«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Biri ash’or bahri ichra g ‘avvos



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Biri ash’or bahri ichra g ‘avvos,
Biri advor11 davri ichra raqqos.
Biri mantiq rusumida raqamkash,
Biri hay’at12 ruqumiga qalamkash.
Birining shevasi ilmi haqoyiq,13 
Balog‘atda biri aytib daqoyiq.14 
Biri tarixda so ‘z aylab fasona,
Biri hikmatfani ichra yagona.
Hisob ichra birining zehni borib, 
Muammoda15 birisi ot chiqorib.
Bu fanlarda bular bir-birdin ahsan,16 
Yuz ulfanliq aro har qaysi yakfan. 
Dilorom-u Diloro-yu Diloso,
Gulandom-u Sumanboey-u Sumanso. 
Parichehr-u Parizod-u Parivash,
Paripaykar, zihi o ‘n ismi dilkash.
Mehinbonu ularning har biriga savollar berar 
ekan, qizlar o'zlari biladigan fanlar haqida so‘zlab 
berardilar. Ularning hikmatlarini eshitib turgan 
Farhod o‘zi unutgan bilimlarini yodiga keltirdi. U 
ketma-ket ichilayotgan may ta’sirida jur’atlanib, 
o‘nta qizga turli ilmlar boyicha savollar bera bosh- 
lagan edi, qizlar javob aytishga qiynalib qolishdi. 
Shunda bu savollarga Farhodning о‘zi javob aytib, 
hammani lol qoldirdi.
Ilm ahlining shohi sarvari bolgan Mehinbo­
nu uning bilimdonligini ко‘rib, taxtidan tushdi,
11 Advor - musiqa ilmi.
12 Hay’at - astronomiya ilmi.
13 Haqoyiq - Alloh haqidagi ilm.
14 Daqoyiq - otkir fikrlar.
15 Muammo - she’rda yashirilgan so‘zni topish ilmi.
16 Ahsan - yaxshiroq.


Farhoddan taxtga chiqib o‘tirishini iltimos qildi. 
Farhod rozi bolmagach, malika taxt oldiga ko‘rpa- 
cha solishni buyurdi-da, unga Farhodni o‘tqazib, 
yonidan o‘zi joy egalladi. Bu paytda pardaning 
orqasida o'tirgan Shirin barcha voqealarni ku- 
zatib turardi. Ko‘zidan tinmay yosh oqar, ba’zan 
hushidan ketib qolardi. Bularni boshqa odamlar 
ko‘rmasdi. Lekin Mehinbonu jiyanining holatidan 
xabardor edi. Ko‘nglida: «Shirin muhabbat o‘tida 
kuyib, ado bolib boryapti. Agar bu yolda u halok 
bolsa, men gunohkor bolaman», - deb o^ladi-da: 
«Shiringa aytinglar, u mezbonlik aylab, mehmon- 
ni xursand qilsin», - deb buyurdi. Shirin parda 
orqasidan asta chiqib kelar ekan, xuddi quyosh 
balqigandek qasr yorishib ketdi. Farhodning ko‘zi 
unga tushgach, kuchli bir oh tortdi-da, behush 
bolib yiqilishiga oz qoldi. Mehinbonu Shiringa 
o‘z yonidan joy ko'rsatdi. Soqiylar ularga may 
tutishar ekan, Shirin ham ichib, Farhod kabi 
sarxush boldi, yuzidagi parda ham tushib ketdi. 
U Farhodga qilgan ishlari uchun minnatdorchilik 
bildirdi-da, may olib kelish uchun o‘rnidan turdi. 
Haligi o‘nta go'zal qiz javohirlar solingan laganlar- 
ni qollarida tutib uning yonida yurishardi. Shirin 
bu javohirlami har tomonga sochib borardi. Keyin 
u Farhod oldiga kelib o‘tirdi-da, qoliga qadah 
tutib: «Men buni sening ishqingda ichaman», -
dedi-da, simirdi, keyin idishni toldirib yigitga 
tutdi va «Sen ham mening ishqimda bu qadahni 
ko'targil», - dedi. Farhod uni qoliga olib, shun­
day sipqordiki, piyola naqshlaridan nishona ham 
qolmadi. Qadahni qaytarib bergan Farhod o‘z 
sevgilisi tomoniga sajda qilgandek yiqildi. Shirin


uning boshini ko'tarmoqchi bolgan edi, o‘zi ham 
yiqildi. Ikkalasining og‘ziga oyna tutishganda
nafasdan darak yo‘q edi.
Farhod bilan Shirinning bu holatini ko'rgan 
odamlar oh-u nola tortishib, ikkovini ikki tomonga 
olib ketishdi. Ikkita xonada joy tayyorlab, ularni 
yotqizib qoVishdi. Tong otguncha ikkovlari be- 
hush yotdilar. Saharda tong shamoli esgach, ular 
o'zlariga kelishdi. Xijolatdan boshini quyi solgan 
Farhod yana tog* sari y ol oldi.
Mehinbonu ziyofatda roy bergan hodisalardan 
tashvishga tushdi. Shirin ahvolidan xafvsirayotgan 
malika uni ovutish uchun qanday chora ko‘rishni 
bilmasdi. Oyiab-otylab bir necha kunda Farhodni 
qasrga chaqirtirib, uning Shirin bilan uchrashuvini 
tashkil qilishni ma’qul ko‘rdi. Bunday paytlarda 
Farhod o‘z sevgilisi qolidan may ichar ekan, ikkovi 
ham behush bolib yiqilishar, o'zlariga kelgach, yigit 
yana 
tog‘
sari yol olardi, Shirin esa qalbida dard-u 
g‘am bilan iztirob chekib qolardi. Bu xil uchrashuv- 
lar bir necha bor takrorlandi.
Shunday kunlarning birida ularning boshi­
ga bir tashvish tushdi. 0 ‘sha ayyomda Arab va 
Ajam mulkining Xisrav degan hukmdori bolib, 
Madoyin shahri uning poytaxti edi. Uning xotini 
ham, o‘g li ham bor edi-yu, Xisrav bu farzandini 
taxtga munosib ko'rmasdi. U o‘z taxtini yaxshi 
bir farzandga topshirishni istab, bu maqsadga 
yetishish uchun o'ziga munosib qizni qidirishga 
tushgan edi. O'z mamlakatida qancha qidirtirsa 
ham, ko'ngliga yoqadigan biron go'zal topilma- 
di. Bu paytda Shirinning ovozasi, uning husni, 
odobi haqidagi gaplar Xisravga ham yetib bor-


gan edi. Bu sohibjamol qizga tosh kesuvchi bir 
yigit shaydo bolib, uning ishqi yolida ajoyib ishlar 
qilganidan ham u xabardor edi. Shirinning ishqi 
Xisravni ham mast qildi-yu, Arman mamlakatiga 
odamlar yuborib, bu qiz haqida bor haqiqatni bilib 
kelishni topshirdi. Bu odamlar qaytib kelishgach, 
Shirinning tengsiz chiroyi-yu xulq-u odobi haqida 
shohga gapirib berishdi. Bulami eshitgan Xisrav 
tezlik bilan Armaniya sari yol olishga ahd qildi. 
Lekin mamlakatni qoldirib ketishdan xavotirlanib, 
Buzurg Ummid degan dono vaziri bilan maslahat- 
lashdi. Vazir unga borishdan awal Mehinbonuga 
xat yollashni, bu xatga javob kelgach, qilinadigan 
ishlar haqida oyiashib ko'rishni maslahat berdi. 
Buzurg Ummidning bu so'zlarini ma’qul ко‘rgan 
Xisrav donishmand bir kishini topib, xatni uning 
qoliga topshirdi-da, Mehinbonu huzuriga yubordi.
Xisrav yollagan elchi Arman mulkiga yetib 
borgach, Mehinbonuga Kisro mamlakatidan vakil 
kelganini xabar qilishdi. Uning sifatlarini eshitgan 
malika mehmonxonaga tushirishni buyurdi, keyin 
o'zining bir qancha dono mulozimlarini chaqirib, 
ularga elchining qanday maqsad bilan kelganligini 
aniqlash vazifasini yukladi. Mehinbonu yuborgan 
a’yonlar elchining maqsadini bilib, malikaga xabar 
qildilar. Shunda Mehinbonu: «Ertagaunihuzurim- 
ga olib kelinglar, u bilan suhbatlashay, muddaosi 
malum boldi, endi men javobimni aytishim zarur»,
- dedi. Mehinbonu o^lab o'yigayetolmasdi. Xisrav 
taklifiga rozi bolay desa, yodiga Farhod tushib, 
ko'ngli g'amga tolar, rad javobini beray desa, 
bunga sabab topolmas, Shirinni zo‘rlab Xisravga 
uzatsa, u rozi bolarmidi, rozilik berganida ham,


buning natijasi nima bilan tugarkin?», - deb fikr 
qildi-da, oxiri bor gapni jiyaniga aytib berdi. Shirin 
o‘zini yerga tashlab faryod kotardi:

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin