qotygan edi. Bir necha кип у о Ida yurilgach, Xis
rav qo‘shini Armaniyaga yetib keldi. Bu xabami
darhol Mehinbonuga yetkazdilar.
Malika bu
so'zni xotirjamlik bilan tingladi. Xisravning bu
olkaga hujum qilishi ehtimolligini oldindan ko‘ra
olgan malika shaharni himoya qilish choralarini
ko'rishga ulgurgandi. Qal’aning baland devorlari
mustahkamlangan bolib, har qaysi kungira yoni
da bahromsifat bir jangchi turardi.
Ancha vaqt-
ga yetadigan oziq-ovqat,
kiyim-kechak hozirlab
qo'yilgan edi. Mehinbonu bilan Shirin Farhodni
voqeadan xabardor qilib, undan qo‘rg‘onga kirishi-
ni iltimos qilishdi. Farhod ularning so'zlarini yerda
qoldirmay qo‘rg‘onga kirdi-yu, qal’a tashqarisidagi
bir
katta tosh ustida joylashib, jang boladigan
bolsa, Xisrav askarlari boshiga tosh yog'dirishga
tayyor bolib turardi.
Xisrav o‘z qo‘shini bilan kelib qo‘rg‘ondan yarim
mil narida joylashdi. Arman diyorini tomosha qilish
uchun atrofiga ming otliqni olib yolga otlandi. U
shahar devorlariga nazar tashlab borar ekan, tosh
ustida turgan Farhodga ko‘zi tushdi-yu, kolcsiga
xanjar urilgandek boldi. Sarkardalarga qarab:
«Bu odamni ко‘rib ko'nglim xafa boldi. Surishtirib
bilinglar-chi, ishi dillami hazin qilish bolgan bu
inson kim ekan?» - deb buyurdi.
Bir sarkarda
otini u tomon surib, Xisrav nomidan Farhodning
ismini so'radi. Farhod ichiga ishq o‘ti tushgach
otidan ham mahrum bolgani, asli ismi esa Farhod
ekanini aytdi. Bu so‘zni eshitgan Xisravning hushi-
ni yo'qotishiga oz qoldi. Chunki u bu nomni ko‘p
eshitgan edi. Shuning uchun: «U mening raqibim,
binobarin, men undan qutulishim kerak», - deb