «Jomi 
Jamni keltiringlar, ko‘nglimizdagi tashvishdan u 
xalos qilsa kerak», - deb buyurdi. Tezda jomni 
olib kelishdi. Unga boqib, barcha jahon yaqqol 
ko‘zga tashlanib turganini, yetti iqlimning bar­
chasi unda namoyon ekanligini ko'rishdi. Jomda 
Yunon mamlakati ko'rinib turardi. Keyin unda 
g‘or ichi aks etib, Suqrot yashab turgan manzil 
ko'zga tashlandi.
Shundan so'ng qidirib g‘or og'zini topishdi-da, 
awal jahonnamo jomni unga olib kirishdi. Jom 
mash’aldek nur sochib, qorongl g‘or ichini kun- 
duzdek yoritdi. U yerdagi yolni aniqlab, Suqrot 
makonini izlay boshladilar. Nihoyat, yol tugab, g‘or- 
ning kengroq bir yerida hamma otdan tushdi. O'sha 
joyda toshdan yasalgan bir pillapoya koVinib turar­
di. Shoh, vazir va Farhod besh-olti poya kotarilish- 
gan edi, bir ayvon namoyon boldi. Shoh, Mulkoro 
va shahzoda o‘sha tomonga qarab yurishganda, uy 
to'ridan ularni ichkariga da Vat qilgan ovoz eshitildi.


Uchovlari kirgan uyda bir parcha nur porlab turar, 
nuroniy bir moVsafid otirardi. Bu zotni ko'rgan 
shoh bilan shahzoda ta’zim qilib, oldidayer o'pdilar. 
Mo^safid ulardan: «Yol azobidan charchamading- 
larmi, yoldagi balolardan qiynalmadingizlarmi?» -
deb soVadi. Uchovlari boshlarini quyi solganlaricha 
lol bolib jim turishardi. Shunda Suqrot xoqonga 
qarab: «Sen ko‘p azob chekding, buning evazini 
Tangri bergusidir. Biz tomon kelishda alam tortib, 
behisob boyliklami, Sulaymon uzugi-yu, Jamshid 
jomini qolga kiritding. Biz ham senga ikkita hadya 
beramiz. Bulardan biri yaxshi xabar, ikkinchisi 
bir javhardir. Xabar shuki, umring uzun boladi, 
ko‘p mamlakatlami qolga kiritasan. Ikkinchisi bir 
muhra- munchoqdirki, ko‘p yashash davrida biron 
kasallikka yoki qarilik zaifliklariga duch kelsang, 
muhrani og'zingga olib suvini yutasan-da, darddan 
xalos bolasan, zaiflik quwat bilan almashadi, qa- 
rilikdan qutulib, yashargandek bolasan».
Suqrot Mulkoroga boqib, shunday bashoratni 
aytdi: «Sen ham ko‘p azoblar tortib bu tomonlarga 
kelibsan, shoh qancha vaqt taxtda otirsa, o'shan- 
cha vaqt uning vaziri bolgaysan. Har qachon 
senga biron dard yoliqsa, shoh haligi muhrani 
berib, dardlaringga shifo baglshlaydi. Lekin ikki 
narsadan: shamol bilan suvdan ehtiyot bolsang, 
ulardan senga biron kasallik yetganda Xudo senga 
madadkor bolsa, yana besh yuz yil yashaysan». 
Shoh bilan Mulkoroga bu so‘zlami aytgach, uzr 
so‘rab ularni uydan chiqarib yubordi-da, Far- 
hodga yaqinroq kelishini buyurdi, uning yuziga 
sinchkovlik bilan tikilib, ba’zi narsalar haqida 
so'radi, so‘ngra shahzodaga qarab: «Huzurimizga


xush kelibsan, qorongl uyimni ravshan qilding. 
Men bu tog‘ ichida seni ming yildan beri kutib, 
qadamingga intizor edim. Alhamdulilloh, yuzingni 
ko‘rdim. Vaqtimiz oz, chunki abadiylik ko'chasiga 
yol olishim kerak. Bilginld, jahon azaldan vaqtin- 
chalik, foniydur. Hayotdan maqsad esa ikkitadir, 
biri o'zlikdan qutulish, ikkinchisi esa Alloh visoliga 
yetishishdir. Xudoni topish uchun esa o'zlikdan 
voz kechish zarur. Buning eng yaxshi chorasi esa 
majoziy ishqdir. Ana shunday ishq sening olding- 
da turibdi. Unga erishsang, haqiqiy ishqqa ham 
yetishasan. Otangga o'xshagan yuz ming xoqon-u 
podsho unutilib ketadi, lekin sening yaxshi noming 
ishq olamida mangu qoladi», - dedi-da, unga turli 
balolardan asraydigan bir duoni oVgatdi.
«Seni bu tomonlarga kelishing uchun sabab 
bolgan ko‘zgu masalasiga kelsak, - dedi Suqrot,
- Iskandar tilsimini ochib, temir haykal kolcsida- 
gi oynani sindirgan choglngda o‘sha ko‘zguning 
tilsimi ham ochilgan edi.
Bu yerdan jo ‘nab, Chin mamlakatiga yetib 
borganingdan keyin ko‘zguni ko‘rishni istaysan, 
albatta. Shunda orqasiga yozilgan gaplar uning 
yuzida namoyon boladi. Uni ko‘rar ekansan, ishq 
ko‘nglingdan o‘rin olib, oshiqlik davring boshla- 
nadi. Keyin ko‘zguga har qancha qarasang ham, 
unda aks etgan narsalarni qayta ko‘rolmaysan. 
Ishq o‘tidan ko‘ngling o‘ti osmongacha yetadi, 
lekin hech kim senga yordam berolmaydi, ammo 
oxiri o‘z murodingga yetasan, shunda meni ham 
yod etishni unutmaysan, deb umid qilaman».
Suqrot shu so‘zlarni aytib tugallagach, hayot­
dan ko‘z jaimdi. Farhodning dili qayg4i-iztirobga


tolib, xoqon bilan Mulkoroni chaqirdi. Ular ham 
alam chekishib, donishmand aytgan gaplardan 
xabardor boldilar. Bir necha dono kishini chaqirib, 
Suqrotni dafn etdilar. Ertasiga ertalab barchalari 
Chin sari yolga tushdilar.
Xoqon, Farhod, Mulkoro va lashkarlar kechani 
kecha, kunduzni kunduz demay, to'xtovsiz yol 
bosib, nihoyat Chin diyoriga qadam qoyishdi. 
Xoqon o‘z taxtini egalladi, Farhod esa oromi- 
ni yo'qotib, xazina kalitlarini oldi-da, eshiklar 
ochilishi bilanoq beqaror bolib, sirli ko'zgu sari 
yugurdi. Billur sandiqni kalit bilan ochdirdi-yu, 
ichidagi ko'zguni qoliga olib, unga nazar tashla- 
di. Ko‘zguda ajib bir dasht namoyon boldi. Xil- 
ma-xil gul-u lolalarga, sunbul-u binafshalarga, 
ko‘m-ko‘k maysazorlarga tola bu dasht oxirida 
bir tog‘ osmonga Ьо*у cho‘zib turar, uning ichida 
son-sanoqsiz odamlar ariq qazish bilan ovora edi. 
U odamlar orasida Farhodning o‘ziga o'xshagan 
bir yigit ham tog'ni kesish bilan band edi. Bir pay! 
tog‘ ichiga bir-biridan go'zal bir to‘da go‘zal qizlar 
kirib kelishdi. Ularga gul yuzli bir qiz rahbarlik 
qilardi. Boshqa qizlar oy bolsalar, bu ular ichidagi 
quyoshga o'xshardi. Ot ustidagi bu sohibjamol 
qiz Farhodga o'xshagan yigit oldiga qarab yurdi. 
Shahzoda timsoli qizning yuziga boqdi-yu, yara- 
langan ohu kabi nola qilib, yerga yiqildi. Bu holat- 
ni tomosha qilayotgan Farhod ko'zguni yaqinroq 
keltirib, unda ko'ringan qiz jamoliga diqqat bilan 
boqdi-yu, o‘z timsoliga o'xshab hushidan ketib 
yiqildi. Shahzodaning ahvolini koVgan xizmatkorlar 
darhol xoqonga xabar yetkazishdi. U esa yoqa- 
sini yirtib, faryod urib xazinaga qarab yugurdi.


Onasi o‘g‘lini olib qolgan deb о у lab, sochlarini 
yoyib yiglashga tushdi. Mulkoro bilan uning o‘gli, 
shahzodaning yaqin do‘sti Bahrom Farhodning 
holiga boqib, kolcsilarini pora qilishdi. U esa o‘ch- 
gan sham kabi hushsizyotardi. Bir kecha-kunduz 
o'tgach, bog‘dan esayotgan tong shamoli isidan 
o'ziga kelib, boshi ustida yig'lab turgan otasi 
bilan onasi, Mulkoro bilan Bahromlarga ko‘zi 
tushdi. Bundan uyalib ketgan shahzodaning yana 
hushidan ketib yiqilishiga oz qoldi. Ko'pdan ko‘p 
uzr so'rab, o'rnidan turdi-da, ularning oyoqlariga 
yuzini surtib, yer o'pdi va:

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin